Referati topshiruvchi: Satimov Zafarbek. Qabul qiluvchi: Nauruzbaeva Gulbahar


Download 255.48 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi255.48 Kb.
#1539120
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
ZAFARBEK REFERAT




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
3-b geografiya talabasi Satimov Zafarbekning
“Jahon geografiyasi” fanidan tayyorlagan
REFERATI










Topshiruvchi: Satimov Zafarbek.
Qabul qiluvchi: Nauruzbaeva Gulbahar.



Nukus-2023


Mavzu: O'rta Osiyoning iqlim o'zgarishi va iqlimiy resurslar


Reja:
1. O'rta Osiyo iqlimining o'ziga xos xususiyatlari.
2. O’rta Osiyo iqlimiga ta’rif.

O'rta Osiyo tabiiy-geografik o'lkasi mo'tadil va subtropik mintaqalarda joylashsa-da, uning iqlimi, xususan, tekislik qismining iqlimi shu geografik kenglikka xos bo'lmagan quyidagi xususiyatga ega: yozning jazirama issiq, seroftob va quruqligi; qishning shu kunlik uchun nisbatan sovuqligi; haroratning oyda va yilda keskin o'zgarishi; yog'in miqdorining kamligi va uni yil fasllarida notekis taqsimlanishi; havoning quruqligi va ochiqligi (kam bulutligi); quyoshning uzoq vaqt nur sochib turishidir.


O'rta Osiyo o'lkasi geografik o'rniga ko'ra okean va dengizlardan minglab kilometr uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi, g'arbiy, shimoli-g'arbiy va shimoliy qismining ochiqligi, aksincha, janubi va janubi-sharqiy qismini baland tog'lar bilan o'ralganligi tufayli kontinental iqlim bilan tasvirlanib, iqlim unsurlarining deyarli barchasi yil va yil fasllarida o'zgarib turishi yaqqol seziladi. Ayniqsa, bu o'lkada havo haroratining qishdan yozga, kunduzdan kechaga keskin o'zgarishi, sovuq qishning tezda sernam bahorga, tog'li qismidan istisno tezda isib ketib, bir necha oy deyarli yog'in yog'maydigan jazirama, serquyosh yozga o'tishi, nisbatan qurg'oqchil va issiq kuzning birdaniga sovib, yog'in yog'ib ketishi hamda yana isishi kabi kontinental iqlimga xos bo'lgan xususiyatlar mavjud.
O'rta Osiyo tabiiy-geografik o'lkasi iqlimining bunday xususiyatlar bilan tasvirlanishi uning iqlim hosil qiluvchi omillarga bog'liq.
1. O'lka geografik o'rniga ko'ra shimoliy yarimsharda joylashgan bo'lib yillik o'rtacha harorat 0,9C ni tashkil etadi, iyul harorati 0,3-0,4 C, yanvarda 1,3-1,5C ko'tarilib boradi. O'rta Osiyo ning eng shimoliy qismida yanvarning o'rtacha harorati -19C bo'lsa, janubida 3-4C ni tashkil etadi. O'rta Osiyoning eng shimoliy chekka qismida yozda 60 gradus burchak ostida, qishda 13 gradus burchak hosil qilib tushsa, janubiy qismida yozda 79 gradus, qishda 32 gradusni tashkil etadi.
Quyosh o'lkaning shimoliy qismini (Qustonoyda 2050 soat, Astanada 2103 soat) 2000 soat o'rta qismini (Jezqazg'anda 2683 soat, Shimkentda 2892 soat ) 2700-2800 soat janubiy qismini esa (Termizda 3059 soat) 3000 soatdan yoritib turadi.
O'rta Osiyo o'lkasida bulutli kunlarning kam bo'lishi tufayli Quyosh uzoq vaqt yoritib turishi hamda nurining tik tushishi oqibatida o'lka hududi Quyoshdan ancha ko'p energiya oladi. Lekin kelayotgan issiqlik o'lka hududining hamma qismida bir xil bo'lmasdan, yuqorida qayd qilingan omillar ta'sirida shimoldan janubga qarab ortib boradi.
Yillik o'rtacha radiatsiya balansi o'lkaning hamma qismida musbat. Lekin qishda radiatsiya balansi 40 gradus shimoliy kenglikdan janubda bo'lgan hududlardan tashqari manfiydir. Yalpi quyosh radiatsiyasi iyulda o'lka tekislik qismida yiliga o'rtacha bir kvadrat santimetr yuzaga 18-22 Kkal miqdorida to'g'ri keladi. Qishda radiatsiya balansining o'lka hududining shimoliy qismida manfiy bo'lishiga asosiy sabab qor qoplamining uzoq vaqt davomida janubga nisbatan ko'proq saqlanib turishidir.
2. O'lka iqlimining shakllanishida atmosfera sirkulyatsiyasi ham muhim omil hisoblanadi.Oqibatda isishi turlicha bo'lgan havo massalarining bir yerdan ikkinchi yerga harakati sodir bo'ladiki, uni atmosfera sirkulyatsiyasi deb yuritiladi. O'rta Osiyo yilning sovuq faslida Sibir antisiklonida kelgan havo massasi ta'sirida bo'ladi. Chunki Sibir antisiklonining vujudga kelgan havo massasi g'arbiy yuqori bosimli taqsimli o'q qismi O'rta Osiyo huduning shimoliy qismidan , taxminan 50 gradus shimoliy kenglik orqali o'tadi. Bu yuqori bosimli o'qdan ham shimolda, ham janubda bosim past bo'ladi.
Sibir antisikl;onidan vujudga kelgan havo massasi o'lka hududida turib qolishi natijasida o'z xususiyatini o'zgartirib, mahalliy kontinental (Turon) havosiga aylanib, uni transformatsiya jarayoni deb yuritiladi.
O’rta Osiyo tabiiy-geografik oʼlkasi mo’tadil va subtropik mintaqalarda joylashsa-da, uning iqlimi, xususan, tekislik qismining iqlimi shu geografik kenglikka xos boʼlmagan quyidagi xususiyatlarga ega: yozning jazirama issiq, seroftob va quruqligi, qishning shu kenglik uchun nisbatan sovuqligi; haroratning oyda va yilda keskin oʼzgarishi; yog’in miqdorining kamligi va uni yil fasllarida notekis taksimlanishi; havoning quruqligi ochi (kam bulutliligi); Quyoshning uzok vakt nur sochib, yoritib turishligi. O’rta Osiyo o’lkasi geografik oʼrniga ko’ra okean va dengizlardan minglab chaqirim uzoqda. Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi, g’arbiy, shimoli-garbiy va shimoliy qismini ochiqligi, aksincha, janubi, janubi-sharqiy qismini baland toglar urab olganligi tufayli kontinental iklim bilan tavsiflanib, iklim unsurlarining deyarli barchasi yil va yil fasllarida uzgarib turishi yaqqol seziladi. Аyniqsa, bu o’lkada havo haroratining qishdan yozga, kunduzdan kechaga keskin o’zgarishi, sovuq qishning tezda sernam bahorga, soʼngra tog’li qismidan istisno tezda isib ketib bir necha oy deyarli yog’in tushmaydigan jazirama, serquyosh yozga o’tishi, nisbatan qurg’oqchil va issiq kuzning birdaniga sovib, yog’in yog’ib ketishi hamda yana isishi kabi kontinental iqlimga xos boʼlgan xususiyatlar mavjud. O’rta Osiyo tabiiy-geografik oʼlkasi iqlimining bunday xususiyatlar bilan tavsiflanishi uning iqlim hosil qiluvchi omillariga bog’liq. O’lka iqlimini hosil qiluvchi omillar ichida eng muhimlari uning geografik oʼrni va u bilan boglik quyosh radiatsiyasi; atmosfera sirkulyatsiyasi; yer usti tuzilishi (relyefi); yer usti holati va antropogen omillardir.
1. O’lka geografik oʼrniga koʼra shimoliy yarimsharda joylashgan bo’lib, shimoldan janubga uzoq (2650 km) masofaga choʼzilgan. Binobarin, Quyosh uning hamma qismini bir xil yoritmaydi va isitmaydi. Shu tufayli shimoldan janubga har 100 km masofada yillik oʼrtacha harorat 0,9°, iyul harorati 0,3-0,4°, yanvar harorati 1,3-1,5° ko’tarilib (ortib) boradi. O’rta Osiyoning eng shimoliy qismida yanvarning oʼrtacha harorati -19° bo’lsa, eng janubida 3-4° ni tashkil etadi. Chunki shimoldan ja- nubga borgan sari Quyosh nurining tushish burchagi ortib boradi, binobarin, harorat ham koʼtarilib boradi. Аgar O’rta Osiyo o’lkasining eng shimoliy chekka qismida Quyosh yozda 60°, qishda 13° burchak hosil qilib tushsa, eng janubiy qismida esa yozda 79°. qishda 32° burchak hosil qilib tushdi. Buning ustiga o’lkaning Okeanlardan uzoqda, materik ichkarisida joylashganligi tufayli uning tekislik qismida yil boʼyi bulutli kunlar kam bo’lib, yozda esa xavotirli ochiq boʼladi. Bu holat O’rta Osiyo o’lkasida, ayniksa, uning tekislik qismida Quyoshning uzoq vaqt nur sochib turishiga imkon beradi. Lekin Quyoshning yoritish davri o’lka xududining hamma qismida bir xil boʼlmasdan shimoldan janubga ortib boradi.
Quyosh oʼlkaning shimoliy qismini (Qustanayda 2050 soat, Аstanada 2102 soat) yiliga 2000-2100 soat, oʼrta qismini (Jezkazganda - 2683 soat, Shimkentda - 2892 soat) 2700-2800 soat, janubiy qismini esa (Termizda - 3059 soat) 3000 soat yoritib turadi. Binobarin, Quyosh yoritadigan davrning uzoqligi bo’yicha O’rta Osiyo shimoliy yarimshardagi eng serquyosh oʼlkalardan bir hisoblanadi.
O’rta Osiyo o’lkasida bulutli kunlarning kam boʼlishi tufayli quyosh uzoq vaqt yoritib turishi hamda nurining tik tushishi oqibatida o’lka hududi Quyoshdan ancha koʼp energiya (issiklik)oladi. Lekin Quyoshdan kelayotgan issiqlik (energiya) o’lka hududining hamma qismida bir xil boʼlmasdan, yuqorida qayd qilingan omillar taʼsirida shimoldan janubga qarab ortib boradi, Аgar o’lkaning shimoliy qismida Quyoshning umumiy radiatsiyasining bir kv. sm. maydonga yiliga 100 kilokaloriya miqdorida to’g’ri kelsa, oʼrta qismida 140, janubiy qismida esa 160 kilokaloriya miqdorida energiya toʼgʼri keladi.
Yillik o’rtacha radiatsiya balansi ulkaning hamma qismida musbat. Lekin qishda radiatsiya balansi 40° shimoliy kenglikdan janubda boʼlgan hududlardan tashqari manfiydir. Yalpi quyosh radiatsiyasi iyulda o’lka tekislik qismida oʼrtacha bir kvadrat santimetr yuzaga 18-22 kilokaloriya miqdorida to’g’ri kelsa, bu ko’rsatkich may oyida 2-4 mikdordagi kilokaloriyani tashkil etadi. Qishda radiatsiya balansining o’lka hududining shimoliy qismida manfiy boʼlishiga asosiy sabab qor qoplam janubiga nisbatan uzoq vaqt saqlanib turishi tufayli quyosh nurining koʼp qismini qaytishidir.
O’rta Osiyo o’lkasining togʼli qismida radiatsiyasi balansi tekislik qismidan farq qilib, uning miqdorini aniqlash qiyin. Chunki tog’ yonbag’ri orqali yuqoriga koʼtarilgan sari harorat pasayib, bulutli va tumanli kunlar koʼp boʼladi; tog’ yonbag’irining Quyoshga nisbatan ekspozitsiyasi) har xil: tog’lar orasida soy va vodiylar mavjud, tog’larning yuqori qismi doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan.
Yuqorida qayd qilinganlardan maʼlumki, oʼlkada yozgi (iyul) haroratining shakllanishida uning geografik oʼrnida bog’lik radiatsiyasi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababli, oʼlkada iyul izotermasi quyoshning yoritishi va kengayishiga bog’liq holda shimoldan janubga deyarli parallel holda o’zgarib, ko’tarilib boradi. Lekin O’rta Osiyo tog’larida bu qonuniyat buziladi. Chunki yuqoriga koʼtarilgan sari harorat pasayib boradi, to yonbag’irlarining Quyoshga nisbatan joylashishi har xil relyef shakllari ham turlicha.
2. O’lka iqlimining shakllanishida atmosfera sirkulyatsiyasi ham muhim omil hisoblanadi. Maʼlumki, fizik xossalari turlicha bo’lganligidan yer yuzasi, xususan, quruqlik va suvlar hamda unga yondosh boʼlgan havoning isishi va sovishi turlicha bo’ladi. Oqibatda isishi turlicha boʼlgan havo massalarining bir yerdan (yuqori bosim markazidan kichik yerga (past bosimli hududlarga) harakati sodir boʼladiki, uni atmosfera sirkulyatsiyasi deb yuritiladi. O’rta Osiyo hududiga yil bo’yi uch xil havo massalari Аrktika, Qutbiy (oʼrtacha mintaqa havo massalari va tropik havo massalari kirib keladi.
O’rta Osiyo hududiga u yoki bu sirkulyatsiya jarayoni ta’sirida kirib kelayotgan sovuq va iliq havo massalari oʼzlarining xususiyatlariga ko’ra (T. А. Sarimsoqov, V. А. Bugaev, N. N. Romanovaning maʼlumotlariga koʼra) quyidagi turlarga birlashadi: 1) kenglik boʼyicha gʼarbdan yoki sharqdan harakat qiluvchi siklon va antitsiklon ko’rinishidagi xavo massalari; 2) meridianal yoʼnalish boʼyicha shimoldan yoki janubdan esuvchi havo massalari. Bunda shimoldan harakat qiluvchi havo massasi antitsiklon xususiyatiga, janubdan esuvchisi esa siklon xususiyatiga ega; 3) statsionar turdagi havo. Bu tur odatda boshqa regionlardan kelib, oʼzining avvalgi meteorologik xususiyatlarini oʼzgartirib, mahalliy kontinental - Turon havosiga aylanib, uni koʼpincha transformatsiya jarayoni yoki transformatsiya ob-havosi deb ham yuritishadi.
O’rta Osiyo hududi yilning sovuq faslida (qishda) Sibir antitsiklonidan vujudga kelgan havo massasi ta’sirida bo’ladi. Chunki Sibir antitsiklonining g’arbiy yuqori bosimli tarmog’ining o’q kismi O’rta Osiyo hududining shimoliy qismidan, taxminan 50° shimoliy kenglik orqali oʼtadi. Bu yuqori bosimli o’qdan ham shimolda, ham janubda bosim past boʼladi. Shu sababli qishda yuqori bosimli oʼqdan har ikki tomonga Sibir antisiklonidan vujudga kelgan sovuq va quruq havo massasi esib turadi. Natijada, bu havo massasi taʼsirida boʼlgan hududlarda osmon ochiq, bulutsiz boʼlsa-da, lekin havo kechalari sovib ketadi, kunduzi esa kuyosh nuri taʼsirida bir oz iliydi, yogʼmaydi. Bunday havo sirkulyatsiyasi 1-3 kun, baʼzan esa 5-7 kungacha davom etadi. Sibir antisiklonining kuchi O’rta Osiyoda shimoli-sharqdan janubi-g’arbga tomon zaiflashib boradi.
Sibir antitsiklonidan vujudga kelgan havo massasi o’lka hududida turib qolishi natijasida o’z xususiyatlarini oʼzgartirib, maxalliy kontinental (Turon) havosiga aylanib, uni transformatsiya jarayoni deb yuritiladi.
Qishda antitsiklonli havo massalarini Osiyoning janubi-g’arbiy qismida Eron iliq tropik havosidan ajratib turuvchi qutb fronti vujudga keladi, front atrofida esa sikloni sodir bo’ladi. O’rta Osiyo hududining janubiy qismi tog’lar bilan oʼralganligi tufayli, tropik havo massalari (siklonlar) ochiq boʼlgan Kaspiy dengizining janubi va Tajan – Murg’ob vodnilari orqali o’lka hududiga kirib keladi. Natijada, siklonlar O’rta Osiyoning janubi-gʼarbidan shimoli-sharqiga qarab harakat qiladi va tuproq yuzasi quruq boʼlsa, kuchli chang-tuzini hosil qiladi. Siklonlarning iliq sektorida havosi mavjudligi tufayli ular yetib borgan hududlarda bulutlar paydo boʼlib, quyuqlashib, yog’in vujudga kelib, harorat 15-20° ga koʼtariladi. Siklonlar qoplab olgan joylarda gingarchilik sodir boʼlib, ular ayniqsa, Tyanshan, Hisor - Oloy, Pomir toglarining janubi-gʼarbiy yonbagirlariga ko’proq tushadi. Siklonlar oʼlkada shimoli-sharqqa qarab harakat qilib, kuchsizlanib, Qozogʼiston past tog’larigacha yetib boradi. Undan shimoda va shimoli-sharqda esa antitsiklon ob-havo ustunlik qiladi, binobarin, havo ochiq, nisbatan quruq va sovuq bo’ladi.
Qishda siklondar shimoli-sharqqa qarab harakat kilganda ularning orkasidan (ketidan shimoldan va shimoli-g’arbdan Ros tekisligining janubi-sharqidan va Gʼarbiy Sibir tekisli na Аrktika xavo massasi kirib kelisha oqibatida o’lka tekislik qismida harorat -5-10°ga, togʼli qismida esa- 15-20o ga pasayib qor yog’a boshlaydi. Аksincha, shimoli-gʼarbdan va g’arbdan Rossiya tekisligining janubi hamda Qora dengiz orqali Аtlantika okeanining nam dengiz va havo massasi kirib kelsa, osmonda bulutlar paydo boʼlib, harorat koʼtarilib, davomli yomg’irdan so’ng qor yogʼishi sodir bo’ladi.
Qishda baʼzan Аrktika havo massalari O’rta Osiyo hududiga bostirib kirib, Sibir antitsikloni bilan qo’shilib ulkaning janubiy qismigacha, hatto Eronga ham o’tib ketishi oqibatida kuchli sovuqlar sodir boʼlib, harorat shimoliy qismida - 35-45° ga, janubida esa 25—35° gacha pasayadi. Bunday hodisa 1948- 1949-yillarda sodir boʼlib, juda koʼp mevali daraxtlarni sovuq urib, qurib qolishiga sababchi boʼlgan.
Qishning oxiri, bahorning boshlarida (fevralning oxiri, mart oyining boshlari) ulkaning janubiy qismi quyoshdan koʼproq issiq bo’la boshlaydi, binobarin, harorat koʼtarilib, siklon- jarayon talashib, ob-havo tez-tez oʼzgarib goh isib, goh solib, yomg’ir yoki qor yog’ishi kuzatiladi. Аksincha, oʼlkaning shimoli va shimoli-sharqida hamon sovuq kontinental Sibir xavosi hukmronlik qiladi. Bu sovuq havo baʼzan hududning janubiy qismidagi havo bilan toʼqnashib beqaror ob-havoni vujudga keltirib momaqaldiroq aralash kuchli yog’in yotishiga sababchi bo’ladi. Bu davrda, ayniqsa, Tyanshan, Hisor-Oloy va Pomir kabi tizmalarning togʼoldi qismlariga yog’in ko’p tushadi. Buning ustiga, bahor oylarida baʼzan sovuq Аrktika havo massasining kirib kelishi oqibatida harorat pasayib, yomg’ir qorga aylanadi. Natijada gullagan mevalarni, ertangi sabzavot va poliz ekinlarini sovuq urib, nobud boʼlishiga olib keladi. Bahorning oxirlari (may oyining ikkinchi yarmiga) kelib, O’rta Osiyo hududining tekislik qismi Quyoshdan ko’proq issiqlik olishi tufayli yog’in deyarli toʼxtaydi va ob-havo quruqlashadi Yozgi atmosfera sirkulyatsiyasining xususiyati va takrorlanishi kishdagi atmosfera sirkulyatsiyasidan farqlanadi. Chunki o’lka hududi, ayniqsa, uning tekislik qismi yozda quyoshdan ko’p issiq olishi natijasida tez isiydi, okibatda Sibir antitsiklonn zaiflashib o’z kuchini yoʼqotadi. Аksincha, tekisliklarda yozda havo isib ketganligi tufayli mahalliy kontinental tropik havosi vujudga keladi. Bu havo oʼzining xususiyatiga ko’ra undan janubda joylashgan hududlar havosidan kam fark kiladi. janubi va Hindistonda iyulning oʼrtacha harorati 30-32º boʼlsa, O’rta Osiyo tekislik qismining markazida 28-30° boʼladi.
O’rta Osiyo tekislik qismining yozda isib ketishi natijasida qishdagi antitsiklonli havosini tropik havo massasidan ajratib turuvchi qutb fronti shimolga (Kozogiston past toglarining shi moliga) suriladi. Shu sababli, yozda Turon tekisligida siklonlar harakati deyarli boʼlmaydi, binobarin, havo qizib ketib, yogin yermaydi. Yezda havoning tobora qizib borishi natijasida bosim pasayib, past bosim oblasti (termik depressiya) vujudga kelib, uning markazi Janubiy Tojikistonga toʼgri keladi. Natijada bu termik depressiya shimoldan, shimoli-gʼarbdan va g’arbdan havo massalarini uziga tortib (surib) oladi. Shu sababli, yozda g’arbiy va shimoli-garbiy havo massalari qishga nisbatan 1,5-2 marta ko’proq kirib kelsa-da ob-havoni oʼzgartira olmaydi, binobarin, yog’in bermaydi. Chunki Turon tekisligiga g’arbdan, shimoli-g’arbdan kirib kelayotgan havo oʼta qizigan hudud yuzasiga keladi, nisbiy namligi kamayadi, kondensatsiya jarayoni uzoqlashib yig’ib bermaydi. Аksincha, ulka toglarida yuqoriga ko’tarilgan sari haroratning pasayishi tufayli bulutlar ko’payib, nisbiy namlik ortib shimoli-gʼarbiy va g’arbiy havo massalari ta’sirida yozda ham yomgir, do’l, tog’larning baland qismlarida qor yog’ishi sodir bo’ladi.
O’rta Osiyo hududining shimolida yozda ham qutb fronti mavjudligi tufayli siklonlar takrorlanib turadi. Binobarin, shimoldan va shimoli-gʼarbdan sovuq (qutbiy va arktika) havo massalar kirib kelishi kuzatiladi. Oqibatda ob-havo o’zgarib, yogʼishi mumkin. Bu havo massalari oʼlkaning shimoli-sharqiy qismidagi (Jung’oriya Olatovi va Shimoliy Tyanshan) tog’larga ham yetib borib, haroratni pasaytirib, momaqaldiroq bulib, yog’in jala tariqasida, baʼzan esa do’l aralash yogʼishi kuzatiladi. Tog’larning baland qismlarida esa u qorga aylanadi. Ba’zan arktika havosining bostirib kirishi oqibatida o’lkaning shimoli-sharqiy qismidagi tog’lar orasidagi vodiylar havosi ham pasayib, iyun oylarida ham harorat 0° dan past boʼlishi mumkin.
3. O’rta Osiyo iqlimining vujudga kelishida uning yer usti tuzilishi (relyefi) ham muhim ahamiyatga ega. O’lkaning g’arbiy va shimoliy qismi ochiq, aksincha, janubi va sharqiy qismi tog’lar bilan oʼralgan. Hududga shimoldan, shimoli-sharqdan va shimoli-g’arbdan esadigan havo massalari bemalol to’siqsiz yetib keladi. Oqibatda, qish shu geografik kenglikda joylashgan boshqa hududlarga nisbatan sovuq bo’ladi. Faqat o’sha sovuq havo massalari tog’lar bilan toʼsilgan hududlarda, xususan, Surxon- Sherobod, Vaxsh va Аtrek vodiylaridagina qish nisbatan iliq bo’ladi.

Download 255.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling