Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabnining xotin-qizlar qo`mitasi raisi M.Mahammadqulova so`zga chiqdi


Download 101.11 Kb.
bet11/14
Sana16.04.2023
Hajmi101.11 Kb.
#1358503
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-maktab referendum bayonnoma

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabnining xotin-qizlar qo`mitasi raisi M.Mahammadqulova so`zga chiqdi.


Xotin qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda.
Prezident SHavkat Mirziyoev 2019 yil iyunь oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqida shunday degan edi: «... Bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo’lishi kerak».
O’zbekistonda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Jumladan, 2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi tashkil etildi.
O’zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o’ringa ko’tarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida «Ayollar daftari» tizimi joriy etilib, Davlat byudjetidan har yili 300 mlrd so’m mablag’ ajratib borish yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishlari, ilm-fan bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratish davlatning alohida vazifasiga aylandi. Natijada, birgina 2022 yilda oliy o’quv yurtlariga qabul qilingan talabalarning 49,9 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo’shimcha esa, ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo’lmoqda. Ya’ni davlat har jabhada erkaklar va ayollar tengligini ta’minlash kafolatini olmoqda, o’z rolini oshirmoqda.

Download 101.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling