Referati topshirdi : Muhammadali Aliyev Qabul qildi : N. Mamadaliyev


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1045046
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
ALIEV MARUZA ALGORITHM

yacheykalar hisoblanadi. Ma’lumotlar tuzilmasi yacheykalar majmuasiga
boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar) sifatida nom berish orqali
ishlab chiqiladi.
Xotirani adreslash
Ixtiyoriy mashina komandasi – kodi ikkita maydon: amallar va
adreslardan tashkil topgan.
Komandaning adres maydonida adres kodi saqlanadi. Ko’p hollarda
ma’lumotlarga murojaat fizik adres bo’yicha amalga oshiriladi. Odatda
fizik adres komandaning adres maydoniga mos kelmaydi, lekin unga
bog’liq bo’ladi. Umumiy holda kodning adresini fizik adresga akslantirish –
adreslash deyiladi.
Hozirgi vaqtda o’ndan ziyod adreslash usullari va ularning
modifikatsiyalari mavjud. Ma’lumotlarni adreslash mavjud barcha
usullarini ikkita asosiy guruhga ajratiladi: to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va
bilvosita.
Bevosita adreslash usulida operandning joylashgan adresi yoki
operandning o’zi bevosita adres kodida joylashgan bo’ladi. Bilvosita
adreslash usulida esa, adres kodi bo’yicha fizik adresni shakllantirish
protsedurasi bajarilishi kerak, buning uchun hisoblash mashinalarida
maxsus adreslash muxanizmi qo’llaniladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi
Fizik ma’lumotlar tuzilmasi deganda ma’lumotlarning mashina
xotirasida tasvirlanishini tushinish kerak va bu tushuncha ba’zan saqlash
tuzilmasi, ichki tuzilma yoki xotira tuzilmasi kabi nomlar bilan ham
yuritiladi.
Ma’lumotlarning mashina xotirasida tasvirlanishini hisobga olmasdan
hosil qilingan tuzilmalari abstrakt (mavhum) yoki mantiqiy tuzilma deb
ataladi. Umumiy holda mantiqiy tuzilma bilan uning mos fizik tuzilmasi
orasida farq mavjud bo’lib, bu ma’lumot taqdim etiladigan muhitning
tuzilishi va xususiyatlariga bog’liq bo’lgan farqlar hisoblanadi. Shuning
uchun ham mantiqiy tuzilmani fizik tuzilmaga va aksincha, fizik tuzilmani
mantiqiy tuzilmaga aylantiruvchi (aklantiruvchi) protseduralar ishlab
chiqilgan. Bu protseduralar, fizik tuzilmalarga kirish (murojaat) va fizik
tuzilmalar ustida turli xil amallarni bajarishni ta’minlab beradi,


bajariladigan
har
bir
amal
mantiqiy
yoki
fizik
tuzilmada
qo’llanilayotganligiga bog’liq holda o’rganiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi oddiy (tayanch, sodda) va integrallashgan
(tarkibli, murakkab) tuzilmalarga (turlarga) bo’linadi. Oddiy tuzilma
deganda, bitdan boshqa qismlarga ajralmaydigan ma’lumotlar tuzilmasi
tushiniladi. Fizik tuzilma nuqtai nazaridan olib qaralganda, komp’yuter
arxitekturasi va dasturlash tizimlarida oddiy turning qanday o’lchamga ega
bo’lishi va xotiraga joylashish tuzilishi qanday ko’rinishga ega ekanligini
oldindan aytib bera olishimiz kerak. Mantiqiy nuqtai nazardan esa, oddiy
ma’lumotlar bo’linmas birlik hisoblanadi.
Integrallashgan tuzilma deganda uni tashkil etuvchilar boshqa
ma’lumotlar tuzilmasi – oddiy yoki o’z navbatida tarkibili tuzilmalar bo’lgan
ma’lumotlar tuzilmasi tushiniladi. Integrallashgan ma’lumotlar tuzilmalari
dasturchilar
tomomnidan
dasturlash
tizimlari
taqdim
etadigan
vositalardan foydalangan holda yaratiladi.
Tuzilma elementlari orasidagi bog’liqlikning mavjudligi yoki mavjud
emasligiga qarab bog’lanmagan (vektor, massiv, satr, stek, navbat) va
bog’langan (bog’langan ro’yxatlar) tuzilmalarga ajratiladi.
Ma’lumotlar tuzilmasining eng muhim belgilaridan biri – bu uning
o’zgaruvchanligi, ya’ni elementlar sonining o’zgarishi yoki elementlar
orasidagi
bog’lanishning
o’zgarishi
hisoblanadi.
Tuzilmaning
o’zgaruvchanligi
deganda
elementlari
qiymatining
o’zgarishi
tushinilmasligi kerak, ya’ni bunday holda barcha tuzilmagan o’zgaruvchan
tuzilma hisoblanib qoladi.
Tuzilmalarning
o’zgaruvchanlik
xususiyatlariga
qarab

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling