Referati Reja Akademik yozuv haqida umumiy tushuncha Akademik yozuvning xususiyatlari
Download 18.23 Kb.
|
Saidali
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Talaba sifatida o`qituvchiga rasmiy xat yozish
Oliy va O`rta ta’lim Vazirligi Qo`qon Universiteti 3.22-guruh talabasi Saitboyev Saidalining Yozish va taqdimot qilish ko`nikmalari fanidan “Rasmiy xat” mavzusiga tayyorlagan Referati Reja 1. Akademik yozuv haqida umumiy tushuncha 2. Akademik yozuvning xususiyatlari 3. Rasmiy hamda norasmiy yozishmalar va ularning turlari 4. Talaba sifatida o`qituvchiga rasmiy xat yozish O’zbek tili O’zbekiston Respublikasi davlat tilidir. O’zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaro o'z fikrini davlat tilida ifoda eta olishi kerak. Talabalar o’zbek tilida o’rta va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olgan bilimlari asosida ma’lum bilim malaka va ko’nikmaga egalar. Oliy o’quv yurtida esa ushbu bilimlarni chuqurlashtirish vazifasi qo’yilgan. Akademik yozuv 1 kursi o’quv reja asosida 1 semestr davomida o’qitiladi. Ushbu dastur o’zbek tili fani o’qituvchisidan o’z soxasini chuqur bilishni talab etadi. Chunki o’zbek tilini biluvchi o’qituvchi rusiyzabon talabalarga o’rgatiluvchi fanning o’ziga xos tomonlari to’g’ri tushuntirish mumkin. Shu bilan bir qatorda o’qituvchi rus tilini xam mukkamal bilishi shart. Bu ikki tilni taqqoslab, qiyosiy grammatikani tadbiq qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, akademik yozuv kursi o’qituvchisi o’zga til o’qitish uslub etishni ham egallagan bo’lishi kerak. Shuningdek, u har xorijiy amalyotda ma’lum bo’lgan ilg’or texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq qila olishi kerak. O’qitish jarayonida turli asosiy didaktik va lingvodidoktik prinsplarga amal qilishga katta ahamiyat beriladi. O’qituvchi keng dunyoqarashga ega bo’lishi o’z kasbining ustasi bo'lish, hamda iqtisodiyot va siyosat borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. O’quv jarayoniga texnologik harakatning kengaytirilgan ko’rinishini tadbiq qilish lozim. Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o ‘rganadi. Eshitib, o ‘qib o ‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bu gungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi. Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko'pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-avlodga og'zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Til ilm olishda zamon va makon g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tugldiradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan-avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson 9 tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir. Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o ‘zaro bogianishda borliq haqidagi hukmlami ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ij'timoiy hodisadir. Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir. Til– kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan. So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbek tili deb ajratiladi. Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi. 10 Til murakkab qurilishga molik bo‘lib, dastlab uning ikki holati lison va nutq farqlanadi. Lison– kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi. Lison kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud mavhum hodisa bo‘lib, aql bilan idrok qilinadi; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish jarayoni natijasida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni talaffuz birliklari sifatida eshitamiz(yozuvda esa ko‘ramiz). Lisonda mavjud hodisalarga lisoniy birliklar deyiladi; lisoniy birliklarning nutq jarayoni natijasida moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birliklar deyiladi. Har bir kishining miyasidagi til xotirasi qismida lisoniy birliklarning va ulardan foydalanish qoidalarining ramzlari mavjud, har bir kishi ehtiyojga qarab bu ramzlardan foydalanib nutq hosil qiladi. Ayrim adabiyotlarda til bilan nutq o‘zaro dixotomiya, oppozitsiya hosil etuvchi hodisalar deb qaralib, til - nutq tarzida baholanadi. Rasmiy-idoraviy uslub: Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin. Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy 27 hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:. Norasmiy xat - bu birovga yozilgan xat; biz juda yaxshi bilamiz. Xat xabar yuborish, yangiliklar, maslahat berish, qabul qiluvchini tabriklash, ma'lumot so'rash, savollar berish va h.k. kabi ba'zi sabablarga ko'ra ishlatilishi mumkin. Bu sizning shaxsiy do'stlaringiz, aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz, opa-singillaringiz, ota-onalaringiz yoki boshqa birodarlaringiz singari yozilgan shaxsiy maktubdir. boshqasi yopiq. Ushbu xatni yozish uchun aniq bir format mavjud emas.
Download 18.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling