bajaradilar. Bu kasb egalari texnologik jarayonni vizual va instrumental kuzatib, mashina va
agregatlarda ishlaydilar.
Shu bois, ushbu kasb egalari quyidagi sifatlarni o‗zlarida tarkib toptirgan bo‗lishlari kerak:
chaqqonlikning
yuqori darajasi, yaxshi rivojlangan muvoza-natni saqlash va vestibulyar
turg‗unlik, atrofni o‗rab turgan havo haroratining keskin o‗zgarishiga chidashni;
irodaviy sifatlarning yuqori darajasi — jasurlik, jasorat, qat‘iyatlikni;
yurak qon-tomir va nafas olish hamda asab tiziminingyaxshi holatini.
Zamonaviy domna va prokat ishlab chiqarishining mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi
ishchilar va muhandistexnik xodimlarning mehnatini yengillashtirdi.
Kemada suzuvchilar tarkibidagi ishchilarning jismoniy mehnati ham avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashning o‗sishi bilan kamaymoqda.
Dengizchilar mehnati va turmushida yetishmayotgan harakat faolligi
jismoniy mashqlarga katta
e‘tiborni talab qiladi. Shuning uchun dengizchilarga suzish, sho‗ng‗ish, suvga sakrash,
eshkak
eshish va boshqalar bilan ko‗proq shug‗ullanish zarur bo‗ladi. Chaqqonlik va harakat
koordinatsiyasi, tezkorlik va sezgirlik harakati, ya‘ni reaksiyalar aniqligi, chayqalishga chidamlilik,
o‗zgaruvchan iqlim va haddan tashqari issiqlikka moslashish kabi zaruriy jismoniy sifatlar
dengizchilarda
tarkib
topgan
bo‗lishi
kerak.
Fuqarolik aviatsiya xizmati mutaxassislarining mehnat sharoiti ham o‗ziga xosdir. Mexanik va
radistlar yil davomida ochiq havoda har xil ob-havo sharoitida ishlaydilar. Ularning barcha
faoliyati, asosan, 15 metr balandlikda, chegaralangan tayanch maydonida (narvonda) o‗tadi. Ishchi
holati bir xil va noqulay (cho‗kka tushib o‗tirib, bukilgan holatda, qo‗llari yuqoriga ko‗tarilgan va
hokazo), uzoq vaqt zo‗riqish bilan o‗tadi.
Smena davomida muhandislar, texnik xodimlar, rahbarlar
ko‗p yuradilar. Shuning uchun ularning mehnat sharoiti har tomonlama
jismoniy tayyorgarlikni,
asosiy muskul guruhlari kuchini, ayniqsa, maxsus chidamlilikni, uzoq vaqt davomida o‗ziga xos
ishlarni
bajara
olish
ko‗nikmasini,
egiluvchanlikni
talab
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: