Reja : I. Kirish II. Asosiy qism. Hindistonda I. Gandi hukumatining faoliyati
Download 188.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1975 – 2000 – YILLARDA HINDISTON
3. HINDISTONNING TASHQI SIYOSATI.
Xindiston tashqi siyosati asoslarini ishlab chiqishda Xindiston mustaqilligi uchun tolmas kurashchi, mustaqil Xindistonning birinchi Bosh vaziri Javoxarla'l Neruning o’rni kattadir. Bu siyosatga "kuch ishlatmaslik" mafkurasi o’z ta'sirini o’tkazgan. J.Neru tinch-totuv yashashning 5 asosiy qoidasi - "pancha shila" (xind tilida - 5 asosiy qoida) tamoyilini ishlab chiqdiki, ular quyidagilardan iborat: Davlatlarning xududiy yaxlitligi va suverenitetini o’zaro xurmat qilish; bir-biriga xujum qilmaslik; bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik; tenglik va o’zaro manfaatdorlik; tinch-totuv yashash. Birinchi marta bu qoidalar 1954 yildagi Xindiston-Xitoy bitimida qayd etilgan bo’lib, o’sha vaqtdan beri xalqaro munosabatlar amaliyoti va mafkurasidan chuqur o’rin egalladi. Bu tamoyillar amalda Xindiston tashqi siyosatining zaminiga ayladi. J.Neru tomonidan ishlab chiqilgan bloklarga qo’shilmaslik g’oyasi besh qoidaning uzviy davomi sifatida ko’pchilik davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Xindiston boshqa mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirishga, ularning ichki ishlariga aralashishga xech qachon intilmadi, xamisha bosqinchilik qurbonlarini ximoya qilish tashabbuskorlaridan biri, aslida bu xarakatning norasmiy raxbari edi. Xindiston bilan Pokiston o’rtasidagi munosabatlar bu ikki davlat o’rtasidagi eng qiyin masala bo’ldi. Kashmir masalasi bu ikki davlat o’rtasida bir qator mojarolarni keltirib chiqardi. Pokiston Xindistondagi musulmonlar xuquqlarini ximoya qilib keldi. Bu ikki davlat ikkinchi jaxon urushidan keyin boshlanib ketgan "sovuq urush"da bevosita ishtirok qilmasalarda, 50-yillar o’rtalaridan boshlab Xindiston siyosiy jixatdan SSSR bilan yaqinlashib bordi. Pokiston esa G’arb mamlakatlari yordamiga tayandi. Xindiston bilan Pokiston o’rtasida Kashmir masalasida 1965 yil avgust-sentabrida jiddiy qurolli to’qnashuv kelib chiqdi. 1971 yil dekabrda keng ko’lamli urush avj oldi. "Sovuq urush" davrida Xindiston G”arb mamlakatlari bilan yaqin aloqa o’rnatmagan edi. Iqtisodiy aloqalar rivojlangan bo’lsada, G’arb davlatlarining bu yerga kiritayotgan sarmoyalari katta emas edi. Sovet Ittifoqi parchalangan davrgacha , ya'ni 1991 yilgacha Xindistonga katta yordam ko’rsatilgan edi. Uning ko’magi bilan Xindistonda 70 dan ortiq yirik sanoat korxonasi qurib berildi, yana 50 tasi qurilayotgan edi. Xindiston armiyasi sovet qurol-yarog’i bilan ta'minlangan edi. SSSR Xindistonning Pokiston bilan bo’lgan mojarolarida Xindistonni qo’llab quvvatladi. Xindiston SSSR bilan xamkorlik qilish bilan birga o’zining tashqi siyosiy g’oyalariga sodiqligini saqlab qoldi. U SSSRning qurollanish poygasida ishtirokini tanqidiy baxoladi, sovet qo’shinlarining 1968 yilda Chexoslovakiyaga kirishini qoraladi, SSSRning Afgonistondagi qurolli kurashiga salbiy munosabatda bo’ldi. Download 188.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling