Referati toshkent-2022 "O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri


Download 51.31 Kb.
bet1/4
Sana20.10.2023
Hajmi51.31 Kb.
#1713522
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Atabekova Kamola.303


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



Boshlang’ich ta’lim fakulteti 303– guruh talabasi Atabekova Kamolaning “Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni “10”, “100”, “1000” va “Ko’p xonali sonlar” ichidagi nomerlashga o’rgatish metodikasi” mavzusidagi


REFERATI
TOSHKENT-2022
"O'nlik" mavzusida sonlarni nomerlash, tayyorgarlik davri.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo'ladi. Bolalar bog'chasi yoki ba'zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o'qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo'ladilar. Ammo, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo'l­magan bolalar ham keladilar. Shuning uchun dastlab o'qituvchining vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o'qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo'lishi mumkin:

  1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?

  2. Doiracha, cho'p,bayroqchalarni sanang-chi?

  3. Stolda qancha qalam bo'lsa, shuncha bayroqcha oling?

  4. Qaysi doirachalar ko'p? Qizillarimi, ko'klarimi?

  5. Tartib bilan qo'yilgan narsalarni tartib bilan sanang.

  6. 5-1, 8-2, 4-3 kabi savollar.

100 ichida nomerlash mavzusini o'rganish masalalari:

  1. O'quvchilarni yangi sanoq birligi o'nliklar bilan tanishtirish.

  2. Xonalar bo'yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va o'nlikdan iboratligini, bitta o'nlik esa o'nta birlikdan iboratligini o'rgatish.

  3. 46 sonidagi ikkita raqam bir sonni bildirishini tushuntirish

  4. Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo'shish va ayirish ko'nikmalarini shakllantirish.

  5. Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi o'lchov birliklari uzunlik ( ds.m. ) haqida tushuncha berish.

  6. 100 ichida sonlarni nomerlashni o'rgatishda pred­metlarni bittalab va huruhlab sanashga o'rgatish:

  7. 100 ichida sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish xona birliklari bilan tanishtirish.


Download 51.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling