#81. Qaysi qatordagi so’zlarda a unlisi o kabi talaffuz qilinadi?
A)
komandir, avtomat
+B) savob, zamon
C) baho, qayg’u
D) kombayn, kovak
#82. «MULK» so‘zi qaysi gapda ko'chma ma’noda qo'llanmagan?
A) Husn mulkida kishi tanho bo‘lurm-u muncha ham.
B) barcha gaplarda mulk so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan
+C) Davlat mulkini, xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz kerak.
D) Oybek qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
#83. Tarkibida birgina qo‘shimcha mavjud bo‘lgan so‘zni toping?
A) ho‘plam
B)
Isitma
C) Atamoq
+D) Sig‘inmoq
#84.
Qaysi bandda turdosh ot berilmagan?
+A) Jo’ravoy
B) tog’a
C) tikanzor
D) ko’mirxona
#85. O`rin-joy otlarini yasaydigan qo`shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) –zor, -loq, -iston, -chi
B) –goh, -xona , -zor, -ki
+C) –xona, -zor, -loq, -iston, -goh,
D) –loq, -q, -gich, -ma, -k
#86.
Ikki unli o`rtasida talaffuzda y undoshi orttirib aytilsa-da, lekin bu yozuvda aks etmaydigan so`zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Maorif, oid
+B) Shoir, doim
C) Tarbiya, shoir
D) Ilm, tabiat
#87.
Chol oti shaxsni qaysi jihatiga ko’ra nomlagan?
+A)
yoshiga
B) mansab-unvoniga
C) qarindoshlik darajasiga
D)
ijtimoiy holatiga
#88. Qaysi gapda “ma’lum vaqt, fursat uchun yig‘ib tayyorlab qo‘ymoq” ma’nosini bildiruvchi so‘z ajratilgan?
A) Kitob sifatli chiqishi uchun yangi testlar
tuzish kerak.
B) Yuklarni ko‘chishga
tayyorlab qo‘ydik.
C) Bu sohaga oid barcha
terminlarni bir kitobga jamladim.
+D) Qish uchun o‘tin
g‘amlash kerak hali, bolam
#89. Qaysi javobda iboraning ma’nosi noto’g’ri izohlangan?
+A)
yetti uxlab tushida ko‘rmaslik –
mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik
B)
daqyonusdan qolgan – juda eski, ancha eski
C)
ko‘zining yog‘ini yemoq -
o‘zini yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmoq
D)
o‘pkasini cho‘pga ilmoq –
shoshilib yurmoq, hovliqmoq
#90. Agar ota-ona alohida yashasa va bola bilan birga yashovchi ota (ona) bolaga o‘z familiyasini berishni xohlasa, vasiylik va homiylik organi bu masalani bolaning manfaatlarini va ona (ota)ning fikrini hisobga olgan holda hal qiladi. Ota yoki onaning turgan joyini aniqlash mumkin bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, shuningdek, ota yoki ona bolaga ta’minot berish va uni tarbiyalash majburiyatlarini bajarishdan uzrsiz sabablarga ko‘ra bo‘yin tovlagan hollarda ota yoki onaning fikrini hisobga olish shart emas.
Ajratib ko‘rsatilgan “shuningdek” birligi ushbu mikromatnda qanday mazmunni ifodalayapti?
A) Oldingi fikr keyingi firning xulosasi ekanligini ifodalamoqda.
B) Keyingi fikr oldingi firni dalillayotganligini ifodalamoqda.
C) Oldingi fikr keyingi firning tasdig‘i ekanligini ifodalamoqda.
+D) Keyingi fikr oldingi fikrning davomi ekanligini ifodalamoqda.
“Registon”
Sergeli filiali
Manzil: Sergeli tumani Mehrigiyo ko`chasi 1A uy
Mo`ljal: Sergeli mashina bozor Meros to`yxona
Telegram: @Registan_Sergeli
Telefon: +998907992700