Referati Tekshirdi: Pedagogika fanlari nomzodi Saparova Nurjamal Begaydarovna Toshkent 2020
Download 18.8 Kb.
|
itm 4-topshiriq Ismailova Vazira 102
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saparova Nurjamal Begaydarovna
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
O’zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti magistratura bosqichi Lingvistika : Ilngliz tili yo’nalishi (5A120102) 102 –guruh talabasi Ismoilova Vaziraning “Ilmiy tadqiqot asoslari. Pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning o’ziga xos jihatlari” mavzusida yozgan Referati Tekshirdi: Pedagogika fanlari nomzodi Saparova Nurjamal Begaydarovna Toshkent 2020 Mavzu: Ilmiy tadqiqot asoslari. Pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning o’ziga xos jihatlari. Reja: Ilmiy tadqiqot asoslari va tiplari. Pedagogika sohasidagi tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. Ilmiy tadqiqot - betakrorligi, mohiyatan yangi bilimlarga erishish vositalarining o‘ziga xosligi hamda natijalaming takrorlanishi bilan xarakterlanadigan bilish hodisasi bo‘lib, uning asosini intuitiv bilimni o‘zgartirish jarayoni tashkil etadi. Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o'zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘Igan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish demakdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak bo‘ladi. Kashfiyotni ochish berilgan obyektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlami topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi. I.Saifhazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlaming fikricha, «Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihati bo‘lib, u ilmiy tadqiqot obyekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalami aniqlash, fanning yangi sohalari haqida ma’lumotlar olishda namoyon bo'ladi» O'zlarining mazkur yondashuvlari orqali mualliflar ilmiy kashfiyotni ijodning fandagi oliy ifodasi ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir. Ilmiy-ijodiy faoliyatda qiziqarli va muhim dalillaming yangi manbalarini topish, kashf etish - olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilari jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.Iarda namoyon bo‘ladi. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq. Fanning amaliyot sari harakatining turli bosqichlariga ilmiy tadqiqotlaming bir- biri bilan bogiangan, lekin shunga qaramay turli tiplari muvofiq keladi: 1) fundamental tadqiqotlar; 2) amaliy tadqiqotlar; 3) tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalar; 4) innovatsion tadqiqotlar; 5) Yoshlaming amaliy va fundamental tadqiqotlari. Pedagogik tadqiqot - bu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi - o‘zi uchun yangilikni kashf etish, pedagogik vazifalami hal etishning nostandart vositalarini bilib olishdan iborat. Bunday vositalar avvaldan ma’lum, biroq pedagog tomonidan qo‘llanilmagan bo‘ladi. Bu erda gap innovatsiya kabi obyektiv yangilik haqida emas, balki subyektiv yangilik to‘g‘risida bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, eski usul va vositalardan yangicha sharoitlarda foydalanish ham mumkin. Ikkinchi bosqich - nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar uchun ham yangilikni kashf etish, ya’ni novatorlikda namoyon bo‘ladi. Masalan, pedagogik jarayon uchun samarali bo‘lgan o‘qitishning yangi metodini ishlab chiqish bunga misol bo'la oladi. Pedagogik ijodning xususiy ко ‘rinishi improvizatsiya hisoblanadi. Pedagogika fanining obyekti yaxlit pedagogik jarayon boTib, u zamonaviy bosqichda faqat bilimlaming shakllanish bosqichi, insonning intellektual salohiyatining rivojlanishi bilan belgilanmaydi. V.V.Serikovning qayd etishicha: “Ta’lim olganlik o‘zlashtirilgan ma’lumotlami bor holaticha qayta takrorlash va biümdonlik yoki “ko‘p bilimga egalik” bilan qiyoslanmaydi, balki ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa bilimlar dunyosida yuzaga kelgan masaiani echish uchun keraklisini tanlay bilish va mustaqil tadqiqot o‘tkazish va ana shu asosda yangi bilimlarni izlab topish va o‘rganilayotgan fan sohasida yaratilayotgan ekologik, ijtimoiy, axloqiy natijalami baholay olish, ya’ni mutaxassislar ta’kidlashganidek, gumanitar ekspertizani o‘tkaza olish ko‘nikmasidir”. Yaxlit pedagogik jarayon - bu ta’lim va tarbiya birligidir. Ilmiy tadqiqotda maqsad muhim o‘rin tutadi. Amerikalik olim Jon Kxo “Har qanday faoliyatda aniq maqsad etmish foiz ijobatdir” deb yozadi. Ilmiy tadqiqot maqsadi izlanuvchining yara- tuvchanlik tuyg‘usi, fanning dolzarb muammosi, mavzuga doir axborotlarni aniqlanganligi, ijodiy ilhom, ilmiy til, muammoni yechimini bashorat qila olish kabi imkoniyatiar asosida umumlashtiriladi. Tadqiqot maqsadi - bu ilmiy izlanishning prognozlashtirilgan (ideal) natijasi, metodologik triadaning tarkibiy qismlaridan biri: maq- sad, vosita, natija. Pedagogik tadqiqot maqsadi umumiy ko‘rinishda yangi ilmiy- metodik mahsulni o‘zida aks ettirib, tadqiqot so‘nggida yuzaga chiqishi mumkin. Pedagog-tadqiqotchi ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, u pedagogik voqelikni bor holaticha aks ettiradí: tashhis etadi, baholaydi, u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarning samaradorligi yoki samarasining pastligini izohlaydi (empirik daraja); ta’lim-tarbiya, pedagogik voqelikning mohiyatini anglaydi (“nima mavjud?”); pedagogik qonuniyatlarni o‘rnatadi; ijtimoiy-madaniy o‘sish darajasini hisobga oigan holda ta’limning komponentlari, darajalari, sohalarini ilmiy nuqtai nazardan asoslaydi; fanlararo aloqadorlik asosida falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalarga oid bilimlami integrallash vositasida yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlami asoslaydi (nazariy daraja). Lekin pedagogika, tabiiy fanlardan farqli o‘laroq nafaqat pedagogik voqelikni aks ettiradi, balki unga qaytadan o‘zgartirish kiritish vositalari(me’yorlar)ni ishlab chiqadi. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani baja- rish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. 0 ‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya naza- riyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi –N.A. Shermuhammedova http//www.kutubxona.adu.uz Gudleov L., Dubin B. Intellegensiya-M. 1995-18-b Saifiiazarov I., Nikitchenko G.V., Qosimov B.U. Ilmiy ijod metodologiyasi. O'quv qo‘Ilanma. - Т.: Yangi asr avlodi, 2004. 167 Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. В. Xodjayev, A. Choriyev, Z. Saliyeva. Download 18.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling