Sahna diqqati reja: Talabalarning sahna nutqini oshirishda so‘z bosh omil sifatida


Aktyor ijodida tabiiy xatti-harakat hamda sahnaviy ishonch masalasi


Download 45.74 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi45.74 Kb.
#1834610
1   2   3   4
Bog'liq
SAHNA DIQQATI

3.Aktyor ijodida tabiiy xatti-harakat hamda sahnaviy ishonch masalasi
Soʻnggi yillarda madaniyat va sanʼat sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va sanʼat muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabr “Oʻzbekistonda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4038-sonli qarorida, yosh ijodkorlarga taʼlim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratish, madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining oʻsib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin oshirish imkonini yaratish belgilab qoʻyildi.
Qolaversa ushbu qaror bilan madaniy sohada oʻzaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, bu borada teng huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida eʼtibor qaratish ham belgilab qoʻyilgan edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz kerakki, milliy madaniyatimizni xususan teatr sanʼatini yanada rivojlantirish yoʻlida xalqaro tajribaning oʻrni muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham bu borada koʻplab amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona mintaqaviy filiali Turkiyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan “Ataturk” universiteti bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, koʻplab sohalarda, jumladan teatr sanʼatida ham oʻzaro tajribalar amalga oshirilmoqda. Xususan taʼlim va ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishish natijasida ulkan tajribaga ega boʻlmoqdamiz.
Ana shunday xalqaro tajriba alishish jarayonida “Erzurum davlat teatri”ga tashrif buyurdik. U yerda sahnalashtirilgan “Halokatli oʻyin” spektaklini tomosha qilar ekanmiz beixtiyor ushbu spektakl hususida mulohaza qildik.
Eng avvalo shuni taʼkidlab oʻtishimiz joizki “Ataturk” universitetining taʼlim natijasini ushbu spektakl yaqqol namoyish eta olgan. Sababi “Halokatli oʻyin” spektaklining deyarli barcha ijodkorlari, rejissor va aktyorlar ansambli universitetni turli yillarda bitirgan talabalari hisoblanadi. Bu albatta universitetning bevosita muvaffaqiyatlaridan biri desak hech bir mubolagʻa boʻlmaydi. Buni bevosita aktyorlarning sahnada ijro mahorati orqali koʻrishimiz mumkin.
Spektaklda aktyorlarning bir-biridan farq qiluvchi, takrorlanmas xarakterlarni yarata olgani katta yutuqlaridan biri boʻlsa, yana bir muvaffaqiyati sahnada juda ham erkin xatti-harakat qilishlaridir. Eng asosiysi har bir aktyorning ichki psixik hamda psixofizik xatti-harakati juda ham ishonchli koʻrinishi hamda har bir aktyor oʻziga topshirilgan obrazni qayta gavdalantira olganidir. Aktyorlar sahnada xatti-harakat qilar ekan asar qahramonini oʻziniki qilib olib, sahnada aktyor emas aynan asar qahramonining oʻzi harakatlanayotgandek taʼsurot qoldiradi. Aktyorlar muallif yozib bergan soʻzlarni shunchalik oʻzlashtira olganki, hozir shu tobdayoq aktyorlar tomonidan sodir boʻlayotgan voqealar natijasida tugʻilayotgandek ishonchli koʻrinish olgan.
Spektaklda bor yoʻgʻi ikki yigit hamda bir qiz jami uch qahramon ishtirok etgan boʻlsa, bular, Ofitsiant, Millioner ayol hamda Qorovul. Ushbu obrazlarni aktyorlar shunday mahorat bilan, “choʻmilib” ijro etganlarki bir soniya boʻlsa-da holatdan chiqmay, obrazda yashaydi. Aktyorlar sahnada oddiy aktyor emas oʻsha Oifitsiant, oʻsha Qorovul, oʻsha Millioner qiz tamom. Spektaklning oxirgi soniyalariga qadar tomoshabinni diqqat markazida tura olgan. Tomosha davomida, holatdan chiqib ketish, biror-bir xatti-harakatining oʻxshamay qolishi, rejissor tomonidan berilgan vazifa yoki muallif tomonidan berilgan soʻzni yodidan chiqarib qoʻyish kabi xolatlarga aktyorlarning oʻzlari mutlaqo yoʻl qoʻymayotgani tahsinga sazovor albatta.
Yuqoridagi fikrlarning isboti oʻlaroq asardagi bir sahnani yodga olsak. Tomosha davomida Qorovul sahnadagi tokchaga bir narsalar otib oʻtiradi. Qorovulning otgan narsalaridan biri boshqa yoqqa ketib qolsa, yana biri tomoshabin tomonga uchib ketadi.


Download 45.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling