Reja : Bolalar adabiyotiga qo`yiladigan talablar
Ertaklarning janriy tabiati
Download 110.92 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish, boshlama, tugun, epik sarguzasht va tugallama
Ertaklarning janriy tabiati. Ertaklar xalq og`zaki badiiy ijodiyotining epik turiga mansub bo`lib, o`ziga xos g`oyaviy - mavzuviy yo`nalishga, axloqiy - ta`limiy va ijtimoiy - estetik vazifalarga ega. Ertaklar ham og`zaki tarzda jamoa ijodi mahsuli sifatida anonim ko`rinishda yaratiladi. Garchi uning to`qilish ibtidosi individual ijodkorga borib taqalsa-da, og`izdan - og`izga, urug`dan-urug`ga, avloddan-avlodga o`tish jarayonida dastlabki ijrochisiga xos belgilarini, obrazlarini, motivlari va badiiy vositalarini deyarli saqlab qoladi. Shu bilan birga versiya va variantlilik hosil qilishi mumkin.
Ertaklar, asosan, professional ijrochilikka asoslanadi, Kishilarda cheksiz badiiy zavq uyg`ota olish imkoniyatiga egaligi boisidan ko`p hollarda ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarda aytiladi. Ularning syujeti qiziqarliligi, uydirmalarga boyligi, sarguzashtga to`laligi bilan diqqatni tez jalb qiladi. Va albatta, o`z nihoyasida ezgulikning yovuzlik, oydinlikning qorong`ulik, haqiqatning nohaqlik, hayotning o`lim, aqllilikning nodonlik, adolatning jaholat va to`g`rilikning egrilik ustidan g`alaba qozonishini tarannum etadi. Ertaklar o`z janriy tabiatiga xos badiiy- kompozitsion qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. Kirish, boshlama, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi. Ertaklarning an`anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. Goho shunchaki kirish, goho an`anaviy zachin deb yuritiluvchi bu hodisani rus folklorshunosi V.Dal "dokuchno`e skazki" istilohi bilan atab, bolalar folklorining mustaqil janri tarzida tavsiflaydi. Chindan ham so`zma-so`z tarjimada "ezma ertak" tarzida ifodalash mumkin bo`lgan bu hodisa o`zbek bolalar folklorida ham ermaklar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, ular qat`iy bir ertak bilan uzviy mantiqiy bog`liq holda yashamaydi, balki istalgan ertakni boshlashdan avval aytilishiga ko`ra nisbatan mustaqil bo`lib, sayyor holda ijro etilaveriladi. Ularga xos bu xususiyatni o`zbek ertakshunosi K.Imomov ham "kirish qismi ba`zan sodda, primitiv syujet shaklini oladi",- deya qisman tan olsa-da, har qalay uni ertak kompozitsiyasining ajralmas tarkibiy qismi sifatida qarashni afzal biladi. Download 110.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling