Regressiyaning kodlangan koeffitsientlarini ahamiyatliligini aniqlash


Download 475.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.01.2023
Hajmi475.58 Kb.
#1095817
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4- ma\'ruza

Kombinatsiyalangan modellash. 
Kombinatsiyalangan modellash (tahliliy-imitatsion) tizimlarning tahlili va 
sintezida tahliliy va imitatsion modellashning fazilatlarini birlashtirishga imkon 
beradi. Kombinatsiyalangan modellarni quriщda ob’ektning ishlash jarayonini 
tashkil etuvchi nimjarayon uchun dastlabki dekompozitsiya o‘tkaziladi va ular 
uchun imkon bo‘lganda tahliliy modellar ishlatiladi, qolgan nimjarayonlar uchun 
esa imitatsion modellar quriladi. Bunday kombinatsiyalangan yondashuv tadqiqot 
qilishda faqat tahliliy va imitatsion modellashdan alohida foydalanish imkoni 
bo‘lmaganda tizimlarning sifatli yangi sinflarini qamrab olishga imkon beradi.
Real modellash. 
Real modellashda yoki real ob’ektda butunlayin, yoki uning qismida turli 
xarakteristikalarni tadqiq qilish imkonidan foydalaniladi. Bunday tadqiqotlar 
nafaqat normal rejimlarda ishlayotgan ob’ektlarda o‘tkazilishi mumkin, balki 
tadqiqotchini qiziqtirayotgan xarakteristikalarni baholash uchun maxsus rejimlarni 
tashkillashtirishda (o‘zgaruvchilar va parametrlarning boshqa qiymatlarida, 
vaqtning boshqa masshtabida va h.k.) ham amalga oshirilishi mumkin. Real 
modellash eng monand bo‘lgan modellash hisoblanadi, lekin real ob’ektlarning 
xossalarini hisobga olganda uning imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib qoladi. 
Masalan, korxonaning ABT (Avtomatik boshqarish tizimlari) ni real modellash 
uchun, birinchidan, shunday ABTni yaratish, ikkinchidan esa, boshqariladigan 
ob’ektda tajribalar o‘tkazish, ya’ni butun korxonada tajribalar o‘tkazish talab 
qilinadi, lekin ko‘p hollarda buning imkoni yo‘q. Real modellashning turli 
xilliligini ko‘rib chiqamiz. 
Modellashda kibernetik modellash o‘ziga xos o‘ringa ega. Kibernetik 
modelashtirishda modellarda bo‘lib o‘tayotgan fizik jarayonlarning ob’ektda 
bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarga bevosita o‘xshashligi bo‘lmaydi. Bu holda 
qandaydir funksiyani eks ettirishga intilinadi va real ob’ekt «qora quti» sifatida 
qaraladi, unda qator kirishlar va chiqishlar bo‘lib, ular orasidagi ba’zi bir aloqalar 
modellashtiriladi. Kibernetik modellardan foydalanganda ko‘pincha tashqi 
muhitning ta’sirlaridagi ob’ektning xulq taraflari tahlil qilinadi. 
Shunday qilib, kibirnetik modellar asosida boshqarishning ba’zi bir axborot 


jarayonlarini aks ettirish yotadi, bu real ob’ektning xulqini baholashga imkon 
beradi. Bu holda imitatsion modelni qurish uchun real ob’ektning tadqiq 
qilinayotgan funksiyasini ajratish kerak va bu funksiyani kirishlar va chiqishlar 
orasidagi ayrim aloqa operatorlari ko‘rinishida mutlaq boshqa matematik 
bog‘lanishlar bazasida va, tabiiy, jarayonning boshqa fizikaviy amalga oshiriladi. 

Download 475.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling