Referati toshkent 2023


Download 0.49 Mb.
bet6/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1326323
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.ALKALOIDLAR TAHLILIDA QO’LLANILADIGAN REAKTIVLAR

Spektrofotometrik tahlil
Spektrofotometriya – monoxromatik nurlarni ko`rinadigan hamda spektrning unga yondoshgan ultrabinafsha qismida aniqlashga asoslangan. Nur yutilishining to`lqin zunligiga bog`liqligi moddaning nur yutish spektri deyiladi.
Eritmalarning optic ko`rsatkichini tekshiriluvchi eritmaning maksimum nur yutishiga mos bo`lgan tolqin uzunligida o`lchash lozim. Tekshiriluvchi modda konsentratsiyasini tanlashda eritmalarning optik ko`rsatkichi 0,2 dan 1,0 gacha oralig`ida bo`lishi lozim. Aralashmadagi faqat bir moddaning optik ko`rsatkichini o`lchashda bir kyuvetaga tekshiriluvchi eritma solinib, boshqa kyuvetaga esa tekshiriluvchi eritmada bo`lgan hamma komponentlardan iborat eritma solinadi. Ikkinchi kyuvetaga solingan eritma solishtiruvchi eritma deyiladi.
Kofein eritmasini spektrofotometrik usulda aniqlash.
Kofeinning standart eritmasini tayyorlash uchun analitik tarozda uning 0,1 g miqdori tortib olinib, 100 ml o`lchov kolbasiga solinadi. Avval oz miqdorda etil spirtida eritib, so`ngra o`lchov belgisigacha etil spirti bilan yetkaziladi. Olingan eritmaning yutilish spektri 200-400 nm to`lqin uzunligida o`lchanadi. Kofeinning etil spirtidagi eritmasi 273 nm to`lqin uzunligida maksimumga ega. Shu tartibda ob`yektdan ajratib olingan kofeinning 273 nm to`lqin uzunligida optik zichligi o`lchanadi. Solishtiruvchi eritma etil spirti. Talabalar olingan spektrlarni ish daftariga rasmiylashtiradilar.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling