Referati reja : Ta’limni tashkil etish shakllari
Download 41.52 Kb.
|
Ta\'limni tashkil etishning zamonaviy shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limni tashkil etish shakllari
Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti maktabgacha talim yo'nalishi 4mt21s guruhi talabasi Toshpo'latova Lobarning STEAM talim texnologiyasi fanidan REFERATI
1. Ta’limni tashkil etish shakllari 2. Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalari Ilmiy bilimlarni, ayniqsa istiqlol mafkurasini о‘quvchi, talabalar qalbi va ongiga singdirish jarayoni ta’lim-tarbiyaning zamon talablariga javob beruvchi turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Ta’lim shakllari mashg‘ulotlarni о‘tkashzish vaqtiga qarab, hamda о‘quvchi talabaning tarkibi va ular faoliyatining xarakter – mohiyatiga qarab belgilanadi. Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda о‘qituvchining о‘quvchilar bilan olib boradigan mashg‘ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bо‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, о‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr о‘tishi bilan kо‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bо‘ladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh – guruh bо‘lib, tо‘plab о‘qitishni taqozo qilgan hamda ta’lim bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, о‘qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Shu davrga kelib о‘qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bо‘la boshlaydi. Buning natijasida sinf – dars tizimi paydo bо‘la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bо‘lgan kishilar murabbiy, о‘qituvchi bо‘lib faoliyat kо‘rsatdi. Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug‘ullanganligi «Avesto» va boshqa tarixiy manbalarda ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma – bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi. Ta’limning tashkilif masalalari Al-Forobiyning «Fan va aql zakovat» asarida о‘quv fanlarini guruhlarga bо‘lib о‘qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (15921670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Y.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida, о‘quv mashg‘ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, о‘quv yili va о‘quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg‘ulotlar orasida tanaf-fuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bо‘lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida о‘quvchilar diqqatini tо‘plash, materialni batafsil tushuntirish, о‘quvchiga savollar berish, о‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi. Download 41.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling