Referati topshiruvchi: Satimov Zafarbek. Qabul qiluvchi: Nauruzbaeva Gulbahar
Download 255.48 Kb.
|
ZAFARBEK REFERAT
Iqlim resurslari. Iqlim resurslari deganda Quyoshning uzoq vaqt yoritib turishini hamda vegetatsiya davrining uzoqligini, havoning quruq va issiq bo'lishini; gelioresursi, shamol energiyasini, iqlimdan xo'jalikda va rekrvatsion maqsadlarda foydalanishni tushunamiz. Bu jihatdan qaraganda, oʻlka juda qulay iqlimiy sharoitga ega. Maʼlumki, o'lka hududi taxminan 53°-34° shimoliy kengliklar orasida joylashganligi tufayli Quyosh yilning ko'p davrida gorizontdan baland turadi, binobarin, uzoq vaqt yoritib turadi. Natijada issiq kunlar koʻp boʻlib, harorat +10C dan yuqori boʻlgan davrdagi haroratning yig'indisi tekislik qismining shimolida 3600° atrofida, oʻrta qismida 4600°, janubida esa 5500° ga yetadi. Bu esa, o'z navbatida, paxta, sholi, kanop kabi issiqsevar texnik ekinlar uchun juda qulay iqlimiy sharoit yaratishdan tashqari mevalari shirin-sharbatli bo'lib, tarkibida glyukoza va saxaroza kabi moddalarning koʻp toʻplanishiga sababchi bo'ladi.
O'rta Osiyo hududining janubida joylashib, shimoldan keladigan sovuq havo massalari kam taʼsir (togʻlar bilan oʻralganligi tufayli) etadigan Atrek va Sumbar, Surxon - Sherobod va Vaxsh vodiylarida quruq subtropik landshaft vujudga kelgan. Shu sababli, yillik sovuqsiz kunlarning oʻrtacha miqdori 200- 250 kunga yetib, Quyoshning uzoq vaqt yoritib, isitib turishi subtropik oʻsimliklarni, xususan anor, anjir, xurmo, pista, shakarqamish kabi oʻsimliklarni ochiq usulda oʻstirilsa, limon, mandarin, apelsin kabi sitrus oʻsimliklarni esa oʻrasimon chuqurlik (transheya)larda oʻstiriladi. Hatto Turkmanistonning Atrek-Sumbar vodiysida finik palmasi oʻsib, hosil ham bermoqda. O'lka tekislik qismida vegetatsiya davrining va sovuqsiz kunlarning uzoq davom etishi, haroratning yuqoriligi hamda uzoq vaqt serquyosh boʻlishi bir yilda ekinlardan 2-marta hosil olishga imkon beradi. O'rta Osiyo iqlimining quruq va issiq boʻlishi, oʻz navbatida, meva va poliz ekinlarini (qovun, tarvuz va boshqa.) mazali va shirin boʻlishidan tashqari baʼzi foydali hamda dorivor oʻsimliklarda efir moyining koʻproq toʻplanishiga ham yordam beradi. Shu sababli, O'rta Osiyo hududidagi juda koʻp yovvoyi o'simliklar efir xususiyatga ega boʻlib, ulardan meditsinada va texnikada ko'lamda foydalanilmoqda. Iqlim resursining yana bir turi, bu - Quyoshning issiklik energiyasi, yaʼni gelioresursdir. Ular hududi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlgan quyosh energiyasining miqdori (agar geliodastgohlar yil bo'yi ishlab tursa) juda katta bo'lib. 1,4 mlrd kVt ga yetadi. Faqat O'zbekiston hududiga tushayotgan yillik oʻrtacha quyosh energiyasi 30 mlrd tonna ko'mir energiyasiga teng. Lekin hozircha atrof-muhitga zararsiz bu energiya manbaidan juda kam foydalanilmoqda. Kelajakda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi agregatlarni yaratish tufayli bu arzon energiya turidan xalq xo'jaligining turli sohalarida keng foydalanish mumkin. Quyosh energiyasidan hozircha shoʻr suvlarni chuchuklantirishda, issiqxonalarni isitishda, xonalar havosini isitishda yoki sovutishda har xil mevalarni quritishda va xoʻjalikning boshqa tarmoqlarida foydalanilmoqda. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Parkent qishlogidagi “Quyosh” ishlab chiqarish birlashmasida quyosh nuridan foydalanib 4000 issiqlik hosil qilindi va toza po'lat eritib olishga erishildi. O'lka iqlim resurslaridan yana bir arzon turi shamol energiyasidir. Shamol energiyasi atrof-muhitni ifloslantirmasligidan tashqari, u tugamaydigan energiya manbai hisoblanadi. Shamol energiyasidan foydalanib, choʻllarda chorva mollarini suv bilan ta'minlash, ferma chorvadorlar xonadonini elektr bilan taʼminlash, sho'r suvlarni chuchuklashtirish va boshqalarda foydalanish mumkin. Tekisliklarda shamolning oʻrtacha tezligi lahzasiga 2,5-4,0 metrga, shimoliy qismida 4,5-6,0 metrga, oʻrta va janubiy qismida 2,5-4,0 metrga yetadi. Maʼlumki, shamolning oʻrtacha yillik tezligi lahzasiga 2,5-4,0 m esgan taqdirda shamol dvigatelidan 215 kVt/soat energiya olish mumkin. Yoki shamolniig tezligi lahzasiga 3,5 m esganda 10-12 kVt quvvatga ega boʻlgan shamol elektr agregati ishlab, yiliga 26-35 ming kVt/soat energiya ishlab beradi. Bu energiya bilan 10 m chuqurlikdagi quduqdan 100-140 ming kubometr suvni tortib olish mumkin. Koʻrinib turibdiki, shamol energiyasi ancha arzon energiya manbai boʻlib hozircha undan to'liq foydalanilayotgani yoʻq. O'lka iqlimining dam olib, hordiq chiqarishda, baʼzi kasalliklarni davolashda ham ahamiyati katta. Ayniqsa, togʻlarda havo toza, oʻrtacha qurg'oqchil, tekislikka nisbatan jazirama issiqlik emas, shabada boʻlib, oʻpka kasalliklarini, bronxit-astma kasalliklarini, yurak-qon tomir tizimlarini va boshqa kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Shunday shifobaxsh joylar qatoriga Chimyon (bolalar oʻpka kasalligini davolaydi), Oqtosh (bronxit astma kasalini davolaydi), Shohimardon, Feruza, Hoji-Obigarm, Issiqkoʻl qirgʻog'idagi kurortlar kiradi. O'lka tekislik qismida iqlimning quruq seroftob va issiq bo'lishi, oʻz navbatida, buyrak (Bayramali va Buxoroda) kasalini davolashda, suyak va boʻgʻim, teri kasalliklarini, raxit va shunga oʻxshash kasalliklarni davolashda qoʻl keladi. Shuningdek, quyosh vannasini qabul qilish ham sogʻlom, ham kasal organizmlarga ijobiy taʼsir ko'rsatadi, oqibat natijada kishi tanasini chiniqtiradi. O'rta Osiyo oʻlkasi atmosferasini muhofaza qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Atmosfera havo massalarining dunyo boʻylab harakatlanishini hisobga olsak, bu masala bilan barcha mamlakatlar shugʻullanishi muqarrar ekanligi ayon bo'ladi. Bu borada mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 27-dekabr 1996-yildagi 7 sessiyasida “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida” muhim qonun qabul qilindi. Qonunda atmosfera havosini ifloslantiradigan manbalar va ularning oldini olish chora-tadbirlari xususida maʼlumotlar berilgan. Download 255.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling