Referati Topshirdi: Qudratova n qabul qildi: Maxmudov M


Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi?


Download 224.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana24.12.2022
Hajmi224.54 Kb.
#1052941
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Referat Nargiza

Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi? 
- hududiy (zonal) ixtisoslashuv; 
- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi; 
- tarmoq ichida ixtisoslashuv. 


Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti Bir zona 
yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
tovar ishlab chiqarishi
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish 
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
korxonalari (fermer, shirkat xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat taqsimoti 
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab 
chiqarishi 
Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish 
Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab 
chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti 
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab 
chiqarishi 
Tarmoq 
ichida 
ixtisoslashuv 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi 
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini 
bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti 
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqa-
rishi 
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi: 
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu 
turdagi mahsulotning salmog‘i; 
korxona yalpi mahsulotini tarkibi; 
yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi; 
ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi. 


Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga 
ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv 
darajasini ko‘rsatish mumkin: 
Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda; 
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda; 
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l 
zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan 
sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar 
qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan 
korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan 
yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi 
infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir. Ixtisoslashuv darajasining ortishiga 
davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, 
mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishning strategik 
yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va g‘allaga davlat 
buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi qishloq 
xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan. 
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-
avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi 
mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i 
va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi 
egallagani bilan mashhur. 
Ixtisoslashuv 
tushunchasi 
eng 
avvalo 
korxonaning 
tarmoq 
tarkibini 
shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi. 
Qishloq 
xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari 
qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil 
qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan 
vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda 
mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab 


chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar 
asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi. 

Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling