Reja : Bolaning nutqini qanday rivojlantirish uchun oddiy qoidalar va o’yinlar


Yer ostida ishlaydiganlar mehnati


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1372290
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Begjonova Mexrangez 19.89-guruh

Yer ostida ishlaydiganlar mehnati. Uzoq vaqt joyidan siljishlar va majburiy holatlarda (bukilib, 
o‗tirib, tizzalab, yotib) mehnat operatsiyalarini bajarishda, quyosh nuri va kislorodning 
yetishmasligida, nafas olishdagi qiyinchilik va havoning gazlashganligi, yorug‗likning pastligida, 
shuningdek, katta hajmdagi turli axborotlarda kuzatiladi.
Charchoq, ko‗pincha, og‗ir jismoniy mehnat va uning asab zo‗riqishiga ko‗ra paydo bo‗ladi, 
shuningdek, diskomfort sharoit, ya‘ni changga to‗lalik, yuqori namlik va hokazolar tufayli ham yuz 
beradi. Bunday mehnat ishchilardan mustahkam sog‗liq, yuqori darajadagi umumiy va maxsus 
jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. 
Ilmiy texnika inqilobi yer ostida ishlovchilarning mehnat sharoitini tubdan o‗zgartirib yubordi. 
Qazib olib uni tashqariga chiqaruvchi texnika va transport mehnatidagi jismoniy qiyinchiliklarni 
sezilarli kamaytirdi, qisman yer ostida bo‗lish paytidagi diskomfort sharoitni bartaraf qildi. 
Natijada o‗rta bo‗g‗indagi mutaxassislar ishida asab-ruhiy zo‗riqish nisbatan kamaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi mutaxassislarga: agronomlar, zootexniklar va boshqalar mehnati kiradi. Ish 
kunining uzunligi va dam olishning yetishmasligi, doimiy faol harakat, yil davomidagi umumiy ish 
va harakat yuklamasidagi mavsumiy nomutanosiblik, aralash ish, manzildan manzilga siljishda 
piyoda yurishdan, otdan, mototsikldan, avtoulovdan foydalanish, tayanch-harakat apparatiga 
tushadigan katta yuklama, sezilarli jismoniy va ish kuni oxiriga borib aqliy-emotsional charchash 
ularga xos xususiyatlardir.
Bu kabi mutaxassislardan mehnat va dam olish tartibi haqida, turli mashina va mexanizmlardan 
foydalanish paytida xavfsizlik texnikasi to‗g‗risida, chiniqishning asosiy usullari haqida, quyi 
bo‗g‗inlarning mehnat usullari o‗zgarishi to‗g‗risida, ishlovchilarning faol dam olishlari uchun 
jismoniy madaniyat va sport vositalaridan foydalanish haqida bilimga ega bo‗lish, turmush 
sharoitini ko‗ngildagidek tashkil qilish talab qilinadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling