Referati topshiruvchi: Satimov Zafarbek. Qabul qiluvchi: Nauruzbaeva Gulbahar


Havoning namligi, bulutliligi va bugʼlanishi


Download 255.48 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi255.48 Kb.
#1539120
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
ZAFARBEK REFERAT

Havoning namligi, bulutliligi va bugʼlanishi. O’lka hududi Quyoshning yoritishi va isitishi uchun qulay sharoitga ega, biroq, hududda, tabiiy namlik yetishmaydi. Hududning mutloq namligi uning haroratiga, bugʼlanishiga, relyefga bog’liq holda o’zgarib, shimoldan janubga ortib borsa, aksincha, togʼlarda yuqoriga ku tarilgan sari pasayib boradi. Mutloq namlik qishda oʼlka tekisligining shimolida 2-3 mb boʼlsa, janubida 8-9 mb ga yetadi. Tog’larning baland qismlarida haroratning pasayishi tufayli mutloq namlik 2 mb dan oshmaydi, koʼpincha 1 mb dan kam boʼladi. Yezda mutloq namlik kishga nisbatan ortiq boʼlib, tekislikning shimolida 13-14 mb, janubida esa 14-17 mb, Kaspiy va Orol Dengizlari qirgoqlarida 19-25 mb ga yetsa, aksincha, qumli cho’llarda 9-11 mb ga tushib qoladi. Yozda mutloq namlik tog’ yonbag’irlari bo’ylab ko’tarilgan sari haroratning pasayishi tufayli kamayib boradi: 1500-2300 m balandliklarda 5,9-1,9 mb. 3000 m balandda 3,6 mb ga tushib qoladi.
O’rta Osiyo hududida havoning suv bugʼlariga toʼyinish darajasini ko’rsatuvchi nisbiy namlik uning tekislik qismida yozda jazirama issiq va quruq boʼlganligi tufayli ancha kichik, aksincha, qishda haroratning pasayishi, yog’inning nisbatan koʼproq tu- shishi natijasida birmuncha koʼp. Shu sababli oʼlkada nisbiy namlik qishda kunduzi 40-45 foiz, kechasi 70-90 foizni tashkil etadi. Tekisliklarning shimolida dala (da) soat 13.00 da 45-50 foiz boʼlsa, janubida 20-30 foizga tushib koladi. Lekin tog’li qismida haroratning pasayishi tufayli nisbiy namlik koʼpayib, 55-65 foiz atrofida oʼzgaradi. Baʼzi kunlari cho’llarda, xususan Qizilqum Qoraqum choʼllarida yozda soat 13.00 da nisbiy namlik 5 foizdan ham pastga tushib ketishi mumkin.
O’rta Osiyo hududi iliq okeanlardan uzoqda, Yevrosiyo materigi ichki qismida joylashganligi tufayli havo ko’pincha ochiq va quruq bo’lib, bulutli kunlar kam. Maʼlumotlarga ko’ra, bulutli kunlar tekisliklarda shimoldan janubga o’zgarib, kamayib borsa, aksincha, togʼlarda yuqoriga koʼtarilgan sari ortib boradi. O’rtacha kup yillik bulutli kunlar hududning shimoliy qismida 45 foizni tashkil etsa, janubida 35 foizga tushib qoladi. Eng kun bulutli kunlar qish oylariga to’gri kelib 55 foiz mumkin. Lekin oʼlkaning shimoli-sharqida (Yettisuvda) qishda antitsiklonli ob-havo koʼproq takrorlanib turishi oqibatida, eng ko’p bulutli kunlar mart aprel oylariga to’g’ri keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. G’. X. Yunusov, R.R.Ziyayev. Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik. Toshkent-2018

  2. A.R.Rasulov, F.H.Hikmatov, D.P.Aytboyev. Gidrologiya asoslari. “UNIVERSITET”. Toshkent-2003.

  3. I.A.Xasanov, P.N.G’ulomov, A.A.Qayumov. O’zbekiston tabiiy geografiyasi (2-qism). Toshkent-2010.

  4. P.Baratov, M.Mamatqulov. O’zbekiston tabiiy geografiyasi “O’QITUVCHI”.Toshkent-2017.

  5. P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. “O’QITUVCHI”. Toshkent-2002

Download 255.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling