Referati tekshirdi: Bozorov s mavzu: Fuqarolik huquqi obyektlari Reja
Bo`linadigan va bo`linmaydigan ashyolar
Download 31.56 Kb.
|
Fuqarolik huquqi obyektlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik huquqida ashyolarning asosiy va mansub ashyolarga
- Murakkab ashyolar.
- Bazi ashyolar hosil va daromad beradigan ashyolar
Bo`linadigan va bo`linmaydigan ashyolar. Bo`lish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini o`zida saqlab qoladigan va shu bilan birga o`zining xo`jalik (maqsadli) ahamiyatini yo`qotmaydigan ashyo bo`linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir bidon paxta yog`i kabi.
Bo`linmaydigan ashyolar bo`lish natijasida qismlari dastlabki ashyo (butun) ning xossalarini yo`qotadigan, uning xo`jalik (maqsadli) ahamiyatini o`zgartiradigan ashyo bo`linmaydigan ashyo hisoblanadi (FKning 88-moddasi). Bo`linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar kiradi. Fuqarolik huquqida ashyolarning asosiy va mansub ashyolarga bo`linishi ham (FKning 90-moddasi) huquqiy ahamiyatga egadir. Mansub ashyo deb asosiy ashyoga xizmat qilishga tayinlangan va umumiy xo`jalik maqsadi jihatidan u bilan bog`liq bo`lgan narsalarga aytiladi. Masalan, asosiy ashyo qulf bo`lsa, unga mansub ashyo kalitdir. Mansub ashyo, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilmagan bo`lsa, asosiy ashyoning taqdiriga bog`liq bo`ladi. Binobarin, asosiy ashyo to`g`risidagi shartlar mansub ashyoga ham doirdir. Masalan, birovning egaligiga yoki vaqtincha foydalanishiga asosiy ashyo o`tsa, mansub ashyo ham u bilan birga o`tadi. Ammo qonun yoki shartnomada boshqacha hollar ham belgilanishi mumkin, ya'ni asosiy ashyo birovga o`tkazilganda mansub ashyoning qoldirilishi to`g`risida alohida kelishuv ham bo`lishi mumkin. Mansub ashyodan uning tarkibiy qismini ajratish kerak. Ashyodan uni zararlantirmay va qiymatini jiddiy ravishda tushirmay ajratilishi mumkin bo`lmagan har narsa ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar, masalan, velosipedning nasosi mansub ashyo bo`lsa, avtomashinaning radiatori ashyoning tarkibiy qismi hisoblanadi. Murakkab ashyolar. Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo`yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo`ladi (FKning 91-moddasi). Ba'zi ashyolar hosil va daromad beradigan ashyolar bo`lishi va shu tufayli bu hosil va daromadlardan foydalanish, ularni tasarruf etish to`g`risidagi ishni hal etish masalasi qo`yilishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to`g`risida Fuqarolik kodeksining ba'zi moddalarida ko`rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovlarning qonunsiz egallashidan talab qilib olishda daromad va xarajatlarning to`linishi aytiladi. Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lsa, ashyo egasiga tegishlidir (FKning 92-moddasi). Download 31.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling