Regression va korrelyatsion tahlil ijtimoiy hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar va ularning turlari
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari
Download 377.07 Kb.
|
REGRESSION VA KORRELYATSION TAHLIL
2. O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari
Ijtimoiy hodisalarning bog‘lanish va bog‘liqliklarini o‘rganish maxsus usullar yordamida amalga oshiriladi. O‘zaro bog‘lanishlar funksional bog‘lanish ko‘rinishida namoyon bo‘lsa, hodisalarning bog‘liqligini, o‘zgarishini tekshirish uchun balans va iqtisodiy indeks usullari keng qo‘llaniladi. Agar bog‘lanishlar korrelatsion bog‘lanish tariqasida yuzaga kelsa, bu holda ushbu bog‘lanishlarni o‘rganish va xulosalar chiqarish uchun statistik guruhlash, parallel qatorlar, dispersion tahlil, korrelatsion-regression tahlil usullari keng qo‘llaniladi. Ushbu usullarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Hodisalar orasidagi bog‘lanish funksional bo‘lgan vaqtda qo‘llaniladigan usullardan biri balans usulidir. Balans - hodisa va jarayonlarni ifodalovchi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, ularni butunligicha o‘rganish va statistik tahlil etish usulidir. Êorxonaning moddiy resurslari balansi, neft mahsulotlari balansi, asosiy ishlab chiqarish fondlari balansi, ishlab chiqarilgan mahsulotlar balansi, mamlakat yoki region bo‘yicha ishlab chiqarish bilan iste’mol, iste’mol bilan jamg‘arma kabi jarayonlarni ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar nisbatlari orasidagi yoki ularning ichki bog‘lanishlarini o‘rganishda, xulosalar chiqarishda balans usuli keng qo‘llaniladi. Masalan, shirkat xo‘jaligi bo‘yicha asosiy fondlarining dastlabki qiymati bo‘yicha tuzilgan balansini va shu jumladan ularning turlari bo‘yicha balansini quyidagi tenglik asosida tekshirish mumkin. F1 + K = Ch + F2 Bunda: F1 – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil boshiga qoldig‘i; F2 – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil oxiriga qoldig‘i; K – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil davomidagi kirimi; Ch – asosiy fondlarning dastlabki qiymati bo‘yicha yil davomidagi chiqimi. Hodisalar orasidagi bog‘lanish korrelatsion bo‘lganda ularning natijalarini tekshirishda statistik guruhlash usuli, ayniqsa, tahliliy guruhlash usuli keng qo‘llaniladi. Tahliliy guruhlash usuli orqali omilli belgilar bilan natijaviy belgilar orasidagi bog‘liqlik, ya’ni omilli belgilar darajasining oshishi yoki kamayishi bilan natijaviy belgilar darajasining o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) o‘rganiladi, ijobiy va salbiy ta’sirlari ko‘rsatilib, xulosalar chiqariladi, imkoniyatlar ko‘rsatiladi. Tahliliy guruhlash asosan omil belgisi asosida amalga oshiriladi. Tashkil qilingan har bir guruhning natijaviy belgilari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Shundan so‘ng omil va natijaviy belgilar orasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarning o‘zgarishi omil belgi o‘zgarishi bilan taqqoslanadi, so‘ngra ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyati asosida hodisalar o‘zgarishiga, bog‘liqligiga baho beriladi. Ushbu usulning mazmuni, uning qo‘llanilishi va ahamiyati statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash bo‘limida to‘liqroq bayon qilingan. Hodisalar orasidagi bog‘lanish korrelatsion bog‘liqlikda bo‘lganda parallel (yondosh) qator usulidan ham foydalanib, bog‘liqlik o‘zgarishini o‘rganish mumkin. Bu usuldan foydalanishdan oldin hodisalar orasidagi bog‘liqlikni nazariy jihatdan aniqlab olish zarur. Shundan so‘ng omil qatori bilan natijaviy qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan qiyoslanadi. Masalan, paxta hosildorligi darajasi bilan 1 s paxta tannarxi darajasi o‘rtasidagi bevosita bog‘lanishni ikki davriy dinamika qatorlarini tuzish orqali tekshirish mumkin. Paxta hosildorligi darajasi oshishi bilan paxta tannarxi pasayib borgan bo‘lsa, bog‘lanish qonuniyati mavjudligi ma’lum bo‘ladi. Hodisalar orasidagi korrelatsion bog‘lanish jarayonini o‘rganishning asosiy usullaridan biri korrelatsion tahlil usuli hisoblanadi. Download 377.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling