Referati qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalar va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llari Reja


Yangi va tejamkor texnologiyalarni qo‘llash ahamiyati


Download 79.83 Kb.
bet2/7
Sana22.11.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1793873
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sayibnazarov Alimuhammad Qishloq xo\'jaligi

2. Yangi va tejamkor texnologiyalarni qo‘llash ahamiyati
Moddiy-texnika resurslarisiz qishloq xo‘jalik mahsulotlari (tovar va
xizmatlari) ishlab chiqarishni tashkil etib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligida
moddiy-texnika resurslari va boshqa turdagi resurslar o‘rtasida juda katta
bog‘lanish mavjudki, bu bog‘lanish bevosita ishlab chiqarishga ta’sir
qiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bir turdagi moddiy-texnika vositalaridan (yem-xashak, o‘g‘itlar, qurilish materiallari va hokazo) foydalanish
moddiy biologik resurslar (mahsuldor chorva va parranda, baliq, suv, o‘tlar, o‘simliklar va hokazo) bilan birgalikda mahsulotning moddiy asosini
tashkil etadi. Boshqa turdagi moddiy-texnika resurslari (ish qurollari, mashinalar, texnologik uskunalar, yoqilg‘i moylash materiallari, veterinar
preparatlar, o‘simliklarni himoyalash vositalari, xo‘jalik asbob-uskunalari
va hokazo) esa tayyor mahsulotni shakllantirishda faol ravishda ishtirok etadi. Moddiy-texnika resurslarining yana bir qismi (energitik mashina,uzatish uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish bino va inshootlari va hokazo) ishlab chiqarish jarayonining umumiy shart-sharoitlarini ta’minlaydi. Yana bir qismi esa xo'jalik yuritishdagi shartsharoitlami ta‘minlab beradi. Bular umumxo‘jalik xizmatlari uchun uskunalar va binolar, ta‘mirlash ustaxonalari, omborxonalar va hokazo.
Albatta, qishloq joylarida ishlab chiqarishni malakali ishchi kuchisiz,
yer-suv, biologik va mineral resurslarsiz, umuman tabiiy resurslarsiz
amalga oshirib bo‘lmaydi. Moddiy-texnika resurslariga ega bo‘lish uchun esa moliyaviy resurslar zarur bo’ladi.
Yerning cheklanganligi va biologik resurslarning muhim xususiyatlari
ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan moddiy-texnika resurslarining muhim
xususiyatlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan moddiy-texnika resurslarining, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasining sifati va miqdoriga,
ularning o‘zaro birikib ishlashlariga bo‘lgan talablarini yanada
kuchaytiradi. Maqsad - mahsulotni sifatli qilib, xarajatlari kamaytirish
ekan, avvalo resurslardan yuqori saviyada va tejamli foydalanish kerak.
Moddiy-texnika resurslariga bino-inshoatlarning ichida joylashgan
barcha mashina, transport vositalari, materiallar bilan birga ekin uchun
urug‘liklar, ko‘p yillik o'simlik va daraxtlar, ko‘chatlar, o‘rmon, suv
omborlari va hokazolar ham kiritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish -
texnik potentsial degan tushuncha mavjudki, u qishloq xo‘jaligida
istiqbolda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mavjud bo’lgan va
yaratilajak moddiy-texnika resurslarining baholanishi, boshqa resurslar
bilan bo‘lgan munosabatlar, ishlab chiqarishdagi kuch quvvati va boshqa
xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Shundan kelib chiqib biz samarali texnologiyalardan foydalanib qishloq xo’jaligi samarasini oshirishimiz kerak.

Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling