Referati topshiruvchi: Satimov Zafarbek. Qabul qiluvchi: Nauruzbaeva Gulbahar
O‘lkaning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi
Download 255.48 Kb.
|
ZAFARBEK REFERAT
O‘lkaning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi. O‘rta Osiyo Yevrosiyo materigining deyarli qoq markazida joylashgan. Bu uning aynan shu kenglikda joylashgan boshqa hududlarga nisbatan Quyoshdan ko‘proq radiatsiya olishiga sabab bo‘ladi.
Quyoshning yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Quyosh radiatsiyasining miqdori muayyan vaqt mobaynida 1 sm.kv yer yuzasiga kaloriya miqdorida tushgan nurli energiya bilan ifodalanadi. Quyosh radiatsiyasining yer yuzasida taqsimlanishi geografik kenglikka bog‘liq, chunki quyosh nurlarining yer yuzasiga qanday burchak ostida tushishi hamda turli yerlarda kunning uzoqligi geografik kenglikka bog‘liq. Quyosh nurlari yer yuzasiga qancha tik tushsa, xuddi shu joy muayyan vaqtda ko‘p issiqlik oladi. O‘rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi kunning uzunligidagi eng katta farq yozgi va qishki quyosh tushishi kunlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, dekabrrning oxirida o‘lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan taxminan 1 soat-u 10 minut uzun, iyun oyining oxirida esa, aksincha, 1 soat-u 50 minut qisqa bo‘ladi. Joyning geografik kengligi shu hududda joylashgan yer yuzasiga tushishi mumkin bo‘lgan quyosh energiyasi miqdorini belgilaydi. Lekin quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqin qismi yer yuziga tushmay, havo qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv bug‘lari, changlar, shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vujudga keladi. Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi. Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to‘g‘ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum cho‘lining janubida 1 sm.kv yuzada 150 kkal issiqlikka teng. Yalpi radiatsiya shimolga tomon kamayib boradi. O’rta Osiyo iqlimining vujudga kelishida uning yer usti tuzilishi (relyefi) ham muhim ahamiyatga ega. Ulkaning garbiy va shimoliy qismi ochiq, aksincha, janubi va sharqiy qismi tog’lar bilan oʼralgan. Hududga shimoldan, shimoli-sharqdan va shi- moli-garbdan esadigan havo massalari bemalol to’siksiz yetib keladi. Oqibatda, kish shu geografik kenglikda joylashgan boshqa hududlarga nisbatan sovuq bo’ladi. Faqat o’sha sovuq havo massalari tog’lar bilan toʼsilgan hududlarda, xususan, Surxon- Sherobod, Vaxsh va Аtrek vodiylaridagina qish nisbatan iliq bo’ladi. O’rta Osiyo hududining janubiy qismida Elburs, Kopetdog’, Paropamiz. Hindikush kabi tog’larning mavjudligi tufayli tropik havo massalarining bemalol kirib kelishiga imkon yoʼq. Bu havo massasi faqat nisbatan ochiq boʼlgan Tajan va Murgob vodiylari xamda Kaspiy dengizining janubi orqali kirib keladi, xolos. Hududning sharqiy qismi baland tog’lar bilan uralganligi tufayli garbiy havo massalarini toʼsib koladi. Natijada tog yerbag’ri bo’ylab yuqoriga koʼtarilgan sari haroratning pasayishi tufayli nisbiy namlik oshib, bulutlar paydo bo’lib yozda ham yog’in tushishi ro’y beradi. Аyniqsa, togʼlarning gʼarbiy va janubi-g’arbiy nam havo massalariga roʼpara boʼlgan yonbagʼirlariga yog’in ko’p tushadi. Bunga Tyanshan, Oloy va Pomir tog’ tizmasining garbiy yonbag’irlariga koʼp yog’in tushishligi misol boʼladi. Аksincha, o’sha tog tizmalarining sharqiy yonbagʼirlariga (Sharqiy Pomir. Markaziy Tyanshan) va togʼlar orasidagi botiqlarga (Issiqko’l, Farg’ona, Oloy) yog’in kam tushadi. Relyef faqat havo massalari yo’nalishiga va yogʼinlarning taqsimotiga taʼsir etib qolmay balki yog’inlarning yil fasllari boʼyicha taqsimlanishiga taʼsir etadi. Аgar oʼlkaning tekislik qismiga eng koʼp yog’in mart-aprel oylariga to’g’ri kelsa, togʼ yonbag’ri boʼylab yuqoriga ko’tarilgan sari oʼzgarib, 1800-2000 m balandliklarda aprel da, 2000-3000 m balandliklarda may oyida, 3000 m dan yuqoridagi joylarda esa iyun oyida yog‘adi. Relyef yana tog’-vodiy sirkulyatsiyasini hamda fyon, bekobod, kulon, afton, garmsel kabi mahalliy shamollarning vujudga kelishiga ham sababchidir. Bu jarayonlar relyefning iqlimga ko’rsatayotgan taʼsiri natijasida sodir boʼlmoqda. Yozda baʼzi yillari sovuq havo oqimining o’z hududiga kirib kelishi tufayli chang-toʼzonli ob-havo vujudga kelib, haroratning qisqa muddatli pasayishi kuzatiladi. Natijada o’lkaning tekislik qismida iyul oylarida ham harorat 7-15° ga, tog’li qismida 4-10 ga tushib qoladi. Lekin bunday holat uzoqroq davom etmay, tezda yana havo isib, harorat tezda ko’tarilib ketadi. Yozda iyul-avgust oylarida kechalari harorat pasayib, tekislik qismining shimolida 12-17° ga, janubida - 17-24° ga, tog’larning eng baland qismlarida esa 0° dan pastga tushadi. O’lka tekislik qismining shimolida sovuq sentyabrning oxiri va oktyabrning birinchi yarmida, Oʼrta qismida ikkinchi yarmida, janubida uchinchi yarmida tushsa, tog’li qismida sentyabr oyidan boshlab tushadi. Binobarin, sovuksiz kunlar oʼlka tekisligining shimolida 120-130 kun, oʼrta qismida 160-180 kun, eng janunbida esa 240, Turkmanistonning Kaspiy dengiz qirgʼoqlarida esa 270 kundan kun davom etadi. Tog’larda 1500 m balandlikkacha bo’lgan masofada sovuqsiz 130-140 kun boʼlsa, 2000 m dan balandda sovuqsiz kunlar uchramaydi. Download 255.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling