Sahna diqqati reja: Talabalarning sahna nutqini oshirishda so‘z bosh omil sifatida


Aktyorlik mahoratida sahnaviy erkinlikni tarbiyalash mashqlari


Download 45.74 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi45.74 Kb.
#1834610
1   2   3   4
Bog'liq
SAHNA DIQQATI

2.Aktyorlik mahoratida sahnaviy erkinlikni tarbiyalash mashqlari
Sozanda, ashulachi, rassom tinimsiz ravishda mashq qilib turmasa o‘z mahorati va qobiliyatidan ajralib qolishi mumkinligini yaxshi biladi. Xuddi shunday aktyor ham tinimsiz mashq qilib turishi talab qilinadi. Bu mashg‘ulot va mashqlar orasida diqqat birinchi o‘rinda turadi.
Talabada diqqatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar to‘g‘risidagi so‘zimizni muxtasar qilishdan avval, o‘qituvchi etiborini yana bir narsaga qaratmoqchimiz. Ya’ni har bir talaba o‘zi bajargan mashqlar to‘g‘risida o‘qituvchining holisona fikrini bilishi kerak bo‘ladi. O‘qituvchining bahosi, talaba diqatini to‘g‘ri to‘play oldimi yo‘qmi, vazifa to‘g‘ri bajarildimi yoki bajarilmadimi? Agar talaba o‘qituvchining bahosidan qoniqmasa, uni sahnaga taklif etib yangi vazifa berish kerak. Vazifa bajarilganidan keyin tomoshabin bo‘lib o‘tirgan talabalarga so‘z berish va bajarilgan vazifa yuzasidan o‘z fikrlarini ochiq-oydin bildirishlikni taklif etish kerak.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, berilgan manbaga diqqatni to‘plash va uni berilib o‘rganishga kirishish ichki erkinlikni paydo qiladi, ichki erkinlik esa o‘z navbatida tashqi jismoniy erkinlikni tug‘diradi. Lekin aktyorda mushaklar erkinligi bo‘lmay qotib qolsa, hech bir kuch, diqqatni berilgan manbaga to‘plashga yordam beraolmaydi. Shuning uchun ko‘pincha sahnadagi aktyor diqqatini to‘plash o‘rniga , qotib qolgan mushaklarni bo‘shatish bilan ovora bo‘lib qoladi. Ayrim hollarda aktyor ichki erkinlikni paydo qilaolgan bo‘lsa ham mushaklar qotib qolishidan sira xalos
bo‘laolmaydi. Agar badan a’zolaridagi taranglikni bir oz bo‘lsa ham bo‘shatishga erishilsa, qolgan a’zolar ham o‘z-o‘zidan bushashadi, ichki erkinlik diqqatni bir joyga jamlashga yordam beraboshlaydi.
Lekin ichki ijodiy erkinlikni tarbiyalash ko‘p vaqt talab qiladigan murakkab jarayondir. Buni u yoki bu kursda olib boriladigan mashg‘ulotlarning o‘zi bilangina tarbiyalab bo‘lmaydi. Aktyor amaliy mashg‘ulotlar natijasida ichki va tashqi texnik unsurlarning barchasini mukammal egallab olganidan so‘ngina ichki erkinlikni qo‘lga kiritish mumkin. Biroq talabalarda ortiqcha taranglikdan xolos bo‘lishning oddiy yo‘llarini ko‘rsatib berish uncha ko‘p bo‘lmagan vaqt talab qiladi. Navbatdagi mashg‘ulotlarimiz aynan shu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan.
Mazkur mushaklarni bo‘shatish mashqlarini sahnaviy diqqatni to‘plashda qiyinchilik tug‘diradigan manbalardan boshlashni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Odatda ko‘pchilik o‘rtasida o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan, diqqatini sira bir joyga to‘play olmaydigan bir necha o‘quvchi bo‘ladi. Bunday talabalarda ijodiy va jismoniy taranglik darajasi shu qadar kuchli bo‘ladiki, diqqatni to‘plash uchun berilgan mashqlar ham ularga foyda bermaydi. Bunday kezlarda o‘qituvchi avvalo ularning mushaklar tarangligidan halos bo‘lishiga yordam berishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘sha talaba tanasining qaysi a’zolarida taranglik o‘ta kuchli bo‘lsa, talabaga o‘sha erni bo‘shatishlikni tavsiya etishi lozim bo‘ladi. Shu yo‘l bilan shoshilmasdan birin-ketin tarang mushaklar bo‘shatilishi zarur.
Bu mashqlar davomida ijobiy natija qo‘lga kiritilganidan so‘ng, sahnaviy diqqat mashqlarini berish mumkin. Agar bu safar ham yana mushaklar taranglashadigan bo‘lsa taranglikni bo‘shatish mashqlarini yana boshidan boshlash kerak. Bu mashg‘ulot, talaba berilgan manbaga o‘z diqqatini to‘plashga odatlangunga qadar davom etishi kerak. Agar berilgan mashqlar izchillik bilan olib borilsa albattta ijobiy natijaga erishiladi.
Shundan so‘nggina talabalar mushaklarni bo‘shatish mashqlarini bajarishga o‘tishlari mumkin.
1-Mashq. Navbat bilan tana a’zolarini: qo‘l, oyoq, bo‘yin, bel umurtqalarini, goh tarang tortib, goh bo‘shatish mashqlarini bajarishga o‘tiladi. Mazkur mashqlar davomida talabalarning taranglashuvi va undan halos bo‘lishi, mumkin qadar to‘kis bo‘lishi zarur.
Ushbu mashqlar yordamida talabalar o‘z tana a’zolarining qaysi qismida taranglik borligi va qaysi qismi bo‘shatilganligini nazorat qilishni o‘rganadilar.
2-Mashq. O‘qituvchi talablarni kursida qulay o‘tirib olishga taklif etadi. So‘ngra sira shoshilmay yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga qarab navbatma-navbat tana a’zolarini bo‘tashni buyuradi. Ya’ni, oyoq barmoqlaridan boshlab to bosh qismining quloq uchlarigacha navbati bilan bo‘shatib chiqish kerak bo‘ladi. Tana a’zolari shu darajada bo‘shashligi kerakki, faqat tanani ushlab turadigan umurtqadan boshqa
a’zolar bo‘shligidan gavda yiqilib tushish darajasigacha kelishi lozim. Ayniqa yuz mushaklariga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi. Agar talab qilingan darajadagi bo‘shlikka erishilsa, bosh ko‘krakka osilib tushishi, og‘iz ochilib, pastki jag‘ osilib qoladi, peshona mutlaqo bo‘sh bo‘lishi kerak. Qoshlar umuman chimirilmasligi kerak. Mashqni nechog‘lik to‘g‘ri-noto‘g‘ri bajarilayotganligini tekshirib ko‘rish uchun o‘qituvchi talabaning qo‘lini ko‘tarib tashlashi, boshini chayqatib ko‘rishi mumkin. Agar tana a’zolari to‘g‘ri bo‘shatilgan bo‘lsa ko‘tarilgan qo‘l o‘z-o‘zidan avvalgi joyiga tushishi, bosh esa chayqalishi muqarrar. Agar o‘qituvchi talabalni turtib yuborsa u xuddi qum to‘ldirilgan qopdek engil va erkin ag‘darilib tushadi.
Talabalaning shu holatdagi tanasi uxlayotgan yosh bolaning tanasiga o‘xshaydi. Hechkim uxlayotgan boladek erkin bo‘lmaydi. .


Download 45.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling