Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati
Download 188.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON
3. XULOSA. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Hindiston mustaqil respublika deb e’lon qilingunga qadar bir qancha murakkab bosqichlarni bosib o’tgan. Mustaqillikka erishgunga qadar Hindiston Buyuk Britaniya koloniyasi hisoblangan . Faqat II jahon urushidan keyin Buyuk Britaniya kolonial imperiyasining mutlaqo keraksiz ekanligi namoyon bo’lgach Hindistonda mustaqillikka erishish harakati avj olgan . Bu harakatni Buyuk Britaniya aholisi qo’llab quvvatlagan . 1946 – yil Bombey shahrida ko’tarilgan qo’g’olon natijasida Buyuk Britaniya Hindistonga mustaqillik berishini e’lon qilishga majbur bo’lgan . 1947 – yil 15 – avgustda Hindiston mustaqilligi e’lon qilingan . Lekin Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonni ikkita dominionga bo’lib tashlashga qaror qilgan. Hindiston Ittifoqi va Pokiston . Bu bo’linish diniy nizo asosida amalga oshirildi. Mustaqillikka erishgach Hindistom hukumati bir qator muhim islohotlat o’tkazdi. Buning natijasida anoat ishlab chiqarishi yetrali darajada rivojlandi . Avtomobil, avtobus va televizor ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlandi. Traktor ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylangan. Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy – siyosiy muammolarga duch kelgan va bu muammolar hozirgi kunda ham davom etib kelmoqda. Kashmir hududi hozirgi kunda ham Hindiston va Pokiston o’rtasidagi eng muammoli hudud hisoblanib kelmoqda. O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi aloqalarga to’xtaladigan bo’lsak aloqalar mustaqillikdan oldin ham rivojlangan edi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan so’ng bu aloqalar yangi bosqichga ko’tarildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning ivojlanishi prezidentimiz I.Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga qilgan tashrifi muhim ahamiyat kasb etgan . Bu bilan sho’rolar davridagi tamoyil buzilib Hindiston bilan mustaqil aloqalarni kengaytirishga kirishildi. Bugungi kunda ham Hindiston va O’zbekiston o’rtasidagi mustahkam do’stlik aloqalari davom etib kelmoqda. Download 188.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling