Referati topshirdi : Muhammadali Aliyev Qabul qildi : N. Mamadaliyev
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
ALIEV MARUZA ALGORITHM
Tezkor xotira ma’lumotlarni o’z muhitida nisbatan doimiy saqlash
uchun mo’ljallangan. Tezkor xotiraning muhim xususiyatlaridan biri bu adreslanganligi hisoblanadi. Bu xotira yacheykalari massividagi har bir xotira yacheykasi birqiymatli o’z nomi (identifikatori)ga egaligini anglatadi. Ushbu nom yacheyka adresi deb ataladi. Yacheyka adresi tezkor xotiraga murojaat qilgan mashina kommandasining operandi hisoblanadi. Zamonaviy hisoblash tizimlarida adreslash uchun ikkilik 8 razryaddan tashkil topgan bayt-yacheyka birligi qo’llaniladi. Tezkor xotiraning aniq yacheykalari yoki yacheykalar majmuasi dasturdagi aniq o’zgaruvchi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Lekin o’zgaruvchilar ishtirok etgan arifmetik hisoblashlarni bajarish uchun hisoblash boshlanmasdan oldin o’zgaruvchilar xotira yacheykasidan registrlarga o’tkazilishi zarur bo’ladi. Agar hisoblash natijasi ham ushbu o’zgaruvchiga o’zlashtirilgan bo’lsa, u holda natija qiymat ham yana mos registrdan ushbu o’zgaruvchiga bog’liq bo’lgan tezkor xotira yacheykasiga o’tkazilishi kerak. Dastur bajarilishi vaqtida uning komandalari va ma’lumotlari asosan tezkor xotira yacheykalarida joylashadi. Tezkor xotira elementlarining to’liq to’plami ba’zan asosiy xotira deb ham yuritiladi. Tashqi xotira ma’lumotlarni uzoq muddat saqlab turish uchun mo’ljallangan. Bu xotiraning farqli tomoni shundaki, undagi ma’lumotlar dastur o’z ishini yakunlagandan keyin ham, hisoblash mashinasi elektr tokidan ajratib qo’yilganda ham saqlanib qoladi. Ya’ni biror bir dastur yordamida hosil qilingan (yoki tashqi xotirada saqlangan) ma’lumot ushbu dastur ishi yakunlangandan keyin va qayta ishga tushirilganda foydalanish uchun alohida saqlab qo’yilishi mumkin. Tashqi xotiradagi ma’lumotlarda bir necha marta qayta qayta foydalanish imkoniyati mavjud bo’ladi. Tashqi xotira dasturning o’zini saqlab qo’yish uchun ham qo’llaniladi. Tashqi xotiraning qiymati tezkor xotiradan kichik bo’lsa ham, uning ma’lumotlarni saqlash hajmi juda katta bo’ladi. Tashqi xotiraning yana bir vazifasi bajarilayotgan dasturning bajarilishi vaqtida zarur bo’lmagan kodi va ma’lumotlarini vaqtincha saqlab turish hisoblanadi. Faol bajarilayotgan dastur va u qayta ishlayotgan ma’lumotlar albatta tezkor xotiraga ko’chirib o’tkazilgan bo’lishi kerak, ya’ni tashqi xotira bilan registrlar o’rtasida ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish imkoniyati mavjud emas. Ma’lumotlarni saqlovchi qurilma sifatida tashqi xotira ham tezkor xotiraga o’xshash adreslangan xususiyatga ega. Shuning uchun tashqi xotiradagi ma’lumotlar tuzilmasi ham tezkor xotiradagidek, ularni qayta ishlash algoritmlar ham bir xil bo’ladi. Lekin tashqi xotiraning fizik muhitida butunlay boshqa ko’rinishga ega bo’lib, undagi adreslarga kirish boshqa vaqtinchalik xususiyatlarga ega. Tezkor xotira uchun samarali bo’lgan tuzilmalar va algoritmlar tashqi xotira uchun ishlamasligini bildiradi. Qayta ishlanadigan axborotlarning katta hajmi real hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Muayyan masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan axborotlar, muammoga bog’liq bo’lgan aniq ma’lumotlar majmuasidan tashkil topadi. Ixtiyoriy masalani yechishda mavhumlashtirish darajasini tanlash zarur, ya’ni real holatni tavsiflovchi ma’lumotlar to’plamini aniqlash kerak bo’ladi. Tanlab olishda hal qilinishi zarur bo’lgan masalani uchun ma’lumotlarni to’g’ri boshqarish zarur. Keyinchalik ushbu ma’lumotlarni tavsiflash usulini tanlab olish kerak bo’ladi. Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi Ushbu tushunchalar, o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning ma’nosi har xil hisoblanadi. Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar aniqlab olinadi. Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi himoyalanganlik darajasi mavjud. Masalan, Pascal dasturlash tilida ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalangan bo’lib, dasturning sarlavha qismidayoq dasturda qo’llaniladigan barcha o’zgaruvchilar va konstantalarning turlari aniqlab berilishi talab qilinadi. C dasturlash tilida esa buning teskarisi bo’lib, ma’lumotlarning turini aniqlash dastur bajarilishi vaqtida dasturchi tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Bu esa C dasturlash tilida ma’lumotlarning turi kuchsiz himoyalanganligini bildiradi. Shu bilan birgalikda ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalanmagan dasturlash tillarida dasturning to’g’ri ishlashiga javobgarlik dasturchining o’ziga yuklatilgan. Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi. Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi. Algoritmlarda qo’llaniladigan ma’lumotlar tuzilmasi juda murakkab bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni to’g’ri taqdim etish natijasi muvaffaqiyatli dasturlash kaliti sifatida xizmat qiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling