Referati qo’qon-2022 Mavzu: " Hozirgi zamon rivojlanish ta’limotlari va evolyutsiyasi "


Download 29.8 Kb.
bet2/4
Sana21.11.2023
Hajmi29.8 Kb.
#1792251
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Tarix 2-topshiriq

Ikkinchi qarashlarda X1X asrning oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yotadi, yoki harajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda marjinalistlarning ikkinchi to`lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to`g`risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalarning baho, talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko`zda tutiladi.
Uchinchi qarash bo`yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi modeli bir vaqtning o`zida makro va mikro iqtisodiy tadqiqotlarga asoslanadi. Bu tadqiqotlarda avvalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste'mol sohalarini bir-biriga qarama- qarshi qo`yilmayd. Bu qarashlarda Keynsning "Psixologik qonuni" ya'ni, daromadlarning iste'molga nisbatan tezroq o`sishi, "Veblen effekti" va boshqa noiqtisodiy omilarning ta'siri ham hisobga olinadi.


NEOLIBERALIZM

Neoliberalizm keyschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo`llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo`yicha davlat chora-tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o`nta keng qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida ko`rinadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.

XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "monetar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.). Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi.




Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling