O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Boshlang’ich ta’lim fakulteti 303– guruh talabasi Atabekova Kamolaning “Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni “10”, “100”, “1000” va “Ko’p xonali sonlar” ichidagi nomerlashga o’rgatish metodikasi” mavzusidagi
REFERATI
TOSHKENT-2022
"O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo'ladi. Bolalar bog'chasi yoki ba'zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o'qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo'ladilar. Ammo, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo'lmagan bolalar ham keladilar. Shuning uchun dastlab o'qituvchining vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o'qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo'lishi mumkin:
Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
Doiracha, cho'p,bayroqchalarni sanang-chi?
Stolda qancha qalam bo'lsa, shuncha bayroqcha oling?
Qaysi doirachalar ko'p? Qizillarimi, ko'klarimi?
Tartib bilan qo'yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
5-1, 8-2, 4-3 kabi savollar.
100 ichida nomerlash mavzusini o'rganish masalalari:
O'quvchilarni yangi sanoq birligi o'nliklar bilan tanishtirish.
Xonalar bo'yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va o'nlikdan iboratligini, bitta o'nlik esa o'nta birlikdan iboratligini o'rgatish.
46 sonidagi ikkita raqam bir sonni bildirishini tushuntirish
Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo'shish va ayirish ko'nikmalarini shakllantirish.
Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi o'lchov birliklari uzunlik ( ds.m. ) haqida tushuncha berish.
100 ichida sonlarni nomerlashni o'rgatishda predmetlarni bittalab va huruhlab sanashga o'rgatish:
100 ichida sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish xona birliklari bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |