Referati toshkent 2023


Download 0.49 Mb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1326323
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.ALKALOIDLAR TAHLILIDA QO’LLANILADIGAN REAKTIVLAR


O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti kasb ta’limi yo’nalishi 401 B guruh talabasi YO’LDOSHALIYEV ULUG’BEKning Toksikalogik kimyo fanidan tayyorlagan


REFERATI
Toshkent-2023
MAVZU: ALKALOIDLAR TAHLILIDA QO’LLANILADIGAN REAKTIVLARNI TAYYORLASH AJRALMA VA SUYUQ ASHYOLARDAN INDOL ALKALOIDLAR ISTRIXNIN, BRUTSIN, REZERPINNI ANIQLASH.
Reja
1. Alkaloidlar haqida ma’lumotlar.
2. Alkaloidlarni umumiy cho`ktiruvchi va rang hosil qiluvchi reaktivlarni tayyorlash
3. Indol alkaloidlari.Strixnin, brutsin, rezerpin.
4. Tokskologik ahamiyati, ashyoviy dalillardan ajratib olish va tahlil usullari.
5 Azot saqlovchi sintetik preparatlar tahlili,ashyoviy dalillardan ajratib olish va tahlil usullari

Alkaloidlar asosan o‘simlik a’zolarida uchraydi va ularning ko‘pchiligi kuchli farmakologik ta’sirga ega. Alkaloidlar xalq xo‘jaligi, tibbiyotda dori sifatida, qishloq xo‘jaligida esa zaharli ximikatlar sifatida qo‘llaniladi.


Alkaloid so‘zi “ishqorga o‘xshash”, ishqorsimon degan ma’noni anglatadi. Uning birinchi nomoyandasi 1819 yilda aniqlangan. Bunday toksikologik ahamiyatga ega bo‘lgan moddalar organik erituvchilar yordamida kislotali hamda ishqoriy muhitda ajratib olinadi. Ularning ko‘pchiligi odam va hayvon organizmiga zaharli ta’sir etuvchi moddalardir. Quyidagi: kofein, teobromin, teofillin, xinin, morfin, kodein, papaverin, galantamin, anabazin, nikotin, arekolin, koniin, paxikarpin, atropin, skopolamin, kokain, strixnin, brutsin, rezerpin, efedrin kabi alkaloidlar toksikologik ahamiyatga ega.
Alkaloidlarni ashyoviy dalillar tarkibidan ajratib olishda qo‘llaniladigan usullari ularni kislotalar bilan tuz hosil qilishi so‘ng efir, xloroform va boshqa organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalashga asoslangan.
Sud kimyo tahlillarida biologik ob’ekt tarkibidagi alkaloidlarga tekshirish olib borish nihoyatda murakkab va quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Biologik ob’ekt tarkibidan alkaloidlarni ajratib olish;
2. Kislotali va ishqoriy sharoitda organik erituvchi bilan ekstraksiyalab olingan ajratmani turli usullar yordamida tozalash;
3. Qoldiqni alkaloidlar bioan umumiy cho‘kma va rang hosil qiluvchi reaktivlar bilan tekshirish;
4. Fizik- kimyoviy tahlil usullari yordamida tekshirish;
5. Ba’zi bir alkaloidlarga nisbatan qo‘shimcha farmakologik tekshiruv o‘tkazish;
6. Aniqlangan alkaloidning miqdorini aniqlash.
Ma’lumki, deyarlik barcha alkaloidlar asos holida kristall moddalar bo‘lib, ular suvda yomon, organik erituvchilarda esa oson eriydi, ayrimlari esa asos holida suyuqlik bo‘lib, suv va organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Alkaloidlar tahlilida kimyogar faqat bitta reaksiya natijasiga asoslanmasdan, 2 yoki undan ortiq reaksiya va usullarni qo‘llashi zarur. Bunday talablarga rioya qilmaslik noto‘g‘ri xulosalar chiqishiga olib keladi. Masalan, qo‘llanilgan reaksiya sezgirligi past bo‘lsa, kam miqdordagi moddani aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Qo‘llanilgan reaksiya tekshiriluvchi modda uchun xos bo‘lmasa, natijada noaniq xulosa chiqarish oqibatida kimyogar bir modda o‘rniga ikkinchi boshqa moddani aniqlangan deb ko‘rsatishi mumkin. Masalan: atropin uchun faqat Vitali-Moren, purin alkaloidlari uchun faqat mureksid hosil qilish reaksiyasi, opiy alkaloidlarini aniqlash uchun faqat Marki reaktividan foydalanish to‘g‘ri natijaga olib kelmaydi, chunki sanab o‘tilgan reaksiyalarni boshqa alkaloidlar ham berishi mumkin.
Aytilganlardan xulosa qilib, alkaloidlarni aniqlashda bir necha sezgir va xususiy reaksiyalardan foydalanmoq zarur deb hisoblanadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling