Referati qabul qildi: Tojiyeva m tayyorladi: Abdullayev e qo‘qon 2022 Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
Download 44.86 Kb.
|
vqTJxH5Wq8erkTJ4c8BiZLf9XWjYx3Su
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari
22 avgust kuni poytaxtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marotaba tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Davlat rahbari unda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo‘nalishda tashabbuslarni bildirib o‘tdi.
Birinchi tashabbus Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash. Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Bular: 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani — mikro biznes; 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani — kichik biznes; 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani — o‘rta biznes toifasiga kiradi. Shundan kelib chiqib, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi. Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi. Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20−30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi. Uchrashuvda O‘zbekiston yetakchisi tez o‘sib borayotgan yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun, 2023 yil 1 yanvardan: kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi; mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi; soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi; davlat xaridlarida 20 foiz kvota o‘rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag‘ to‘lab beriladi (amalda 15 foiz). Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes uchun eng muammoli masalalardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarish bilan bog‘liqligi ta’kidlandi. Prezident 2021 yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yanada tushirishga va’da bergandi. Joriy yil 1 iyuldan boshlab bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilingan edi. Lekin avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo‘ladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. «Shularni inobatga olib, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?», — deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlat rahbari. Ikkinchi tashabbus Tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir maqsad qilingan. Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Uchinchi tashabbus Prezident kredit berish masalaning faqatgina bir tomoni ekani, biznes yurib ketishi uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor kerakligini alohida qayd etdi. Shu sababli, eng avvalo, tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etiladi. To‘rtinchi tashabbus Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasi ham davlat rahbari e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot — tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yish bilan bog‘liq. Misol uchun, o‘tgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m). Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. «O‘ylaymanki, shundagina adolat bo‘ladi», — dedi davlat rahbari. Beshinchi tashabbus Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalari bilan bog‘liq. Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinganda, yo‘l qo‘ygan xatosi uchun tadbirkorga 6 oy davomida jazo qo‘llanilmaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kichik biznes vakillari tomonidan soliq tekshiruvlari bilan bog‘liq jarimalarning turi ko‘pligi va og‘irligi masalasi bo‘yicha juda ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Misol uchun, bugungi kunda aylanmadan soliq to‘layotgan 370 mingdan ziyod kichik tadbirkorlarning soliq bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovi 1 million so‘m atrofida. Lekin, kassa cheki bermagani uchun 5 milliondan 10 million so‘mgacha moliyaviy, shuningdek 3 milliondan 12 million so‘mgacha ma’muriy jarima solinadi. Ya’ni, kichik tadbirkorlar uchun ham, yirik korxonalar uchun ham jazo bir xil. Umuman, savdo sohasida faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlarimizni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo ham yechiladi, ya’ni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi. Mazkur huquqbuzarlik Jinoyat kodeksining 189-moddasida aks etgan bo‘lib, birinchi qismiga ko‘ra — BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Ikkinchi qismida esa birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etilishi qayd etilgan. «Bizda quruvchi, madaniyat, ta’lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolgani adolatdan emas», — dedi prezident. «Shu bois, ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib e’tirof etish uchun „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor“ faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qilaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlari hajmi Xulosa
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan keng ko’lamli qulayliklar yaratilgan. Shunday ekan tadbirkorlar zimmasida ushbu qulayliklardan oqilona foydalangan holda yurtimiz iqtisodiyoti yuksalishi uchun katta xissa qo’shishlari kerak bo’ladi. Hozirgi iqtisodiy inqiroz davrida cheklangan resurslardan va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir O’zbekiston fuqarosining burchi hisoblanadi. Shunday ekan har birimiz mamlakatimiz rivojlanishi uchun o’z hissamizni qo’shishga qo’ldan kelganicha harakat qilamiz. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2 https://www.gazeta.uz/oz/2022/08/23/meeting-with-businessmen/ http://www.scientificprogress.uz/uz Download 44.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling