Referati. Reja: 1 Xalq xo`jaligiga umumiy ta`rif
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida; 2
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ishlar to`plami tarix
1. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida;
2. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish oqibatida; 3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan asoslar ga binoan; 4. Ushbu qonunda ko’zda tutilgan boshqa asoslarga binoan. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini to’xtatilishi Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqaroligining to’xtatilishi sabab bo’ladi. Fuqarolik masalalariga oid arizalar O’zbekiston Respublikasi Prizidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari orqali, ch et elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatic vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi. Chet davlat fuqarosi bo’lgan shaxs o’z fuqaroligini o’zgartirish niyatida mazkur
davlatning munosabatini ko’rsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart. Shaxsning O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to’g’risidagi ariza uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatx onasi yoki konsullik muassasasiga beriladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar i doralari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa O’zbekiston Respublik asining tegishli diplomatiya vakolatlari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi. O’zbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo’lmagan shaxslar ichki ishlar i dorasi tomonidan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga mo’ljallangan istiqomat guvo hnomasi beriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun lari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. 3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo’limida duyodagi boshqa ko’pchilik davlatlarning Konstitutsiyalari qatori inson va fuqarolarning asosiy huquq va burchlari to’g’risidagi muhim qoidalar mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquqning o’ziga xos hususiyati shundaki, u fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi,qonun va qonunosti hujjatlarida esa , ular asosida vujudga keladigan hosila huquq, erkinlik va burchlarni belgilash bi lan birga ular mazmunini keng yoritish imkonini beradi. Konstitutsiyaviy huquqda, erkinlik va burchlarning yuridik xususiyatlari unda mustahkamlangan har qanday qoida singari, ular oily yuridik kuchga va o’zgartiris hning maxsus tartibiga ega ekanligini, shuningdek, uning asosida ishlab chiqila digan boshqa sohalar qonunchiligi uchun asosiy yo’nalishlarni belgilashini ta’kidlash joiz. Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo’lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari esa faqat o’sha davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxslargagina tegishlidir. Fuqarolarning huquq va erkinliklari fuqaroligidan qat’I nazar, har bir shaxsga tegishli bo’lgan inson huquq va erkinliklari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Ushbu yondashuvga doir misol sifatida insonning tabiiy va ajralmas huquqlari belgilangan va hozirgacha harakatda bo’lgan 1789 yilgi “Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasi” dan ko’chirma keltiramiz: “Barcha inson huquqla rda erkin va teng bo’lib tug’iladilar va shunday bo’lib qoladilar. Ijtimoiy tavofutl ar faqat ko’pchilikning umumiy manfaatlarigagina asoslanishi mumkin. Har qanday davlat ittifoqining maqsadi insinning ajralmas va tabiiy huquqlari ni ta’minlashga qaratiladi. Erkinlik, mulkka egalik qilish, xavfsizlik va zulm- qiynoqlarga solinishiga qarshilik ko’rsatish shular jumlasidandir. Boshqalarga zarar yetkazmaydigan darajada hamma narsani qilish imkoniyati erkinlikni tashkil etadi. Shunday qilib, har bir insonga tabiiy huquqlarining a malga oshirish chegarasi faqat jamiyatning boshqa a’zolarini ham huddi shunday h uquqlariningta’minlanishi doirasi bilan chegaralanishi mumkin. Bu cheklashlar faqat qonun bilan belgilanadi. Huquq va erkinliklar o’rtasidagi keskin yuridik farqni ko’rsatish ancha mushk ul ish. Umumiy huquqning nazariyasidan bizga ma’lumki, sub’ektiv huquq bu s haxs yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xulqi chegarasining o’lchovi. Fikrimizcha, bu ta’rif erkinlik tushunchasiga ham mos keladi. Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari va ikkinchi tomondan, ularning boshqa kishilar, davlat va jamiyat oldidagi burchlari orasidagi o’zaro aloqadorlikni imkor qilish xato bo’lar edi. Zero, umumiy huquq nazariyasidan bizga ma’lumk i, burch bu- xulqning zaruriy me’yori hisoblanadi. Inson muayan qoidalarga rioya qilishi k erakki, u o’zining huquq va erkinliklaridan foydalanganida, boshqa kishilarga a sossiz ravishda ziyon yetkazmasligi va jamiyatning normal hayot kechirishiga to’sqinlik qilmasligi lozim. Konstitutsiyalar hayotiylugini ta’minlashning zaruriy sharti-o’z mazmuni va mohiyatini inson va fuqarolar huquq-erkinliklari bilan boyitilishida ifodalanadi. Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarining ajralmas ekanligi ta’kidlanib, uning mavjudligi tegishli burchlarni bajarmaslikka yoki bajarishga bog’liq emas, degan qarashlar mavjud. Fuqarolarning huquqlari esa davlat oldida qator burch va majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq, deb ko’rsatiladi. Ammo shuni ta’kidl ash lozimki, shaxsning armiyada xizmat qilganligini ro’kach qilib, uni saylov h uquqidan mahrum qilish mumkin emas. Bundan shunday hulosaga kelish mumkin: har qanday huquq va erkinliklarni amalgam oshirishni muayyan burchni bajarish bilan bog’lab qo’yish to’g’ri em as. Shu bilan bir vaqtda, inson va fuqarolarning o’z burchlarini bajarishi davla t va jamiyatning normal hayot kechirishi umumiy omil hisoblanadi va nihoyat, shuni qayd qilish kerakki, Konstitutsiyaviy burchlar ikki qirraliligi, ya’ni inson larni muayyan burchlari va fuqarolarning burchlari bilan ajralib turadi. Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy ifodalanishining ikki usuli-pozitiv va negative usullari mavjud: a) pozitiv usulda, konstitutsiya sub’ektning muayyan huquqqa egaligini belgilaydi
yoki ta’kidlaydi; b) negativ usul shunday ifodalanadiki, unga ko’ra har qanday sub’ektga o’zga sub’ektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklash ta’qiqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar doirasining doimiy ravishda kengayib borishi, ularni ma’lum guruhlarga ajratishni talab qiladi. Tasniflash (klassifikatsiyalash) turli hil maqsadlarda va asoslarda o’tkazilishi mumkin. Biroq shuni yodda tutish kerakki, guruhlashtirish shartli ravishda ke chadi, chunki ko’p hollarda biror huquq yoki erkinlik yohud burch bir paytda ikki yoki undan ko’p tasnifiy guruhlarga tegishli bo’lishi mumkin. Ular qiyida t aklif etilayotgan tasniflashtirishda o’zlarining asosiy mazmunlari jihatidan yaqi n bo’lgan guruhlarga kiritiladi. Masalan, vijdon erkinligi shaxsiy erkinliklar tur kumiga kiradi, ayrim mamlakatlarda esa u aniq ifodalangan siyosiy harakter tusini oladi. Tasniflashtirishning yana bir ko’rinishi huquq, erkinlik va burch sub’ektlarining harakteri bilan bog’liq asosda amalgam oshirishdir. Bunda huquq, erkinlik va burchlarning individual va jamoa turlariga ajratish mumkin. To’g’ri, individual huquq ko’p hollarda jamoa shaklida ham amalgam oshirilishi mumkin. Ammo u jamoa huquqidan farqli ravishda, odatda, individual tarzda amalgaoshirilishi va himoya qilinishi mumkin. Jamoa huquqini esa uning mohi yatiga ko’ra individual tarzda amalgam oshirilish mumkin emas. Masalan, ish tashlash huquqi-jamoa huquqidir. Individual tarkibda ish tashlash-ish tashlash hisoblanmasdan, balki u ishga kelmaslik deb baholanishi mumkin. Ko’pincha hollarda huquq, erkinlik va burchlar o’z harakteriga ko’ra individualdir. Biroq bu holat konstitutsiyada doimo aniq va ravshan qilib belgilanmaydi. Bundan tashqari huquq, erkinlik va burchlarni, asosiy va qo’shimcha turlarga ajratish mumkin. Masalan, davlatni boshqarishda ishtirok etish asosiy huquq h isoblansa, saylov huquqi undagi hosila huquq bo’lib, uning mazmunini ifodalash shakli hisoblanadi. Fikrimizcha, huquq, erkinlik va burchlarni mazmuni va mohiyati bo’yicha tasniflash alohida ahamiyat kasb etadi. Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarini boshqa mezonlar asosida ham tasnifla sh uchraydi. Mustaqil O’zbekiston inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish borasida butun dunyoda ish boshlagan va ish olib borayotganbarcha kishilarni vabarcha davlatlarni juda e’zozlaydi. O’zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatini teng hu quqli a’zosi sifatida ma’rifatparvar demokratik adolatli davlat bo’lishga harakat qiladi, inson huquqlarini himoya qilishga va mustahkamlashga qat’I kafolat beradi. Inson huquqlari umumbashariy va milliy davlat va huquq tushunchalarini o’zi da mujassamlashtiradi. O’zbekiston o’zining boy va ko’p ming yillik ma’naviy- huquqiy merosiga asoslanib inson huquqlarining umuminsoniy qadriyatlari ha mda e’tirof etgan xalqaro huquq talablarini ta’minlash borasida muntazam ish olib bormoqda.
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling