Reja : Bolaning nutqini qanday rivojlantirish uchun oddiy qoidalar va o’yinlar


Jismoniy tarbiyada sportning o'rni


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1372290
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Begjonova Mexrangez 19.89-guruh

Jismoniy tarbiyada sportning o'rni


Sport jismoniy tarbiyaning eng yuqori cho'qqisi va asosiy omili hisoblanadi. Sport bilan 
shug‘ullanuvchilardan yuqori malaka, mahorat talab etish bilan birga, tana (gavda) a'zolarining 
mukammal rivojlanishi va murakkab harakatlarni bajarishga tayyorlaydi. Shu asosda u 
shug‘ullanuvchilarning ma'lum darajadagi faoliyatlarini yakunlashga (razryad talablari, chempion, 
rekord va h.k.) asos bo'ladi.Sport turlari o'zining mazmuni, qoidalari va texnik-taktik jihatlari bilan 
bir-biridan jiddiy farq qilsa-da, sportchilarning jismoniy sifatlari u yoki bu darajada etarli bo'lishini 
taqozo etadi. Jismoniy tarbiya tizimida sport katta o'rin egallamoqda. Barcha bolalarning ilk 
jismoniy mashqlari mazmunida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash, to'p 
o'yinlari orqali kurash va boshqa juda ko'p sport elementlari o'z ifodasini topgan. O'quv yurtlaridagi 
―Jismoniy tarbiya‖ dasturida yengil atletika, gimnastika, futbol, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, 
suzish, kurash, xalq milliy harakatli o'yinlari o'z o'rniga ega. Bu turlar o'ta yuqori sport talablari 
(klassifikatsiya) darajasida bo'lmasa-da, u jismoniy tarbiya vositasi sifatida o'z talablari, me'yorlari, 
miqdorlariga (me'yoriy asoslar) ega. Bu talablar jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti asosida 
ishlab chiqilib, qonunlashtirilgan, ya'ni dasturga kiritilgan. Davlat ta'lim standartlari (1999) asosida 
tasdiqlangan va amalda qo'llanilayotgan ―jismoniy tarbiya‖ dasturi o'quvchi-yoshlar va 
talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligini ta'minlash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uning 
mazmunidagi sport turlari elementlari iqtidorli yoshlarni haqiqiy sportga (mashg‘ulotlar, 
musobaqalar) safarbar etmoqda. Shu sababdan ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖, ―Universiada‖ 
kabi nufuzli sport musobaqalari eng avvalo, o'quv yurtlaridan boshlanib, ularning yakuni 
Respublika miqiyosidagi katta sport bayramlari bilan nihoyasiga etadi. Bunday ulkan 
musobaqalarda yuqori natijaga erishgan sportchi yoshlar Respublika terma jamoalariga jalb etilib, 
maxsus tayyorgarlik va mahorat yo'llaridan o'tadi. Iqtidorli sportchilar esa Osiyo va Jahon 
miqiyosidagi eng yirik sport musobaqalarida qatnashishga muyassar bo'lmoqda. 
Xullas, sport jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi, jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratini 
oshirish maktabi hisoblanadi. Bu esa O'zbekiston shuhratini jahonga tanishtirish va yanada 
kengaytirishda xizmat qilmoqda. Shu sababdan O'zbekiston sportini yuqori pog‘onalarga baland 
ko'tarish yo'lida katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda Respublika hukumati bevosita 
g‘amho'rlik qilmoqda.―O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish 
to‘g‘risida‖gi prezidentning farmoni (24 oktyabr 2002 y.) va shu asosda qabul qilingan hukumat 
qarori (30 oktyabr 2002 y.) barcha tuman va shaharlarda sport maktablarining ish faoliyatini qayta 
ko'rib chiqish va ularni zarur sharoitlar bilan ta'minlash yo'lida ishlar qizg‘in bormoqda. Bu muhim 
va o'ta ma'suliyatli tadbirning negizida yurtimizda jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish va 
sportni ommalashtirish bilan bir qatorda uni yuqori cho'qqilarga ko'tarishga qaratilgan, talabalar 
qanday kasb-hunar egallamasin va qaysi tarmoqda kelajakda mehnat faoliyatlarini yuritmasin aholi 
o'rtasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shish yo'l-yo'riqlarini 
egallashlari zarurdir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling