Sahna diqqati reja: Talabalarning sahna nutqini oshirishda so‘z bosh omil sifatida


Download 45.74 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi45.74 Kb.
#1834610
  1   2   3   4
Bog'liq
SAHNA DIQQATI


SAHNA DIQQATI


REJA:

1.Talabalarning sahna nutqini oshirishda so‘z bosh omil sifatida
2.Aktyorlik mahoratida sahnaviy erkinlikni tarbiyalash mashqlari
3.Aktyor ijodida tabiiy xatti-harakat hamda sahnaviy ishonch masalasi

1.Talabalarning sahna nutqini oshirishda so‘z bosh omil sifatida

Inson o‘z fikrini - so‘z orqali ifoda etadi. So‘z aniq bir maqsadga yo‘nalsa, aniq talaffuzga erishilsa, insonlarning bir-biri bilan yaqinlashuviga, o‘zaro bir-birlarini tushunishiga olib keladi. Nutq teatr san’atining barcha javhalarida, televideniya va radioda muhim o‘rin egallaydi. Sahna nutqi esa teatr sahnasi uchundir. Teatr sahnasidan eshitilayotgan aktyorning nutqi aniq va ravon, ma’lum bir g‘oyani o‘zida ifodalovchi, o‘z maqsadiga ega bo‘lishi shart. Ana shunday vazifani bajaruvchi fan bu “Sahna nutqi” fanidir. Sahnada so‘zning qadri, vazifasi, yuki hayotdagidan ko‘ra bir necha marotaba ortishini, uni tomoshabinga aniq va tushunarli yetkazib berish nechog‘li ahamiyatli ekanligini his qilgan pedagog ham talaba ham sahnaviy ta’sirchan nutq masalasiga eng ustuvor jihatlardan biri, “so‘z - sahna san’atining qon tomiri” ekanligiga amal qilib yondashmog‘i lozim.


Shunday ekan, talabalarning faoliyatida badiiy va ifodali nutq alohida o‘rin tutadi. Nutqning ravon va aniq bo‘lishi sahnaviy asarlarning mazmunini tez anglashga, mohiyatini chuqur tushunib yetishga yordam beradi. Bu esa talabaning o‘z nutqi ustida uzluksiz ishlab borishi va uni o‘stirib borishi, takomillashtirishi yo‘lida tinmay mehnat qilishi zarurligini ko‘rsatadi. Adabiyot va san’at asarlari milliy boylikdir. Badiiy asarlarning ta’sir kuchi juda buyuk, lekin bu faqat asarning g‘oyaviy mazmuni, badiiyati bilangina emas, balki ifodali o‘qish san’atini qo‘llay bilish me’yori bilan ham bevosita bog‘liqdir. Chunki ifodali so‘z badiiy asaring g‘oyaviy boyligini tushunishga katta yordam beradi[1:4].
“Sahna nutqining teatr san’atidagi tutgan o‘rni beqiyosdir. Shu bois fanni egallash zarurati talabalar uchun g‘oyatda muhim sanaladi. Maqsad so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarning sahnaviy nutqi bebaho, ziynatli nutq bo‘lsin”. Agar nutq organining biror qismida kamchilik mavjud bo‘lsa, yoki biror qismi yomon ishlasa meyorda so‘zlashuvga to‘sqinlik qiladi. K.S.Stanislavskiy aytganidek, “Yaqshi ijrochida, aktyorda har bir unli va undosh aniq eshtilish kerak. Ana shundagina u so‘zning nima ekanligini tushunadi va u so‘zni seva biladi. Agar shunga odatlansa, ma’nosiz vaysamaydi”. Ovoz kushini tashkil etish hamda nutqni tinglovchiga yetkazishda nafas vosita vazifasini bajaradi.
Shu bois nafas olishni to‘g‘ri yo‘lga qoyish va chiniqtirish, ovozni jarangdor bo‘lishiga va jumlalarni mantiqan yaxlit, o‘zaro uzviy bog‘liq holda talaffuz etishda muhim rol o‘ynaydi[2:318]. Sahnaviy nutq keng fikr, chuqur mulohaza, o‘z millatimiz tarixiy ildizlarini aniq bilish, ularga mehr bilan yondashgan ziyolilardagina yaxshi tarbiyalanadi, jaranglaydi, parvoz etadi. Bu muammolarni esa oilaviy muhit ziyosi - maktab o‘qituvchilari, ayniqsa, ijtimoiy fanlar ustozlari o‘zlarining tilga, nutqqa e’tibori yoshlarga andoza bo‘lishi, oliy o‘quv yurtida esa boy tariximiz, adabiyotimiz, ayniqsa, she’riyatimizga murojaat etish ularni lug‘at orqali bo‘lsa-da, qiynalmasdan tushunish, ijro eta olish malakasiga erishish zarur [3:319].
Hozirda esa uning rang-barang zamonaviy texnika vositalari orqali muloqatda boʻlish shakllari ham ommalashib bormoqda. Garchi shunday boʻlsada, nutq kabi ijtimoiy til birliklariga munosabat hamma davrlarda bir xil boʻlgan. Ajdodlarimiz soʻzni, nutqni ilohiy neʼmat va hikmat deb qarashgan. Uni toʻgʻri va oʻrinli qoʻllay bilish notiqlarga, suxandonlarga nasib etgan. Alisher Navoiy “Koʻngil duri ichra guhar soʻz durur, Bashar gulshanida samar soʻz durur,” - deb yozgan edi. Shunday ekan, oʻrinli soʻz, jozibali nutq xalq bilan bogʻliq va birlikning tayanchidir. ...Soʻz xatti-harakatning turli soʻz muloqati, (muloqatning maqsadi, insonlarning yoshi bilan bogʻliq xususiyatlari, ularning bir-biri bilan tanishligi, bir-biriga bogʻliqligi, ular ovozlarining xususiyati, mimikasi, qoʻl harakatlari va h.k) kabi shart-sharoitlar orqali soʻzning taʼsirchanligini oshirish mumkin. Soʻz nutq hosil qilishning bosh omili ekan, demak, uning harakatlarining maʼno darajasini yaxshi bilish lozim[4:68].
Aktyor о‘z ishi jarayonida syujetni, xarakterni tahlil qiladi. Muallifni о‘rganadi, g‘oyaviy maqsadini aniqlaydi. Xarakter talqinida atrof tabiatni bir - birga munosabatini aniqlaydi, qahramonning ichki dunyosiga kirib boradi. Sо‘z mohiyati (harakati)ni ochish jarayoni ikkala san’at turida bir xil uslubda kechadi. Sо‘z harakati jarayoninni aktyor spektaklni tayyorlash jarayonida о‘taydi. voqeani aniqlash ham aktyorni, sо‘z ustasi - (ijrochi)ning ijodiy jarayoni markazida turadi. Ana shu birlik teatr san’ati uslubiyotining, umumiyligini kо‘rsatadi. “Sahna nutqi” mashgulotlarida badiiy sо‘z, faqat nutqiy ifodaviylikni о‘rganuvchi vositagina bо‘lmay, u kо‘rishni, fikrlashni, munosabat bildirishni, baholashni, g’oya bilan qiziqishni, mavzuni aniqlashni, hikoyadagi oliy maqsadni tushunishni ham о‘rgatadi.
Yutuqning asosi aktyorlik mahorati bilan sahna nutqi uslubining birligidadir. Spektakldagi sо‘z harakati bilan badiiy sо‘z ijrosidagi umumiylik sahna nutqini о‘rganish uslubining ham asosini tashkil etadi. Sahna nutqi darslarida hikoya, she’r matnlaridan foydalaniladi. Sо‘z ustida ishlanganda rolni yoki hikoyani о‘qibgina qolmay, sо‘z harakatiga erishish muhim sanaladi. Mashgulotlarda adabiy asar mohiyatidan kelib chiquvchi aktyor psixotexnikasi unsurlari ham tarbiyalanadi [5:5].
Sahna nutqining asosiy shartlaridan biri badiiy o‘qish ustida ishlash, inson nutq madaniyatini oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Aynan badiiy o‘qish insonga uning ichki va tachqi nutq texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. Badiiy o‘qish bu adabiy asarlarni batafsil o‘rganish vositasidir, bu o‘z navbatida jamiyatning madaniy darajasini o‘stiradi. Nutq san’ati tilni yangi ifodalar bilan boyitadi, bu tabiiyki har bir kishining madaniyatlilik darajasini belgilaydi. Badiiy o‘qish ustida ishlash yuksak estetik didni hosil bo‘lishiga va nutq madaniyatini tarbiyalashga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda sahna nutqi fan sifatida shakillanish jarayonida mazkur fanninig metodologiyasini va pedagogikasini yaratgan ustoz -pedagoglar ilmiy-ijodiy faoliyati, ularning pedagogik mohorati ilmiy -amaliy jihatdan chuqur tadqiq etilmog‘i lozim.
Inson kamdan kam hollardagina bir oʻzi boʻladi, lekin hayotining asosiy qismida boshqa insonlar bilan uzviy muloqotda boʻladi. Ikki kishi bir-biri bilan uchrashdimi, albatta ular oʻrtasida davomli suhbat shakllanadi. Ular oʻrtasidagi muloqotning uzviylik darajasi, suhbatning naqadar qiziqligi, bir-birlarini qanday eshitishi, sitqidildan eshitayaptimi yoki yoʻligami, shunga bogʻliq. Qolaversa, tashqi koʻrinishdan tashqari, insonning ichki, koʻzga koʻrinmaydigan ruhiy holati katta ahamiyatga ega. Muloqot jarayonida siz hamsuhbatingizni tushunishga harakat qilib, uning ichki dunyosini “uning shaxsiy menini”, uning koʻzlaridan qidirasiz. Suhbat jarayonida suhbatdoshlar bir-birlarining qalblarini tushunishga harakat qilib, muloqotlari uzviy boʻlishini xohlaydilar. “Suhbat jarayonida faqat gap bilan yoki savol-javob bilangina chegaralanib qolmay, balki oʻzingiz bilmagan holda bir-biringizni sinash jarayoni kechishini sezasizlarmi”, - deydi. K.S.Stanislavskiy “Sizlarda suhbatdoshingizga boʻlgan diqqatning oshishi, uning har bir harakatini, sezgilarini his-hayojonlarini aniq ilgʻab ola boshlaganingiz natijasida vujudga keladi”, oqibatda ichki soʻzli yoki soʻzsiz aloqa shakllanadi. K.S.Stanislavskiy bunday koʻzga koʻrinmas muloqot shaklini “nur qabul qilish” yoki “nur chiqarish” deb nomlaydi.
Stanislavskiy soʻz muloqotiga katta ahamiyat beradi. “Tabiatdan biz shunday yaratilganmizki, - deydi Stanislavskiy. - birbirimiz bilan soʻz orqali muloqotda boʻlsak, nima haqida suhbat qilinayotgan boʻlsa, uni ichki koʻrishimiz bilan koʻrib, shundagina u haqida gapiramiz. Agar biz boshqa odamni tinglayotgan boʻlsak, avvaliga quloq bilan qabul qilib, soʻng eshitganiniizni koʻzimiz bilan koʻramiz. Soʻz aktyor uchun faqatgina tovush cmas, balki u obrazlarni jonlantiruvchi vositadir. Shuning uchun sahnaviy muloqotda faqatgina quloqqagina emas balki, koʻzga ham eʼtiborni qaratish lozim”[6:27].
Shunday qilib, aktyor faqatgina qanday muloqot qilishni, harakat qilishni bilibgina qolmay, balki partnyorning xatti-harakatini kuzatib, uning harakatiga tobeligini sezib, partnyorining harakatiga diqqat bilan qarab, atrofda boʻlayotgan voqealarga, muloqot davomida kutilmagan hodisalarga tayyor boʻlishi kerak. Partnyorga qarashning oʻzigina kifoya qilmaydi, balki uni eshitish, tushunish, sezish kerak. Haqqoniy muloqot partnyorlarning bir-biriga uzviy, tushungan holdagi muloqoti sezilmas darajadagi intonasiyasi, boshqasini intonasiyasini oʻzgarishi natijasida namoyon boʻladi. Muloqot natijasida barcha hodisalar beixtiyor vujudga kelishi kerak. Bunga ikkala partnyorning ichki, haqqoniy diqqati va organik xattiharakatlari orqaligina erishish mumkin. K.S.Stanislavskiy oʻzining keyingi ijodiy faoliyati davomida muloqotni birgalikdagi xatti-harakat natijasida yuzaga keladigan faol kurash jarayoni deb taʼkidlab, unda kurash predmeti aniq belgilanib, yetakchi xattiharakat va qarshi xatti-harakatni aniqlab olish kerakligini uqtiradi. K.S.Stanislavskiyning qolgan barcha elementlari tasavvur, mushaklami boʻshatish, emosional xotira, ruhiy hayot dvigateli, sahnaviy sezgi, xarakterlilik va h.k.lar amaliy mashgʻulotlar jarayonida egallanadi[28].
Shunday ekan, nutqni rivojlantirishda asosiy e’tiborni dars jarayonida foydalanish zarur bo’lgan interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar va axborot texnologiyalariga qaratish joiz. Ma’lumki, an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.
Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchi va o’quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir[8:12].


Download 45.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling