Referati topshirdi : Kuldashev Mehroj Qabul qildi : Rahmonov Abduqahhor Reja: Kirish
Download 62.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqQadimgi Misrda axloqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Фойдаланилган адабиётлар руйхати:
Somir va Bobilon. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan
uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mixxatda Somir (Shumer) giltaxtalariga yozilgan she’riy matnlarda aks etgan. Ularga ko‘ra, somirliklar haqiqat va adolatni, qonun va tartibni adolat va erkinlikni, shafqat va muruvvatni yuksak baholaganlar hamda qadrlaganlar. Tabiiyki, ular yolg'on va yovuzlikni, adolatsizlik va zulmni, shafqatsizlik va qattollikni inkor etganlar. Somir podsholari, hokimlari o'zlarining qonun va tartib o‘rnatilganliklari, yovuzlik va zo‘ravonlikni yo‘q qilganliklari, mazlumlarni zolimlardan himoya qilganliklari bilan faxrlanganlar. Masalan, milodgacha bo‘lgan III ming yillikning boshlarida Lagash davlat-shaharning xudojo‘y hukmdori Urukagina hukmronlikni qo‘lga olishi bilan fuqarolar erkinligini tiklaganligini, ochko‘z, xalqni talagan amaldorlarni jazolab, adolat o‘rnatganligini yozdirib qoldirgan giltaxta bizgacha yetib kelgan. Somir alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun ham madh etiladi. Chunonchi, quyosh ma’budi Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat, adolat va shafqat homiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma’budlar tomonidan o‘rnatilgan «Me» deb atalgan qonunlar ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uning to‘xtovsiz va uyg‘un bo‘lishini ta’minlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birgalikda «yolg‘on», «nifoq», «gina», «kudurat.», «qo‘rquv» tushunchalari ham o‘rin olgan. Shuningdek, somiriylarning maqol va matallari, hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor; ularning ko‘pchiligi umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda biroz boshqacharoq shaklda hozirgacha qo‘llaniladi. Masalan, somirliklarning «Yovvoyi buqadan qutilib, yovvoyi sigirga tutildi» degan maqoli bilan «Yomg‘irdan qutilib, qorga tutildi» degan o‘zbek xalq maqoli orasida mohiyatan farq yo‘qligi bunga dalil bo‘la oladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar «Gilgamesh» eposi dostonlarida ham ko‘tarilgan. Somirliklar erishgan ilmiy, badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlar bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbatan badiiy yuksak va mukammal «Gilgamesh» eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Hammurapining mashhur Qonunlar majmui esa Qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflami, yetim-yesir va kambag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan; Hammurapi unda o‘zining kambag'alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi. Umuman olganda, Somir va Bobilonda majusiyat shaklidagi dindorlik juda kuchli bo‘lgan: kimda-kim ma’budlarga ixlos qo‘ysa, ular yuborgan azoblarga chidasa, shukronalik ko‘rsatsa, baxtli yashaydi, aks holda esa, ma’budlar qahriga uchrab, xor-zorlikda dunyodan ko‘z yumadi, degan qat’iy aqida hukm surgan. Qadimgi donishmandlar barcha balo qazo odamlar boshiga ularning gunohlari tufayli yog‘iladi, gunohsiz odam esa dunyoda yo‘q, deb hisoblaganlar. Olamda yovuzlikning mavjudligi odamlarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunga ma’budlar zarracha ham aybdor emas. Фойдаланилган адабиётлар руйхати: М. Шарипов, Д. Файзихужаева “М А Н Т И К” Интернет малумотлари Download 62.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling