Referati toshkent 2023


Download 0.49 Mb.
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1326323
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.ALKALOIDLAR TAHLILIDA QO’LLANILADIGAN REAKTIVLAR

Xususiy reaksiyalar - deb bitta modda uchun xarakterli bo‘lgan reaksiyalar tushuntiriladi, ya’ni ushbu reaksiyani boshqa moddalar bermasligi kerak. Masalan: yodni kraxmal bilan ko‘k rangni hosil qilishi, simob uchun Cu2 NqI4 qizil cho‘kmasi, sianid kislotasi uchun berlin zangorisini hosil bo‘lishi kabi reaksiyalar.
Sud kimyoviy tahlilda xususiy reaksiyalar bilan bir qatorda selektiv va tanlovchi reaksiyalardan ham foydalaniladi. Bunday holda bitta reaktiv bir nechta moddalar bilan bir xil, ayrim hollarda qisman o‘zgarishlarga ega reaksiyalar natijalarini beradi.
Masalan: FeCl3 - fenol gidroksili saqlovchi moddalar uchun selektiv reaktiv, azobo‘yoq hosil bo‘lishi esa anilin hosilalari uchun selektiv.
Zaharli organik moddalar tahlilida probirkada bajariladigan makro reaksiyalar kam qo‘llaniladi, chunki bunday reaksiyalarni sezgirligi past va tekshiriluvchi modda miqdori ko‘p bo‘lishini talab qiladi.


Cho‘ktiruvchi reaksiyalar.Dorivor moddalar tahlillarida hamda biologik ob’ekt tarkibidan ajratib olingan alkaloidlarni aniqlashda qo‘llaniladigan "umumiy cho‘ktiruvchi reaktivlar" ikki katta guruhga bo‘linadi:
1. Alkaloidlar bilan oddiy tuz hosil qiluvchi reaktivlar: tanin, KMnO4 , pikrin, pikrolon kislotalari, xromatlar (H2CrO4) va boshqalar.
2. Alkaloidlar bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi reaktivlar. Ular o‘z navbatida ikki guruhchaga bo‘linadi:
a) tarkibida metalloidlar saqlovchi reaktivlar
I2/KI, Br2/KBr, ICl, H3PO4 ·12MoO3 · 2H2O,(Zonnenshteyn),
H3PO4 · 12WO3 · 2H2O (SHeybler reaktivi) va xakozo.
b) tarkibida metallar saqlovchi reaktivlar:
SdI2/KI (Marme),  HgI2/KI (Mayer), BiI3/KI (Dragendorf), HgCl2, K3/Fe(CN)6 va boshqalar.
Alkaloidlar bilan cho‘kma hosil qiluvchi reaktivlar hosil qiladigan reaksiya mahsulotlari haqidagi ayrim ma’lumotlar 7.6-jadvalda keltirilgan.
Tekshiriluvchi eritma yoki qoldiqni ana shuday reaktivlar yordamida tahlil qilishda doimo, toza aniq alkaloidlar bilan ham reaksiyalarni qaytarib ko‘rish va natijalarni solishtirib, so‘ng aniq xulosaga kelish lozim. Kimyo toksikologik tahlilda ahamiyatli bo‘lgan alkaloidlarni umumiy cho‘ktiruvchi reaktivlar bilan sezgirligiga oid ma’lumotlar 7.7-jadvalda keltirilgan.
Sheybler, Zonnenshteyn, Dragendorf reaktivlari, pikrin va pikrolon kislotalari sezgir reaktivlar hisoblanadi. Umumiy cho‘ktiruvchi reaktivlar manfiy ahamiyatga ega. Bu holat bioob’ekt chirishi natijasida uning tarkibidagi oqsil va boshqa moddalar metabolitlanishi natijasida hosil bo‘ladigan gistidin, gistamin kabi yot moddalar ham alkaloidlar kabi cho‘kma borishi mumkinligi bilan tushuntiriladi. Bunday moddalarni ayrim vaqtda “murda alkaloidlari” deb ataladi. Masalan: murda atropini, murda nikotini, murda strixnini. Ular shu alkaloidlar uchun tavsiya etilgan ba’zi kimyoviy reaksiyalarni berishlari mumkin:







Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling