Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati
HINDISTON XX ASRNING SO’NGGI CHORAGIDA
Download 188.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON
2. HINDISTON XX ASRNING SO’NGGI CHORAGIDA.
Shundan keyin sikxlarga qarshi shafqatsiz o’ch olish boshlandi. Minglab sikxlar o’ldirildi, 50 mingi uy-joysiz qolib, boshqa shtatlarga borib yashirinishga majbur bo’ldilar. XMK I.Gandining o’rniga uning o’g’li Rajiv Gandini (1944-1991) Bosh vazir qilib tayinladi. U Xindiston onasi ramziga aylangan o’z onasining mamlakatni birlashtirish yo’lini davom ettirdi. Panjob yana asosiy muammo bo’lib qoldi. R.Gandi xukumati xususiy sektorga tayanish va milliy iqtisodiyotni zamonaviy izga ko’chirish dasturini taklif qildi. Yirik sarmoyadorlarga qo’shimcha imtiyozlar sifatida to’g’ri soliqlar qisqartirildi, meros solig’i bekor qilindi, yirik kompaniyalar ustidan o’rnatilgan nazorat susaytirildi. Mayda tadbirkorlarga xam yordam ko’rsatildi. Natijada sanoat ishlab chiqarishning yillik o’sishi sur'atlari ortdi va 1984-1989-yillarda yiliga o’rta xisobda 9 foizga yetdi. Lekin R.Gandi xukumatining yirik sarmoyadorlar bilan munosabatlari juda xam yaxshi emas edi. 1986 yilda imtiyozlarning bir qismi bekor qilindi. Mudofaa va moliya vaziri V.P.Singx xalqqa yoqish uchun daromadlarning qiskarishiga va yirik xususiy firmalarning soliqni to’lamasligiga qarshi kampaniyani avj oldirdi. Xalq ommasi ichida obru orttirgan V.P.Singx 1987 yilda xukumat tarkibidan chiqib, muholifat partiyasini tuzishga kirishdi. R.Gandi xukumati 1988-1989 yillarda milliy va xorijiy xususiy sarmoyadorlarga yangi imtiyozlar berdi. XMK(I) xukumati ijtimoiy soxada "xorijonlar"ga yordam ko’rsatishni davom ettirdi. Ayni vaqtda xukumat kuch ishlatish va politsiya vositasida Pajom, Assom, Bixar, Jammu va Kashmirdagi va boshqa joylardagi ayirmachilar va jangarilarning xarakatini bostirdi. I.Gandi o’limidan keyin sikxlarga qarshi o’tkazilgan qatag’onlardan keyin ularning chiqishlari yanada kuchaydi. Panjob doimiy terrorchilik xarakatlari ichida qoldi. Axolining chiqishlari, markaziy xukumat qo’shinlari bilan to’qnashuvlar, terrorchilik xarakatlari to’xtovsiz davom etardi. Gandi sikxlarning isyonkorlik chiqishlariga uzil-kesil barxam berish maqsadida 1987 yil mayida Panjobning muxtoriyat xuquqidan maxrum qilib, uni markaziy xokimyatga bo’ysunuvchi shtatga aylantirdi. Bunga javoban Panjobda markaziy xokimyatga qarshi g’alayonlar kuchayib ketdi. R.Gandi 1987 yil mayida yana Oltin ibodatxonani qurol kuchi bilan egallashga buyruq berdi. Ibodatxona uchun bo’lgan janglarda minglab odamlar xalok bo’ldi. Yana butun shtat bo’ylab zo’ravonlik, o’t qo’yish va qotilliklar avj oldi. Xindiston parlamenta R.Gandining iste'foga chiqishini talab qildi. Parlament uni korrupsiya va vazifaziga layoqatsizlikda ayblab, ishonchsizlik bildirdi va u 1989 yil boshida iste'foga chiqdi. Lekin R.Gandi partiyadagi raxbarlik ro’lini saqlab qoldi. 1989 yil noyabrida parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Muxolifatchi Janata dal partiyasi (V.Singx), Xindlar partiyasi, Bxaratiya Janata partilar XMK(I)ning yakka hokimligiga qarshi kurashish uchun saylov okruglarini o’zaro bo’lishib olish xaqida til biriktirdilar. Saylovlarda XMK(I) ovozlarning uchdan bir qismidan sal ko’prog’ini oldi. Parlament o’rinlarini 25 foizini egallagan Janata dal (Xalq partiyasi) boshqa muxolifatchi partiyalar yordamida xukumat tuzdi. Xukumat boshlig’i Singx yirik sarmoyadorlarning siyosat soxasidagi ta'siriga qarshi kurashni o’z xukumati siyosatining asosi deb e'lon qildi. Asosiy e'tibor qishloq xo’jaligi va mayda sanoatni rinojlantirishga qaratildi. Singx "Biz xalq bevosita ishtirok etadigan xukumatni –kambag’allar xukumatini tuzamiz", deb va'da berdi. Xalqqa yoqish uchun tanlangan bu yo’l jamiyatning oliy tabaqalariga, uning sarmoyadorlar doirasiga yoqmadi. 1990 yil noyabrga kelib xukmron Janata dal parchalanib ketdi. 1991 yil iyun oyiga muddatidan oldingi parlament saylovlari belgilangan edi. Saylov mavsumi davrida, 1991 yil 21 mayda XMK(I) raxbari Rajiv Gandi tamil terrorchisi tomonidan o’ldirildi. Uning o’limi bilan Kongress tarixida, butun Xindiston tarixida Nerular oilasi bilan bog’lik butun bir davr nixoyasiga yetdi. Bu oila vakillari 39 yil mobaynida mamlakatni boshqarib keldilar. Saylovlarda yana XMK(I) g’alaba qozonib, R.Gandi xukumatida tashqi ishlar vaziri bo’lib ishlagan P.V.Narasimxa Rao Bosh vazir bo’ldi. Yangi Bosh vazir Xindiston iqsodiyotini yanada erkinlashtirishdan, davlatning yirik monopoliyalar bilan ittifoqidan iborat R.Gandi yo’lini davom ettirdi. Bu esa 90-yillarda iqtisodiyotning barqaror sur'atlar bilan o’sishini ta'minladi. Shu bilan birga 90-yillardan boshlab mamlakatda diniy ayirmachilik yana kuchaya boshladi. 40-yillarda alanga ola boshlagan xind- musulmon mojarosi misli ko’rilmagan darajada kuchaydi. Jangarilarning oshkora tashkilotlari ta'sirida 1992 yil 6 dekabrda Uttar-Pradesh shtatida fojiali voqealar sodir bo’ldi. Ashaddiy xind guruxlari temir tayoqlar bilan qurollanib, musulmonlarning muqaddas ibodatgoxi - Bobur masjidiga xujum qilib, buzib yubordilar, keyin musulmonlarning uylari va do’konlariga o’t qo’ydilar. Xukumat tartibsizliklarni bostirish uchun kuch ishlatdi, lekin tartibsizliklar boshqa shaxarlarga xam ko’chdi 1993 yil yanvarida Xindistonning 12 million aholi yashaydigan eng yirik shaxri Bombeyda xam xind- musulmon to’qnashuvlari bo’lib o’tdi. Xukumat qiyinchilik bilan tartibsizliklarni bartaraf eta oldi, lekin musulmonlar bilan xindlar orasidagi adovatlar saqlanib qolaverdi. Musulmonlarning siyosiy tashkilotlari kuchaya boshladi. Bxarata janata partiyasi (BJP) o’z mafkurasiga ko’ra diniy bo’lmagan XMI(I) partiyasiga qarshi tura oladigan ta'sirli siyosiy kuchga aylandi. 1996 yil mayidagi parlament saylovlarida XMK(I) 28 %, BJP 23,5%, so’l partiyalar uyushmasi 20 % ovoz to’pladilar. XMK(I)ga qarshi boshqa kuchlar madadi bilan BJP raxbari Atal Bixari Vijpai xukumat tuzdi. Bu xukumat mustaqil Xindiston tarixida birinchi marta induizm shovinizmini o’zida aks ettirib, musulmonlarga dushmanlik mavqeida turdi. Rajiv Gandi o’limidan keyin Xindistonning ichki siyosiy vaziyati ancha murakkablashdi. Panjobdagi mamlakatni parchalab yuborishga urinayotgan separatchi va ekstremistik kuchlar o’z faoliyatini kuchaytirdilar. Diniy-etnik va kastalar o’rtasidagi to’qnashuvlar ko’paydi, xukmron partiya ichidagi fraksion kurash o’sdi. Muxolifatchi partiyalar xam o’z faoliyatini kuchaytirdilar. Xindiston mustaqillikga erishgan kunidan keyinchalik uzoqlashgani sayin uning oldidagi muammolar xam shunchalik ko’payib bormoqda. Mamlakatda Xindiston Milliy Kongressining (XMK(I)) avvalgi ta'siri yo’qolib bormoqda va xozirda Xindistonda ko’p partiyali tizim shakllanmoqda. 1998-yil fevraldagi parlament saylovlarida Bxarati Janata partiyasi va uning yetakchisi Atal Bexari Vajpai 19-mart kuni bosh vazir etib savlandi. Oktabr oyidagi saylovlarda Vajpai rahbarligidagi siyosiy alyans g‘alaba qozondi va BJPning yetakchi partiya sifatidagi ahamiyatini mustahkamladi. Hukumat tepasiga millatchilar kuchlarining kelishi Pokiston bilan aloqalarni qaytadan ziddiyatga olib keldi. l999-yil may-iyunda Pokiston bilan chegaradosh Kashmirda ikki mamlakat qo‘shinlari o‘rtasida keyingi o‘n yillikdagi eng og‘ir to‘qnashuv yuz berdi. Shu yilning aprel oyida Hindiston Rajastonda bir necha bor yadro quroli sinovini o‘tkazdi. Bunga javoban Pokiston ham o‘z yadro qurolini bir necha marta sinovdan o‘tkazdi. Ikki davlat o‘rtasidagi janjal yangi bosqichga ko‘tarild. 1997-yil iyulda Hindistonda muhim voqea yuz berdi. Naravanan mamlakat prezidenli etib saylandi. U Hindistondagi eng quvi shudra mazhabi vakili bo‘lib shu paytgacha birorta yuqori davlat lavozimida ishlamagan. Bu hol mamlakatda mazhablar o‘rtasidagi munosabatlaming ijobiy yo’lga qo‘yilishiga umid bildirar edi. 2002- yilda mamlakat prezidenti etib D.A.Kalam saylandi. 2004-yil yanvarda Islomobodda Hindiston bosh vaziri Vadjpai va Pokiston prezidenti uchrashdi, ular ikki mamlakat o'rtasidagi mojaroni tinch yo'l bilan hal etishga intilishlarini namoyon etishdi. Download 188.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling