Reja : Kirish 1 Apparat ta’minoti nima?
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
akt kamola apaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Apparat ta’minoti va dasturiy ta’minot o’rtasidagi bog’liklik nimada Xulosa Kirish
- 1. Apparat ta’minoti nima
Mavzu : Kompiyuter apparat ta'minoti qismlari joylashuvi vazifalari Reja : Kirish 1 Apparat ta’minoti nima? 2. Dasturiy ta’minot haqida tushuncha 3.Apparat ta’minoti va dasturiy ta’minot o’rtasidagi bog’liklik nimada? Xulosa Kirish Bugungi kunimizni kompiyuter qurilmalari va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Rivopjlanib borayotgan har qanday soha borki unda albatt kompiyuter texnologiyalari va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangandir. Zamonaviy asrning har bir jabhasida bu qurilmaga ishimiz tushadi. Bugungi kunda kompiyuterlar va ularning tarkibiy qismlarini bilish va uning dasturlari haqida ma’lumot olish hech ham qiyin emas. Internet tarmog’iga kirib bu haqida minglab ma’lumotlarni olish va ular orqali kompiyuter qurilmasi haqida bilib olishimiz zarurdir. Ushbu referatda ham Kompiyuterning apparat ta’minoti va uning vazifalari haqida yoritib berilgan bo’lib bu mavzuni yoritishda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bizga ma’lumki dastursiz komputerlar quruq „temir"dan boshqa narsa emas. Chunki, biror-bir dastursiz kompyuter hech qanday „bilim"ga ega emas. Shuning uchun dasturlar kompyuterlarning texnik tuzilishining mantiqiy davomi bo‘lib, biror kompyuterning qo‘llanish sohasi undagi dasturlar to‘plamiga chambarchas bog'liqdir. Kompyuterlar inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilishi tufayli foydalanuvchi, ya'ni kompyutemi ishlatuvchi shaxs ham undan har xil imkoniyatlarni talab etadi. Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma'lum darajada dasturiy ta'minotga ham bog'liqdir. 1. Apparat ta’minoti nima? Apparat taʼminoti deganda kompyuter konfiguratsiyasini tashkil etuvchi qurilmalar tushuniladi. Apparat taʼminoti - apparat vositalari, kompyuter komponentlari, „temir” (inglizcha: hardware) — tizim yoki tarmoqning bir qismi boʻlgan hisoblash qurilmasining elektron va mexanik qismlari, dasturiy taʼminot va maʼlumotlar (hisoblash tizimi saqlaydigan va qayta ishlaydigan maʼlumotlar) bundan mustasno. Apparat taʼminotiga quyidagilar kiradi: kompyuterlar va mantiqiy qurilmalar, tashqi qurilmalar va diagnostika apparatlari, quvvat uskunalari, batareyalar va akkumulyatorlar .Ichki va tashqi qurilmalarni ajratish mumkin. Alohida tugunlar va bloklar oʻrtasidagi oʻzaro muvofiqlashtirish apparat interfeyslari deb ataladigan apparat-mantiqiy qurilmalar yordamida amalga oshiriladi; apparat interfeyslari uchun standartlar protokollar deb ataladi. Shaxsiy kompyuter — universal texnik tizim boʻlib, uning konfiguratsiyasini kerak boʻlganda oʻzgartirilish mumkin. Hisoblash tizimlarining apparat taʼminoti — bu kompyuterlar va kompyuterlar tarmoqlari ishlaydigan uskunaning umumlashtirilgan nomidir. Apparat taʼminoti odatda quyidagilarni oʻz ichiga oladi: markaziy protsessor (protsessorlar) operativ hotira tizim mantigʻi periferiya qurilmalari tarmoq uskunasi Apparat taʼminoti tomonidan bajariladigan baʼzi vazifalar dasturiy emulyatsiya yordamida qisman yoki toʻliq bajarilishi mumkin, masalan, shaxsiy kompyuterlarda koʻpincha aloqa protokollarining dasturiy taʼminoti, modemlar, 3D tasvirni koʻrsatish funktsiyalarining dasturiy emulyatsiyasi qoʻllaniladi. Odatda, bajariladigan vazifani apparatdan dasturiy taʼminotga oʻtkazish apparatning narxini pasaytiradi, lekin markaziy protsessor yuklamasini oshiradi. Agar protsessorga maʼlum turdagi vazifalar yuklangan boʻlsa, unumdorlikni oshirish uchun teskari operatsiya amalga oshiriladi: algoritmning bir qismi apparatda amalga oshiriladi, bu protsessorning algoritmni bajarishdagi ishtirokini kamaytiradi. Dasturiy taʼminotda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan algoritmlarni apparat taʼminotiga misollar: 3D grafika DMA — IDE qurilmalarining ishlash tartibi FIFO — COM portlari uchun bufer Kompyuter oʻyinlarida ob’ektlarning harakatini hisoblash uchun jismoniy protsessor Operatsiyalarini tezlashtiradigan matematik protsessor (zamonaviy protsessorlarga oʻrnatilgan) Fayrvol (xavfsizlik devori) funktsiyalari Oddiy shaxsiy kompyuter shassi va tashqi qurilmalardan tashkil topgan tizim blokidan [6] iborat. Tizim blokiga quyidagilar kiradi: Ona (asosiy) plata, unga ulangan yoki oʻrnatilgan quyidagi uskunalar bilan [7] : o Chipset — bu oʻzaro bogʻlangan chiplar toʻplami boʻlib, ularning mantigʻi asosan kompyuterning boshqa elementlari qanday ekanligini aniqlaydi. o markaziy protsessor o BIOS — bu ona plataning doimiy saqlovchi qurilmasidagi dasturiy taʼminot. o zamonaviy kompyuterning asosiy issiqlik tarqatuvchi elementi sifatida protsessor sovutish kuleri. o operativ hotira va kesh o shinalarni kengaytirish slotlari — PCI, PCI-E, USB, FireWire, AGP (eskirgan), ISA (eskirgan), EISA (eskirgan) o saqlash — qurilmalarining kontrollerlari: IDE, SCSI, SATA, SAS yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ona platada (oʻrnatilgan) yoki kengaytirish platalarida joylashgan boshqa turlar. o monitorga signal uzatuvchi video kontroller (oʻrnatilgan yoki alohida plata sifatida). o ovoz kontrolleri o tarmoq interfeysi (tarmoq platasi) quvvat bloki sovutish tizimi — yuqori issiqlik tarqatuvchi (video kartalar, hisoblash protsessorlari) bloklarni oʻrnatishda talab qilinadigan, qoʻshimcha sovutish elementlari (ventilyatorlar, mexanik elementlar, suvli sovutish tizimining qismlari). [8] Ona (asosiy) plata Kabel halqalari, signal va quvvat yordamida ona plataga kontrollerlar orqali tizim blokidagi mumkin boʻlgan elementlar ulanadi: qattiq disk (ular bir nechta boʻlishi mumkin, ular RAID-massiviga birlashtirilishi mumkin) SSD floppy (egiluvchan) disk saqlovchi CD-ROM tipidagi optik saqlovchi va boshqa qurilmalar. Bundan tashqari, kompyuter apparat taʼminotiga shuningdek tashqi (tizim blokiga nisbatan) komponentlar, yaʼni turli xil kombinatsiyalardagi periferik qurilmalar kiradi: Kiritish qurilmalari o klaviatura o sichqoncha, trekbol yoki tachpad o grafik planshet o joystik o skaner o mikrofon chiqarish qurilmalari o monitor o kolonkalar/naushniklar o printer yoki plotter kabi chop etish qurilmalari aloqa uchun turli modemlar va tarmoq uskunalari ishlatiladi: marshrutizator, tarmoq kommutatori, simsiz kirish nuqtasi. virtual haqiqat texnologiyalari uchun kiritish-chiqarish qurilmalari. Kompyuterning apparat taʼminoti arxitekturasi deganda kompyuterning ichki komponentlari va unga ulangan kiritish qurilmalari (masalan, kompyuter sichqonchasi va klaviaturasi) va chiqarish qurilmalari (monitor) tushuniladi. Kompyuterning ichki komponentlari birgalikda shina orqali ulangan hisoblash va boshqarish qurilmasini ifodalaydi. Eng keng tarqalganlari bu — protsessor, operativ hotira va qattiq diskdir. Shina alohida komponentlarni murakkab tizimga ulaydi, chunki shinasiz bir-biridan farq qiluvchi qismlar ishlay olmaydi. Protsessor yoki markaziy protsessor kompyuterning asosiy tezligini aniqlaydi. Protsessor tezligiga va protsessorning oʻz quvvatiga talablar doimiy ravishda oshib bormoqda, chunki texnologiyaga qoʻyiladigan talablar ham oʻsib bormoqda. Keyinchalik kompyuterga oʻrnatiladigan dasturiy taʼminot tobora koʻproq protsessor quvvatini talab qiladi. Arxitektura atamasi butun tizimni loyihalashni anglatadi, chunki jarayonning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun alohida komponentlar bir-biri bilan muvofiqlashtirilgan boʻlishi kerak. Aks holda, bu kelajakda kompyuter muammolariga olib keladi. Agar element boshqa komponentlar bilan mos kelmasa, ulardan toʻliq faydalanish imkoniyati boʻlmaydi. Korpusni yigʻishda protsessor, operativ xotira yoki shina kabi alohida qurilish bloklari bitta blokni tashkil qilishi kerak. Aks holda, protsessorga ulangan dasturiy taʼminot oʻz vazifalarini toʻliq bajara olmaydi va kompyuter bilan ishlash murakkablashadi. Apparat taʼminotini ishlab chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash] Apparat taʼminotini ishlab chiqish — turli xil hisoblash jarayonlarini amalga oshiradigan, elektronika va mexanik tizimlar elementlarini yaratish va optimallashtirishni oʻz ichiga olgan kompleks ishdir. Ushbu elementlar va obʻektlar oʻrtasidagi aloqa odatda apparat interfeysi orqali amalga oshiriladi. [9] Apparat vositalarini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi [9] : 1. apparat elementlarining sxemalarini ishlab chiqish; 2. apparat elementlarini amalga oshirish (bosma plata yoki ularning kombinatsiyasi shaklida); 3. apparat elementlarini laboratoriya sharoitida sinovdan oʻtkazish; 4. tizimni integratsiya qilish; 5. apparat vositalarini real sharoitlarda sinovdan oʻtkazish. Apparat taʼminotini ishlab chiqish jarayonining birinchi bosqichi [10] eng muhimi hisoblanadi, chunki uskunani toʻgʻri loyihalashtirish nafaqat loyiha byudjetini qisqartiradi, balki bir qator mumkin boʻlgan buzilishlar va toʻxtab qolishlarning oldini oladi. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan bogʻliq oʻxshashliklar [11] koʻrinib turibdi: Model Foydalanuvchilar mahsulotlar bilan turli yoʻllar bilan oʻzaro aloqada boʻlishadi, mahsulotlar boshqa mahsulotlar bilan oʻzaro bogʻlangan boʻladi va mahsulotlar kiritilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, chiquvchi maʼlumotlarni ishlab chiqaradi . Talablar Unda funktsional (foydalanuvchiga qaratilgan) va funktsional boʻlmagan (foydalanuvchiga qaratilmagan) talablar mavjud. Murakkabligi Mahsulot spetsifikatsiyalarining har qanday taqdimoti har doim daraxt koʻrinishidagi tuzililmaga olib keladi, chunki asosiy xususiyatlar kichikroqlarga boʻlinadi. [12] Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling