Reja ґ Diqqat haqida tushuncha
Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Diqqat va sezgi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi
sohasidagi qonuniyatlar. ґ Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi. ґ Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar; ґ Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar ґ Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar. Sezgi turlari ґ - Ko’rish sezgilari; ґ - Eshitish sezgilari; ґ - Hid bilish sezgilari; ґ - Ta'm bilish sezgilari; ґ - Teri sezgilari; ґ - Muskul - harakat (kinestetik); ґ - Statistik sezgilar; ґ - Organik sezgilar Ko’rish sezgilari ґ Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko ’ rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo ’ linadi . Psixofiziologik qonunga ko ’ ra yorug ‘ lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o ’ tib singanda hosil bo ’ ladigan rang xromatik ranglar deb atalib , ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang , qora rang , kulrang va ularning turlicha ko’rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. Eshitish sezgilari ґ Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi . Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini , kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar sanalib , ular obertonlar deyiladi . Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o ’ ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo’ladi. Hid bilish sezgilari ґ Hid bilish sezgilari hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi. Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida ta'sir etib, kimyoviy reaksiyalar yo’li bilan ularni qo’zg’atadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo’ladi Ta'm bilish sezgilari ґ Ta'm bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta'm bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan . Tilning shilliq pardasida maxsus ta'm bilish so’rg’ichlari mavjud bo’lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta'm bilish "kurtaklari"ga ega. Ta'm bilish so’rg’ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning o ’ rtasi bo ’ lsa mazani aks ettira olmaydi . Ta ' m bilish so’rg’ichlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular ta'm bilish organidagi qo’zg’alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan. Teri sezgilari. ґ Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo ’ lib , ularning bunday nomlanishining bosh omili bu reseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir. Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g’adir - budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a'zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo’zg’atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi , u yanada kuchayganda og’riq sezgisiga aylanadi. Muskul - harakat sezgilari, statik sezgilar ґ Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og’irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari-gavda muskullari, paylar, bo’g’imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo’lib, ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi. ґ Mus kul-ha r a ka ts e zgila r iningf iziks a ba bimus kulla r gat a ' s ire t uvc hina r s a la r ning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir. ґ Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat reseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo’ladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan. Organik sezgilar ґ Organik sezgilarning reseptorlari ichki organlarda , qizilo ’ ngach , me ' da , ichak , qon tomirlari , o ’ pka va shu kabilarda joylashgan bo ’ ladi . Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo’zg’atuvchilaridir. Ularga quyidagilar kiradi: ґ a ) Og’ r iq s e zgila r ; ґ b) chanqoq sezgilari; ґ v) noxush tuyg’ular; ґ g) ochlikni sezish. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling