Referati topshirdi : Kuldashev Mehroj Qabul qildi : Rahmonov Abduqahhor Reja: Kirish
Download 62.85 Kb.
|
1 2
Bog'liqQadimgi Misrda axloqshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism. Qadimgi Misr. Somir va Bobilon. Xulosa.
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakulteti xitoy filologiyasi yo’nalishi II kurs Xitoy-Ingliz guruhi talabasi Kuldashev Mehrojning Axloqshunoslik fanidan tayyorlagan REFERATI Topshirdi : Kuldashev Mehroj Qabul qildi : Rahmonov Abduqahhor Reja: Kirish. Asosiy qism. Qadimgi Misr. Somir va Bobilon. Xulosa. Qadimgi Misr. Axloqshunosiik nuqtayi nazaridan Qadimgi Misr «Mayyitlar kitobi» katta aham iyatga ega. Misrliklar nazdida har bir inson o'lgandan so‘ng, oxiratda hisob beradi. Avval bosh ma’bud Osiris oldida u o‘zining gunohsizligini isbotlashga urinadi; gunohlarni sanab, gunoh qilmaganligini aytadi. Gunohlarning ko‘pchiligi esa axloqqa borib taqaladi: odam o ‘ldirish, yovuzlik qilish, tarozidan urib qolish, yolg‘on gapirish va h.k. Mayyit: «Men pokizaman, men pokizaman, men pokizaman!» degan uch karra takror bilan o‘z «hisoboti»ni tugatadi. Keyin u o‘zining «ikkinchi oqlovchi nutqi»da kichik ma’budlar — muayyan e’tiqodiy-axloqiy sohalarni boshqaruvchi qirq ikki iloh oldida o‘z gunohsizligini ta ’kidlaydi. Bu «hisobot»dagi gunohlar esa, yuqorida aytganimizdek, bitta ikkitasidan tashqari, deyarli barchasi axloqiy talablardan iborat. Ularga diqqat qilsangiz, milodgacha bo‘lgan XV asrdagi axloqiy qonun-qoidalar, fazilat va illatlar bugungi kunda ham asosan o‘sha-o‘sha ekanini ko‘rasiz: faqat hozir ular ikkala — axloqiy va huquqiy me’yorlarga bo’lingan. Tasavvur hosil qilishingiz uchun, quyida mayyitning har bir sohaviy ma’bud nomiga uzundan-uzoq murojaatini tushirib qoldirgan holda, qator «oqlov»larning o‘zini keltiramiz: Men yovuzlik qilmadim! Men o ‘g ‘irlik qilmadim! Men hech kimga hasad qilmadim! Men hech kim ni tunamadim! Men hech kim ni o ‘ldirmadim! Men tarozidan urmadim! Men xudosizlik qilmadim! Men munofiqlik qilmadim! Men yolg'on gapirmadim! Men zino qilmadim! Men hech kimga g ‘azab qilmadim! Men hech kim ni haqorat qilmadim! Men hech kimga qo ‘pollik qilmadim! Men kibrli bo Imadim! Men o ‘zimni boshqalardan ustun qo‘ymadim!..' Shunday qilib, «Mayyitlar kitobi» bizga qadimgi misrliklarning qanday axloqiy darajaga yetganliklaridan, ular ishlab chiqqan axloqiy tamoyillar va me’yorlarning e’tiqodiy-diniy maqom kasb etganidan dalolat beradi. Bir so‘z bilan aytganda, bu yodgorlikda axloq bilan diniy e’tiqodning uyg‘unlashib ketgan in’ikosini ko‘rish mumkin. Mayyitlar kitobi an’anasi Sharqda keyin ham davom etdi: o‘rta asrlarda (VIII asr) «Tibet mayyitlar kitobi» - «Bardo Tyodol» yuzaga keldi. Qadimgi Misrda odob-axloq masalalari ko‘proq o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida «Pxatotep o‘gitlari» bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma hisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o ‘rniga o ‘z o ‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz yetti nasihatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa hikmatlar va nasihatlar vositasida targ‘ib qilinadi. «Pxatotep o‘gitlari»dagi ba’zi nasihatlar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, haqiqiy donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida ham hanuzgacha kishini hayratga soladi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so‘z, holbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan toppish mumkin». Agar nafaqat Qadimgi Misrda, balki undan bir necha ming yil keyin tafakkur sahnasiga chiqqan Qadimgi Yunonistonda ham qul ezgulikka, donishm andlikka begona jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko'rilmaganini hisobga olsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkuri taraqqiyotida naqadar muhim ahamiyatga ega bo‘lganini anglash mumkin. Download 62.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling