ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy
jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‗quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy
sifatlar to‗g‗risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‗rgatish;
— o‗quvchilarda bo‗lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta‘sir ko‗rsatadigan
harakat, ko‗nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va
ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez
o‗zlashtirishga ta‘sir ko‗rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‗liq tiklash uchun faol dam olish
vositalaridan foydalanishga o‗rgatish;
—
hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch,
tezkorlik, chidamlilik,
chaqqonlik va
egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‗rtasida ishlab chiqarish
shikastlanishining oldini
olish.
O‗rta maxsus o‗quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‗quvchilarni KAJTning nazariy
asoslari bilan tanishtirish ko‗zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim
kasbiy-amaliy jismoniy
mashqlarga o‗rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‗zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy
sport turlari bo‗yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini
tushunishda kerakli bilim, ko‗nikma va malakani egallash,
ularni
amaliyotda samarali qo‗llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning
jismoniy tayyorgarligiga bo‗lgan talablarini o‗rganish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: