Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari” hamda “


An’anaviy oila va nikoh munosabatlarini saqlash eng ustuvor masala


Download 67.85 Kb.
bet13/16
Sana01.04.2023
Hajmi67.85 Kb.
#1315440
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
11-maktab referendum bayonnoma

An’anaviy oila va nikoh munosabatlarini saqlash eng ustuvor masala.

O’zbekiston oila institut jamiyatning poydevori bo’lib, ijtimoiy hayotimizda muhim rolь o’ynaydi. Oila muqaddas degan tushuncha xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.


Biroq, dunyoda amalga oshrilayotgan jarayonlarga ko’ra, «oila va nikoh» tushunchalari «yangicha» talqin qilish kuzatilmoqda.
Biz uchun muqaddas bo’lgan an’anaviy oilaviy qadriyatlarini himoya qilish maqsadida Konstitutsiyada nikoh O’zbekiston xalqning AN’ANAVIY oilaviy qadriyatlariga asoslanadi, deb belgilanmoqda.
SHundan kelib chiqadiki, yurtda yashayotgan fuqarolarimizning an’anaviy oilaviy qadriyatlari hurmat qilinadi va Oila kodeksimizda aniq tiniq belgilanganidek, nikoh faqat ayol va erkak o’rtasida tuziladi.
Xususan, Oila kodeksining 2-moddasida, oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy nikohi printsipi asosida amalga oshirilishi aniq ko’rsatilgan.
SHuningdek, kiritilayotgan o’zgartirishlarning muhimi shuki,
nikoh tuzilishida ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi talab etiladi.
Davlat oila rivojiga yetarli sharoitlar yaratish bo’yicha o’ziga majburiyat olmoqda va kafolat bermoqda.
Zamonaviy o’zgaruvchan dunyoda oilaviy qadriyatlarni saqlash davlatlarning asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu sababli, ushbu o’zgartirishlar zamon talabi deb baholash kerak.
Konstitutsiyada oila qadriyatlarining kiritilishi kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan turli tushunmovchiliklarning oldini oladi. Erkinlik niqobi ostida xalqimizga begona an’analar kirib kelishiga to’siq bo’ladi.
Ushbu norma davlatning bir jinsli nikoh masalasiga nisbatan qat’iy pozitsiyasini aks ettiradi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan IMMBDO’ O’. Abduraxmonova so`zga chiqdi.


Yoshlarni qo’llab-quvvatlash davlatning eng muhim konstitutsion vazifalaridan biri bo’ladi


O’zbekiston – yoshlar mamlakati, unda 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod. Aholining qariyb 55 foizini tashkil etgan ulkan qatlam O’zbekistonda har doim davlatning e’tiborida bo’lgan.

Bu borada 2017 yilda tub burilish yuz berdi. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tuzildi, 2020 yilda Yoshlar ishlari agentligining tashkil etilishi O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni yangi bosqichga olib chiqdi.

30 iyunь mamlakatimizda «Yoshlar kuni» deb belgilandi, yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha manzilli va tizimli ishlar yo’lga qo’yildi. Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda «Loyihalar fabrikasi» ish boshladi.

O’tgan davr ichida yoshlarni qo’llab-quvvatlashga oid bir nechta qonun, o’nlab farmon va qarorlar qabul qilindi. Yoshlarni qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yil mamlakatimizda «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilindi.

Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida so’nggi ikki yilda 281 ming nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 6 trillion 992 milliard so’m imtiyozli kreditlar yo’naltirildi.


Dehqonchilik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan 184 ming yoshga 2022 yilda 42,5 ming gektar yer maydoni ajratilib, 200 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.

Yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning butunlay yangi tizimi bo’lgan «Yoshlar daftari» orqali 800 mingdan ortiq yigit-qizlarning muammolarini hal etishga 1 trln 112 milliard so’m yo’naltirildi.

Jumladan, 83 ming nafar yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollari uchun 243 mlrd so’m, 68 ming nafar ehtiyojmand talabalarning kontrakt to’lovi uchun 223 mlrd so’m, 12 ming nafar yoshlarga zamonaviy kasb o’rganishi uchun 20 mlrd so’m, 21,4 ming nafar yoshlarni haydovchilikka o’qitish uchun 28 mlrd so’m, 17 ming nafar yoshlarga muddatli harbiy xizmat badali uchun 78 mlrd so’m to’lab berildi.


Ushbu tizimli ishlarni amalga oshirish uchun bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ularni umumlashtiruvchi konstitutsiyaviy normaga ehtiyoj sezilmoqda. Bu bilan davlat tegishli shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha majburiyat olmoqda, chunki mazkur normalar yoshlarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan harakatlarning yanada samarali bo’lishi uchun muhimdir.

Ushbu modda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida yoshlarning salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish uchun tegishli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish maqsadida kiritilmoqda.

Konstitutsiya nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun muhim, O’zbekistonni rivojlantirishda poydevor bo’ladi deb ko’p bora aytilmoqda. Unda nega asosiy qonunimizda yoshlarga doir alohida modda yo’q, degan savol juda ham o’rinli bo’lib qolayotgan edi.

Ëshlarni qo’llab-quvvatlash siyosatining muhim huquqiy asosi sifatida Konstitutsiyaga tegishli modda aks etmoqda va bu bilan davlatning konstitutsiyaviy majburiyati belgilanmoqda.


Kiritilayotgan normalar davlatning yoshlar oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytiradi, yangi loyihalar, yangi vazifalarni amalga oshirish uchun asos va turtki bo’ladi.



Download 67.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling