Referati toshkent-2022 "O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri
Download 51.31 Kb.
|
Atabekova Kamola.303
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomerlashni organish.
- Ikkinchi sinf sonlarining hosil bolishi, oqilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
- Millionlar sinfining hosil bolishi bilan tanishtirish.
I.Tayyorgarlik ishi.
Bu bosqichning vazifasi bir xonali, ikki xonali va uch xonali sonlarni nomerlashning asosiy masalalarni takrorlash. Sonlarni o'qing. 526, 308, 700, 999, 1000, 528. Bu sonlarning har birida hammasi bo'lib qancha o'nlik, birlik, yuzlik bor? Quyidagilardan iborat sonlarni yozing: 8 yuzl, 2 o'nl, 6 bir; 9 yuzl, 4 bir. Mingda nechta yuzlik, o'nlik, birlik bor? 2, 5, 3 raqamlardan foydalanish mumkin bo'lgan hamma uch xonali sonlarni yozing. Shu sonlarning birini uning xona qo'shiluvchilari yig'indisi shaklida tasvirlang. Nomerlashni o'rganish. Bu bosqich bolalarni 1-sinf birliklar sinfi va 2-sinf mingliklar sinfi bilan, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishtirishdan iborat. Ikkinchi sinf sonlarining hosil bo'lishi, o'qilishi va yozilishi bilan tanishtirish. Olti xonali sonlarning hosil bo'lishi, o'qilishi va yozilishi bilan tanishtirish. O'quvchilar bilim malakalarini mustahkamlash. Millionlar sinfining hosil bo'lishi bilan tanishtirish. Bu mavzuni o'rganishda sinf tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. Chunki o'quv materialni o'quvchilar tomonidan yaxshi tushunib olish ko'p xonali sonlarni og'zaki va yozma nomerlash qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishiga omil bo'ladi. Shuning uchun I sinf - birliklar sinfi va II sinf - mingliklar sinfi bilan, ularning tuzulishlari bilan, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishtirishdan iborat. Quyi sinf xona birliklaridan yuqori sinf xona birliklari qanday hosil bo'lishini o'quvchilar ongiga etkazish kerak. Ko'p xonali sonlarni nomerlashga o'rganishda o'qituvchining asosiy vazifasi, ya'ni, sanoq birligi-minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasi mohiyatini ochish va shu asosda ko'p xonali sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish, bolalarning o'nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarni, natural ketma-ketlik, sonlarni yozishning mazmunan prinsipiga oid bilimlarini aniqlash va umum- lashtirishdan iborat. Ko'p xonali sonlarni nomerlashni o'rganish natijasida o'quvchilar: Millionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o'zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo'lishini tushunishlari, ularning o'nli tarkiblarini bilib olishlari kerak. Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak. Millionlar sinfi ichida har qanday sonni o'qiy olishlari va yoza olishlari kerak. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak. Har qanday sonni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi shaklida tasvirlay olish, (berilgan sondagi birliklarning, o'nliklarning va h.q.) Umumiy sonni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksincha, yirik birliklarni mayda birliklarga almashtira olish. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oladigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo'lishlari kerak. 1. 1000 dan katta sonlarni nomerlashning o`ziga xos xususiyatlari. 2. Sinf tushunchasini o`zlashtirish. Birliklar va mingliklar sinflari. 3.Ko`p xonali sonlarni o`nli tarkibini o`zlashtirish ko`p xonali sonlar ichida yuzlik, minglik, o`nliklar sonini aniqlash. 4. Ko`p xonali sonlarni o`qish, yozish va taqqoslash. 5. 10, 100, 1000 ga ko`paytirish va bo`lish malakalarini shakllantirish. 6. Ko`p xonali sonlar ichida raqamlarning o`rin qiymati printsipini mustahkamlash. 7. Natural sonlar ketma-ketligini to`g`ri tasavvur qilish. 8. Bir nomda ifodalangan miqdorlar birliklarini boshqa nom bilan almashtirish malakalarini shakllantirish.
Download 51.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling