Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “


Download 101.11 Kb.
bet6/14
Sana16.04.2023
Hajmi101.11 Kb.
#1358503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-maktab referendum bayonnoma

Davlat fuqarolik xizmati
Mamlakatimizda hech qachon fuqarolarni ajratgan holda ma’lum bir fuqarolik xizmatiga kirishida yoki kirmasligini belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Konstitutsiya loyihasida davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha teng imkoniyatga ega ekanligi mustahkamlanishi davlatni boshqaruvda ishtirok etishni bildirayotgan fuqarolarga keng yo’l ochilishini bildiradi.
Mazkur qoida asosida davlat xizmatchilari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning bevosita tartibga solinishiga erishiladi.
O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasining asosiy yutuqlaridan biri 2022 yilda “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishidir.
Davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog’onalarida o’stirish, rag’batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham berilmoqda.
Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatchilarining soni 100 mingdan ortiq bo’lib, ularga berilayotgan e’tibor Konstitutsiyaga kiritilayotganligi ularning haq huquqlari oliy qonun darajasida himoya etilayotganligi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi Qonuning ijrosi ta’minlanishiga olib keladi.
SHuningdek, milliy qonunchilikda (“Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonunning 28-moddasi) sud tomonidan korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning davlat xizmatiga qabul qilinishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qoidalar mavjud.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining
21-moddasida har kim o’z mamlakatida davlat xizmatidan teng foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan.


Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush kechirishi uchun yetarli bo’lishi shart

Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining belgilanishi birinchi navbatda har bir fuqaroning qilgan mehnati qadrlanishi hamda o’z mehnatiga yarasha haq olish kerakligini bildiradi. Bu birinchi navbatda ish beruvchilarni odilona mehnatga haq to’lashi majburiyatini yanada mustahkamlaydi. Ishchilarning o’z mehnatiga yarasha haq talab qilishini mustahkamlaydi.


Bu qoidaning o’rnatilishi birinchi navbatda ishchi xodimlarning pul topish ilinjida boshqa ishlarni bajarishga urinishlari kamayadi natijada bor e’tiborini o’z kasbiga qaratadi. Natijada fuqaro faoliyat olib borayotgan sohaning ham rivojiga turtki bo’ladi. CHunki uning xayoli o’z kasbiga qaratilgan bo’ladi.
Xodim qaerda ishlashidan qat’i nazar – davlat yoki nodavlat tashkilotlaridami, tadbirkorlik sub’ektlaridami ish beruvchi tomonidan to’lanadigan ish haqining eng kam miqdori uning munosib turmush darajasini ta’minlashi kerak. Mehnat qilayotgan har bir inson asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli mablag’ga ega bo’lishi lozim.
Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori nima va u qanday belgilanadi?
Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori insonga munosib turmush darajasini ta’minlashi uchun minimal iste’mol xarajatlari qiymati asosida belgilanadi.
Insonning munosib turmush darajasini ta’minlash deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshqa) qoplash, shuningdek ta’lim olish, sog’liqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo’lishi tushuniladi.
Davlat fuqaroga mehnatiga yarasha ish haqi to’lanishining choralarini ko’rishi va kafolatlarini ta’minlashi, ish beruvchi esa xodim oldidagi majburiyatlarini bajarishi lozim. Davlat mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorini belgilashda mamlakatdagi ish haqining umumiy darajasi, iste’mol narxlari, ijtimoiy nafaqalar va ijtimoiy qatlamlarning turmush darajasini qiyosiy hisobga olgan holda xodim va oilalarining ehtiyojlarini e’tiborga olishi ham zarur bo’ladi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur norma ijtimoiy davlatning eng muhim talabini davlat siyosati darajasiga ko’tarmoqda hamda xodimlarni mehnatiga yarasha ish haqi olishi va olayotgan ish haqini normal hayot kechirish uchun yetarli bo’lishini kafolatlamoqda.
Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori insonni insonga o’xshab yashashini ta’minlashi ularni ma’lum bir kasbda faoliyatda aniq va bor kuchini sarflab ishlashi natijada esa mehnat qilayotgan sohaning rivojlanishiga olib keladi.
Davlatda hozirda xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot darajasi uchun zarur bo’lgan daromadlarni aniqlash bo’yicha «iste’mol savatchasi» tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash bo’yicha ish olib borilmoqda.
Muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar, ya’ni ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar hamda dori-darmonlarni xarid qilishi uchun yetadigan mablag’, tirikchilik uchun zaruratning eng kam miqdorini aniq belgilash iste’mol savatchasini tashkil etadi.
Aynan shu mezonlarga tayangan holda davlat mehnatga haq to’lashning belgilangan eng kam miqdorini muntazam o’rganib boradi va zarur hollarda uning miqdorini oshirib boradi.
Kiritilayotgan norma mehnat qilayotgan barcha inson uchun, xoh u davlat ishida bo’lsin xoh xususiy sohada xizmat qilsin, qat’i nazar uning ish maoshi adolatli bo’lishi lozimligiga fundamental asos yaratadi.

Download 101.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling