Regressiyaning kodlangan koeffitsientlarini ahamiyatliligini aniqlash
Download 475.58 Kb. Pdf ko'rish
|
4- ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayoniy modellash.
- Analogli modellash.
Xayoliy modellash.
Xayoliy modellash ba’zi hollarda vaqtning berilgan oralig‘ida amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki ularni jismoniy shartlaridan tashqarida yotganligi uchun ob’ektlarni modellashning yagona usuli hisoblanadi. Masalan, xayoliy modellash asosida mikroolamdagi fizik tajriba o‘tkazishga imkon bermaydigan ko‘p vaziyatlarni tahlillash mumkin. Xayoliy modellash ayoniy, belgili va matematik ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. Ayoniy modellash. Ayoniy modellashda, ob’ektda o‘tadigan hodisalar va jarayonlarni aks ettiruvchi real ob’ektlar haqida turli ayoniy modellar inson tushunchalari asosida yaratiladi. Gipotetik modellash asosida real ob’ektda jarayonlar o‘tish qonuniyatlari haqida tadqiqotchi qandaydir gipotezani asos qilib oladi. Bu gipoteza ob’ekt haqida tadqiqotchining bilim darajasini aks ettiradi va o‘rganilayotgan ob’ektning kirish va chiqish orasidagi sabab – oqibat aloqalarga asoslanadi. Gipotetik modellash formal modellarni qurish uchun ob’ekt haqidagi bilimlar etishmayotganda ishlatiladi. Analogli modellash. Analogli modellash turli darajadagi anologiyalarni qo‘llashga asoslanadi. Faqat oddiy ob’ektlar uchun o‘rinli bo‘lgan eng yuqori darajalilari to‘liq analogiya hisoblanadi. Ob’ektni murakkablashishi bilan keyingi darajalardagi analogiyalardan foydalaniladi, bunda analogli model obektni ishlashining bir nechta yoki faqat bir tarafini aks ettiradi. Xayoliy ayoniy modellashda maketlash muhim o‘rin oladi. Xayoliy maket real ob’ektda o‘tadigan jarayonlar fizikaviy modellashga imkoni bo‘lmagan yoki modellashning boshqa turlarini o‘tkazishdan oldin qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Xayoliy maketlarni qurish asosida analogiyalar yotadi, biroq odatda ob’ektdagi hodisalar va jarayonlar orasidagi sabab – oqibat bog‘lanishlarga asoslanadi. Agar ba’zi tushunchalar, ya’ni alomatlarni belgilashni hamda alomatlar orasida ma’lum amallarni kiritsak, unda alomatli modellashni amalga oshirish mumkin va alomatlar yordamida tushunchalar to‘plamini aks ettirish mumkin, ya’ni so‘zlardan ayrim gaplar va zanjirlar tuzish mumkin. Ko‘plik nazariyasining birlashtirish, kesishish va to‘ldirish amallarini qo‘llab, ayrim belgilar orqali real |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling