Reja: 1 O'simliklarning hayotiy shakllarini
Download 272.2 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza.
MAVZU. O’SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLAR TARKIBINI O’RGANISH USULLARI. REJA: 1 O'simliklarning hayotiy shakllarini o'rganishda Drude tasnifi 2 Visotskiy va Kazakevichlar tasnifi 3 Serebryakov tasnifi Drude yer sharining iqlimini 18 tipga ajratib, 4 guruh o‘simliklarga ajratadi. Bunda u o‘simliklarning yil mobaynida vegetatsiya davomiyligiga bog‘lab, o‘sim liklarning issiqlik va suv rejimiga ko‘ra 18 tipga bo‘ladi: I. Vegetatsiya mavsumiyligi iqlimga bog‘liq emas (ekvator hudud o‘simliklari) 1. Gigrofitlar (doimiy issiq va nam iqlimdagi o‘simlik turlari) 2. Doimiy mo‘tadil issiq iqlimdagi, ekvatorial mamlakatlarning tog‘oldi hududlari dagi gigrofit o‘simlik turlari 3. Doimiy mo‘tadil issiq va quruq iqlimdagi kserofitlar o‘simlik turlari 4. Tropik hududdagi doimiy mo‘tadil sovuqqa chidamli yuqorigi tog‘ o‘simliklari 5. Tropik hududdagi alp zonasidagi o‘simlik turlari II. Vegetatsiya mavsumiyligi tropik yomg‘irlar va qurg‘oqchilik mavsumlari bilan bog‘liq turlar 6. Issiqsevar tropofitlar, qisqa muddatli qurg‘oqchilikka bardosh beruvchi turlar 7. Issiqsevar tropofitlar, uzoq muddatli qurg‘oqchilikka bardosh beruvchi o‘simlik turlari 8. Issiqsevar tropokserofitlar, o‘ta uzoq qurg‘oqchilikka bardosh beruvchi o‘simlik turlari 9. Mo‘tadil issiqsevar tropokserofitlar (tropik hudud tog‘laridagi turlar) III. Vegetatsiya mavsumiyligi yozning issiq va quruq iqlimidan keyingi harorat ning pasayishiga bog‘liq (subtropikka yaqin,) 10. Kseromorf, doimiy yashil daraxt va butalar (Issiq va quruq yoz, hamda seryom g‘ir mo‘tadil sovuq qish) 11. Dengizoldi iqlimining doimiy yashil gigromorf o‘simliklari 12. Issiq yoz va sovuq qishda barg to‘kuvchi o‘simliklar IV. Vegetatsiya mavsumiyligi mavsumning kun va tun uzunligiga bog‘liq turlar 13. Dashtning kseromorf o‘simliklari 14. Sovuqqa chidamli, ninabarglilar, barg to‘kuvchi daraxtlar va butalar, o‘tsimon o‘simliklar, mezo va psixrofitlar. 15. Yuqori kengliklardagi dengizoldi iqlimdagi psixrofitlar 16. Kontinental iqlim psixrofitlari 17. Sovuq va quruq yuqori tog‘ cho‘llarning kseromorf turlari 18. Arktika va Antarktika ayozga chidamli o‘simlik turlari. Visotskiy va Kazakevichlar tasnifi: Visotskiy va Kazakevichlar o‘simliklarning ildiz tizimi farqlari va vegetativ ko‘payish xususiyatlarga ko‘ra ekologik tahlil uchun qulay o‘simlik qoplamining hayotiy shakllarini keltirishgan 1. O‘rmalovchilar- kuchli vegetativ ko‘payish xususiyatiga ega turlar a. Uzun ildizpoyalilar (Agropyrum repens, Calamagrostis epigeios,Carex arenaria va h.k) b. O‘rmalab o‘suvchi va poyasida ildizlar bor turlar (Trifolium repens, Ranunculus repens, Agrostis stolonizans) v. Ildizbachkililar (Cirsium arvense, Sonchus arvensis, Linaria vulgaris) Ushbu bo‘limga kiruvchi barcha turlar boshqa ko‘p yillik o‘simliklarga qaraganda tezroq ko‘payib tarqalish va bo‘sh maydonlarni egallash qobiliyatiga egadir II. O‘q ildizlilar. O‘q ildizli o‘simlik turlari, ildiz bo‘g‘inidan vegetativ tiklanish xu susiyatiga ega, ammo vegetativ organlardan ko‘payishga ega emas turlar 2guruhga: Ildizi chuqurga kirib boruvchi va chuqur bo‘lmagan turlar (Rumex thyrs ijlorus, Medicago saliva, M. falcata,Trifolium pratense va h.k.). III. Popuk ildizlilar: (Deschampsia. caespitosa,Festuca sulcata, Carex caespitosa R anunculus acer, Caltha palustris va h.k.) IV. Piyozlilar va tugunaklilar (Allium, Tulipa, Orchis, Corydalis va h.k.). Serebryakov tasnifi: O‘simliklarni qaysi guruhga kiritishda novdaning o‘sish shakli va vegetatsiya si davomiyligi hisobga olinadi.Ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) O‘q ildizli (kaudeksli) o‘simliklar. Yaxshi rivojlangan, jamg‘aruvchi, tuproq qatlamlariga chuqur kirib boruvchi ildizlarga ega bo‘lgan o‘simliklar. Kaudeksning shoxlanishiga qarab bir boshli, ko‘p boshli bo‘lishi mumkin (qashqarbeda, shirinmiya). 2) Popuk ildizli o‘simliklar. Asosiy ildizi bo‘lmaydi. Qo‘shimcha ildizlari yo‘g‘on jamg‘aruvchi, buralib zich joylashgan ildizlar hosil qiluvchi o‘simliklar. Poyasi kalta, bo‘g‘im oraliqlari qisqa (zubturum, ayiqtovon va boshqalar). 3) Qisqa yer osti ildizpoyali o‘simliklar. Ko‘p yillik o‘simliklar qo‘shimcha ildizlari hisobiga yashaydi. Lekin yer ostki ildiz poyasi yaxshi rivojlangan ko‘p yillik, bo‘g‘im oraliqlari qisqa ( gulsafsar va boshqalar). 4) Uzun yer ostipoyali o‘simliklar gipogen ildizpoyali o‘simliklar, ya’ni ildizpoyasi yer ostida hosil bo‘ladi (g‘umay, achchiqmiya va boshqalar) . 5) Zich tup hosil qiluvchi o‘simliklar ildizpoyalari qisqa, zich ko‘p sonli qo‘shimcha ildizlar hosil qiluvchi ko‘p yillik bir pallali o‘simliklar. 6) Tuganak hosil qiluvchi o‘simliklar 1) Bitta ko‘p yillik poya tipidagi tuganak hosil qiluvchi o‘simliklar va yana har yili tuganaklarini almashtiruvchi; 2) Ildiz tipidagi o‘simliklar (yatrishnik va boshqalar); 3) Stolon tugunakli o‘simliklar (kartoshka). 7) Piyozboshli o‘simliklar ko‘p yillik qismi turli tipdagi piyozboshlar, almashib turadigan qo‘shimcha ildizlarni hosil qiluvchilar. Bu o‘simliklar ko‘p yillik va bir yillik bo‘lishlari mumkin. 8) Yer yuzasida o‘rmalovchi, yer ustki – stalonli o‘simliklar. Ko‘p yil (2-4) yashovchi o‘tsimon o‘simliklar, plagiotrop o‘rmalovchi poyaga ega bo‘lgan (piyozboshli choy va boshqalar) yoki stalonli tez qurib qoluvchi - o‘simliklar (qulupnay). Bir yillik o‘simliklarga qisqa yoki oz yashovchi efemerlar kiradi. O‘simlikning zigotadan boshlab to balog‘atga yetganicha va nasl qoldirguncha bo‘l gan davri hayotiy sikl deb ataladi. Hayotiy sikl yoki rivojlanish sikli ma’lum bir qo nuniyat asosida boruvchi bir qator fazalardan tuzilgan. Bu fazalar quyidagilardir: tu g‘ilish, rivojlanish va ko‘payish. O‘simlik hayotiy sikli oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy hayotiy siklga misol qilib ulotriks o‘simligi hayotiy siklni ko‘rsati shi mumkin. Ulotriks o‘simligi zoosporadan rivojlanadi. Voyaga yetgan o‘simlikda ma’lum vaqtdan keyin hujayralari reproduktiv hujayraga aylanadi. Bu hujayrada sporogenez yo‘li bilan 4 ta zoospora yuzaga keladi. Hujayra po‘sti yorilgach, bu zoosporalar tarqalib, yangi individni paydo qiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda murakkab hayotiy sikl kuzatiladi. Murakkab hayotiy sikl o‘z ichiga 2, gohida 3 ta oddiy siklni oladi. Murakkab hayotiy sikl gulli o‘simliklar da yanada murakkablashib, gametalar hosil bo‘lishi va zigota fazalariga ham egadir Ko‘p yillik gulli o‘simliklarda hayotiy sikl qaytaqayta takrorlanishi mumkin bo‘lgan bosqichlardan iboratdir. Shuning uchun ularda katta va kichik hayotiy sikllar ajra tiladi. Katta hayotiy sikl gulli o‘simlikni murtak hosil bo‘lganidan boshlab to umri (ontogenez)ning oxirigacha bo‘lgan davrni uz ichiga oladi. Katta hayotiy sikl quyid agi davrlarga bo‘linadi. (T.A.Rabotnov klassifikatsiyasiga ko‘ra) Senil (karilik) davri - o‘simlik gullash qobiliyatini yo‘qotgandan to halok bo‘lgun gacha bo‘lgan davr Latent davri (latens - ko‘rinmas) - urug‘larning tinim holatidagi davri Virginil davri (virginitas - qizlik) - urug‘ning unib chiqqandan to birinchi gul hosil bo‘lguncha davri. Virginil davri o‘z navbatida maysa, yuvenil (yosh o‘si mlik) va immatura (balog‘atga yetayotgan) bosqichlariga bo‘linadi Generativ davri birinchi gul hosil bo‘lgandan to oxirgi gullashgacha bo‘lgan davr. Bu davrda o‘simliklar ko‘payad Rabotnov klassifikatsiyasi E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 272.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling