Referati qo’qon-2022 Mavzu: " Hozirgi zamon rivojlanish ta’limotlari va evolyutsiyasi "
Download 29.8 Kb.
|
Tarix 2-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’qon-2022 Mavzu: “Hozirgi zamon rivojlanish ta’limotlari va evolyutsiyasi ” Reja: 1. Neoklassik sintez 2. Neoliberalizm
- Neoklassik sintez
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO‘QON UNIVERSITETI “IQTISODIYOT VA TA’LIM” FAKULTETI Iqtisodiyot 4-22-guruh talabasi Bo‘tayeva Sevaraxonning “Iqtisodiy ta'limotlar tarixi” fanidan "Hozirgi zamon rivojlanish ta'limotlari va evolyutsiyasi" mavzusida tayyorlagan REFERATI Qo’qon-2022 Mavzu: “Hozirgi zamon rivojlanish ta’limotlari va evolyutsiyasi” Reja: 1. Neoklassik sintez 2. Neoliberalizm 3. Ijtimoiy institutsionalizm Neoklassik sintez konsepsiyasining mohiyati Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. qanday qilib aholining mo`'tadil va to`la bandligini, real daromadlar o’sishini ta'minlash mumkin degan savollar hammani, iqtisodiyot fani namoyondalarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa, inqirozsiz iqtisodiy siklning sirlari nimani muhimdir. Bu va boshqa masalalar bilan neoklassik sintez yo`nalishi shug`ullanib, unda klassik iqtisodiy ta'limot tomonidan ilgari aniqlangan haqiqat va qoidalar hozirgi davrdagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan sintez qilinadi. Bu sohada barakali ijod etgan P.Samuelson fikricha, "neoklassik sintez" - bu aslida hozirgi nokeyns va neoliberal qoida va "haqiqat" larning ilk neoklassik g`oyalar bilan, shuningdek klassik maktabning ayrim postulatlari va avvalo hozirgi davridagi daromadlar shakllanishi nazariyalari bilan birlashtirib qarashidir. Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari Bu yangi g`oyaning paydo bo`lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash shakldagi qarashlar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tarbibga solishda asosan uchta ta'limot qarashlari sitbiozm (qarishmasi) ishtirok etadi. Bular : 1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta'limotlari 2) taklif iqtisodiyoti nazariyalari 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida asosan davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki keng targ`ib etiladi. Bunda konyunkturaning o`zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta'minlash, ish bilan bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Bunda asosiy e'tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo`l bilan to`lov imkoniyatlariga talab to`g`ridan- to`g`ri tartibga solinadi. Monetaristlar fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo`llab-quvvatlanadi. Ayrim fikrlar bo`yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni modellashtirishni ham o`z ichiga oladi. Ayrim olimlarning aytishicha (A.B.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi avvalo klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo`shilishi deb qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlarni uch qismga bo`lish mumkin: ularning birinchisi iqtisodiyotda to`la bandlikni ta'minlash va bu prinsipini erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm) shuningdek, erkin bozor stixiyasini chegarolovchi Keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo`llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda "ishsizlikning tabiiy normasi" (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imkoniyatlar, hamda Erxard-Ryopkelarning "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" prinsiplari birgalikda harakat qiladi. Download 29.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling