Referati qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalar va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llari Reja


O‘zbekistonda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalari


Download 79.83 Kb.
bet6/7
Sana22.11.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1793873
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sayibnazarov Alimuhammad Qishloq xo\'jaligi

4. O‘zbekistonda «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalari.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tadbirlar majmuini amalga oshirish hisoblanadi.
Jumladan, quyidagilar joriy etishni inobatga oladi:
boshqaruv samaradorligini oshirish;
resurstejamkor texnologiyalar, xususan aniq uyalab ekadigan seyalkalar, GPS uskunalari bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi texnikalarini qo‘llash;
suv resurslari, o‘g‘itlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi suvtejovchi sug‘orish texnologiyalari;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini parvarishlash va sutni sog‘ish bo‘yicha robototexnikalar;
qishloq xo‘jaligiga yangi zamonaviy kasb egalari bo‘lgan xodimlarni (mutaxassislarni) jalb etish;
ma'lumotlar almashinuvining raqamli formatiga o‘tish, hisobot turlarini qisqartirish bilan ishtirokchilarning o‘zaro va davlat bilan hamkorligi samaradorligini oshirish;
respublikaning qishloq xo‘jaligi quyi tarmoqlari va hududlari kesimida umumfoydalanishga qaratilgan bilim va texnologiyalar bankini yaratish;
iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanligi va chidamliligini oshirish;
raqobatbardosh, bozor va eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligini shakllantirish;
oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni kuchaytirish;
davlat sarf-xarajatlarining samaradorligini, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik asosida oshirish;
xorijiy analoglarga mos keladigan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rejali asosda joriy etib borish;
innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining logistika infratuzilmasi samaradorligini oshirish.

Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling