Referati urganch sh. - 2023-yil induksiya, deduksiya va analogiya metodlari
Download 55.36 Kb.
|
4-Induksiya, deduksiya va analogiya metodlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari
- 1-rasm. Oquv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari
Analogiya metodi - shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarning o'xshashligi bo'yicha ham o'xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir.
Masalan, uch xonali sonlarni qo'shish va ayirishning yozma usullarini ko'p xonali sonlarni qo'shish va ayirishga o'tkazish analogiya usulini qo'llashga asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko'p xonali sonlarni yozma qo'shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni yechish tavsiya qilinadiki, bunda har bir navbatdagi misol oldingisini o'z ichiga oladi. Analogiya metodi Boshlang'ich maktabda matematika ta’limining maqsadi - o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini hayotga tadbiq qilish hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o'qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlash. Matematika bo'yicha standart ko'rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to'g'risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo'llay olishga o'rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'lish hamda og'zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilishdan iboratdir. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari bir necha guruhga bo’linadi, bular (1-rasm): O’quvchilar bilim oladigan manbalar bo’yicha: og’zaki, ko’rsatmali, amaliy metodlar. O’quvchi fikrining yo’nalishi bo’yicha: induksiya, deduksiya, analogiya. Pedagogik ta’sir boshqarishning darajasi, o'quvchilarning o'qishida mustaqillik darajasi bo'yicha: o'qituvchi boshchiligida bajariladigan o'quv ishi metodi hamda o'quvchilarning mustaqil yillari metodi. O'quvchilarning mustaqil faolliklari darajasi bo'yicha: izohli- illustrativ, re- produktiv, bilimlarni jumboqli bayon qilish metodi, qisman izlanish va tadqiq qilish metodi. Endi o'quvchilar bilim oladigan manbalar bo'yicha taqsimlangan guruhni alohida tahlil qilib o'tsak. Yuqorida keltirilganlardan ma’lumki, bular og'zaki, ko'rsatmali va amaliy metodlardan iborat edi. Og'zaki metodlar qisqa muddat ichida hajmi bo'yicha eng ko'p axborot berish, o'quvchilar oldiga jumboqlar qo'yish, ularni hal qilish yo'nalishlarini izlab topishiga ko'maklashish, umuman olganda o'quvchini og'zaki ishlash qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Bu metodlar o'quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda o'ziga xos sharoit yaratadi. Ularni, ya’ni og'zaki metodlarni ham alohida ko'rib chiqsak2: Tushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodi shundan iboratki, bunda o'qituvchi materialni bayon qiladi, o'quvchilar esa bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. O'quv materialining bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo'lishi kerak. Tushuntirish metodidan ma’lu- motlar tariqasidagi nazariy materiallarbilan tanishtirish, o'quvchilarga o'quv qurollarini ishlatish bo'yicha yo'l- yo'riqlarni berishda foydalaniladi. Ўкувчилар билим оладиган манбалар бўйича •оғзаки •кўрсатмали •амалий методлар •индукция Ўқувчи фикрининг йўналиши •дедукция бўйича •аналогия Педагогии таъсир бошкаришнинг даражаси, ўқувчиларнинг ўқишида мустақиллик даражаси бўйича ■ўқув иши методи мустақил йиллари методи Ўқувчиларнинг мустақил активликлари даражаси бўйича •изоҳли-иллюстратив •репродуктив •жумбоқли баён қилиш 1-rasm. O'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari Boshlang'ich matematika kursining bir qator masalalarini og'zaki tushuntirish usuli bilan bayon qilish zarur. Og'zaki tushuntirish usulida zamonaviy axborot- texnologiyalari, maxsus gadjetlardan ham oqilona foydalanish mumkin, bu o'quvchilarda matematik figuralarni tasavvur qilish va ularni anglab yetishga katta yordam berishi mumkin. Download 55.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling