Reja : Kirish 1 Apparat ta’minoti nima?
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
akt kamola apaga
2. Dasturiy ta’minot
Dasturiy taʼminot yoki Software bu Komputerda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Aynan shu dasturiy taʼminotgina kompyuter — „quruq temir“ degan atamani yoʻqqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir. Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — „mahsulot“ degan maʼnoni bildiradi. Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi: 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2- Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir). Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiy konfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy prosessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dasturiy ta’minot Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat urilmalarini boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli ekanlgini sedan chiqarmaslik kerak. Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti 7 sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Rasm 1. Asos dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Axborot -atrof-muxit ob'еktlari va hodisalari, ularning o`lchamlari va holatlari to`g`risidagi ma'lumotlardir. Axborot insonlar o`rtasida ma'lumotlar ayiriboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayiriboshlashni ifoda etadigan umummiliy tushunchadir[8]. Informatika fani axborot tabiat hodisalari yoki ob'еktlar to`g`risidagi tasavvurimizni o`zgartiruvchi o`zaro kontsеptual bog`liq ma'lumotlar, ko`rsatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`llaniladi[8]. Ma'lumotlarga faqat saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olinadigan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlarga biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`lsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma'lumotlar dеb atasa ham bo`ladi. Masalan, qog’ozga tеlеfon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, birovga ko`rsatgansiz,u buni biror axborot bеrmaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir tеlеfon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomining faoliyati turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi. Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim. Berilganlar–kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan shaklda ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq–u elementar instruksiya bo‘lib, unda kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Protsessorni biror-bir operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir – nechta buyruqlar ketma-ketligini bo‘lishi zarur bo‘ladi. Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi; 6 2) protsessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o‘qiydi va uni bajarishni amalga oshiradi; 3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, protsessor tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi; 4) protsessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so‘rovlar yuborishi va o‘zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin. Dasturlar-bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir.Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo‘ladi. Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to‘plami tushuniladi. O‘z o‘rnida dasturiy ta’minot– kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Aniq kompyuterni qo‘llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o‘zaro harakatda bo‘ladi. Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o‘z-o‘zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi. Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi, ko‘plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi. Kompyutеrning dasturiy ta'minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT) dir[14]. Bunga asosiy sabab - kompyutеrlardan inson faoliyatining barcha sohalarida kеng foydala-nishi, turli prеdmеt sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir Amaliy dasturiy ta’minot o‘zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi. 7 Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo‘lmay qoldi. Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti (hardware) va dasturiy ta’minoti soft (software) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi. Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlarning qo‘llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi[11]. Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o‘zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi bo‘lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin o‘zgarishiga olib keldi. Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub bo‘lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi. Axborot ta'minoti — axborotni tasniflash va shartli belgilash tizimi, hujjatlarni umumlashtirish (unifikatsiyalash) tizimi, axborot oqimlari sxemasi hamda ma'lumotlar bazasini tuzish uslubiyotlarining to`plamidir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling