Referati. Reja: 1 Xalq xo`jaligiga umumiy ta`rif


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/31
Sana05.01.2022
Hajmi1.42 Mb.
#221694
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Mustaqil ishlar to`plami tarix

Qishloq xoʻjaligi - moddiy ishlab chiqarish ning asosiy 

tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish 

uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan 

shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining 

bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq 

xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta 

ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab 

chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Qishloq 

xoʻjaligi juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda 

olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, 

issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan 

foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri 

bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va 

chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq 

tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, 

polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda 

— qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, 

parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, 

dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar 

(gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari 

(qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi. 

Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan 

biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda 

inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy 

qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. 

Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi 

oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari 

parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan. 

Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% 

(1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 

13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami 

sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 yilda jahon Qishloq 

xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t 



makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t 

mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 

225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh 

qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh 

echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi. 

O‘zbekistonda paxta, bug‘doy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa 

mahsulotlarning o‘rtacha hosildorligi ularning real imkoniyatlaridan 

ancha past. Bu ko‘rsatkichni oshirish nafaqat fermer xo‘jaligi 

va agrotashkilotlar foyda va eksportlarini oshiradi, balki hozirgi 

kunda bug‘doy va paxta bilan band qilingan maydonlarni yanada 

foydali ekinlar uchun foydalanishga topshirish imkoniyatini ham 

yaratadi. 

O‘n yillar davomida ilmiy tadqiqotlar va xizmatlar taqdim 

etilishining yetarlicha moliyalashtirilmasligi hamda sektorni 

rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni yetarlicha 

ko‘rsatilmaganligi kabi masalalar hal qilinishi lozim. 2018 yilda 

O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti 

daromadining faqatgina 0,02 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi 




Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling