Referati Topshirdi: Qudratova n qabul qildi: Maxmudov M
Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi
Download 224.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat Nargiza
Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi
shakllari mavjud: * Agrosanoat korxonalari, * Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari), * Agrofirma (firmalar), * Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari. * Agrosanoat korxonasi - bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy tuzilmasidirki, unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va uni qayta ishlash uzviy bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega bo‘lgan xo‘jaliklar zavodlardir. * Bunday korxonalarda mahsulotni nobud bo‘lishini oldi olinadi va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. * Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari)-bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari, hamda, xolodilnik saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, mevasabzavot konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan. -Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman chegarasidagi xo‘jalik va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik huquqini yo‘qotmaydilar. Faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotishga ixtisoslashadi. -Ilmiy ishla6 chiqarish birlashmalari bu tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, hamda hayotga tadbiq etishni keng joriy etish maqsadida tuziladigan birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor navlar va kuchatlar yaratish, mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo‘nalishida xizmat qiladilar. Dehqonchilik viloyat qishloq xo`jaligida bosh tarmoq hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida olinayotgan yalpi mahsulotning 70% dehqonchilikdan keladi. Tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikka ta`sir ko`rsatadigan asosiy omildir. Shuning uchun qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida tuproqning meliorativ holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirish muhim agronomik tadbir hisoblanadi. Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori katta ahamiyatga ega. Viloyatda sho`rlangan yerlarning xarakteriga qarab kuzgi-qishki ishlar bilan birga yaxob suvini vaqtida berish katta iqtisodiy samara bermoqda. Mexanik tarkibi jihatidan og`ir bo`lgan soz tuproqlarda Shahrisabz, Kitob, Yakkabog` tumanlari xo`jaliklarida yaxob suvlarni yanvar-fevral oylarida beriladi. Mexanik tarkibi o`rtacha va yengil bo`lgan tuproqlarda yaxob suvi mart-aprel oylarida, ekishdan 10-15 kun oldin beriladi. Bunday sug`orish viloyatning cho`l rayonlarida ham olib boriladi. Chunki yaxob suvi erta berilsa, ekish vaqtiga kelib tuproqning ustki qatlami qurib qoladi. Dehqonchilikda mineral va mahalliy o`g`itlarni ishlatish o`simliklarni yaxshi oziqlanishi va normal o`sishiga, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Dehqonchilikda almashlab ekishning roli ham katta. Viloyatda paxtakor xo`jaliklarda almashlab ekishni to`g`ri joriy qilish paxta hosilini oshirdi, jamoa chorvachiligi uchun mustahkam yem-xashak bazasini yaratish imkoniyatini berdi. Paxta asosan beda bilan almashlab ekilmoqda. Chunki beda o`stirilgan tuproqda juda ko`p miqdorda chirindi bo`ladi. Download 224.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling